Rossiya ichki ishlar vazirligi 15 iyunga qadar MDH davlatlariga Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan muhojirlarni olib chiqib ketishni talab qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda O‘zbekistondan 332 ming nafar muhojir Rossiya hududida noqonuniy bo‘lib turibdi.
Toshkent shahrining ba’zi ko‘chalarida 18 aprel kuni soat 07:30 dan 12:30 ga qadar transport vositalarining harakati cheklanadi.
Yaponiya O‘zbekistonga elektr energiyasi sohasidagi siyosiy masalalarni hal qilish uchun 195 mln dollar miqdorida kredit ajratdi.
Dollarning rasmiy kursi 4 so‘mga qimmatladi va jami 10 512 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
Qarshi shahrida Daryo internet nashri muhbiri Otabek Qo‘ldoshev ish faoliyati davomida IIB xodimining qo‘pol qarshiligiga uchradi. Mazkur holat yuzasidan IIV axborot xizmati izoh berdi.
“Davlat nima bilan qudratli? Qonun bilan. Hech kimni bunaqa qilishiga yo‘l qilmaymiz. Bu narsalar bizga saboq bo‘lishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev mamlakatda kuzatilayotgan korrupsiya holatlari haqida.
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududining ko‘p qismida bu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 16−19 aprelda kechalari 9−14 daraja iliq, kunduzi 22−27 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev Paxtachi tumanidan kelgan onaxon bilan suhbatda shu taklifni bildirdi. «Paxtachi degan nom, masalan, menga yoqmaydi. Nima biz Paxtachi bo‘lib o‘tib ketaveramizmi?», — deydi prezident.
Toshkentdagi maktablardan birida dars payti bolalarning oyoq kiyimini yechtirib, paypog‘ini kalta yoki uzunligini tekshirilgan. Bloger Shahnoza Soatovaning yozishicha, bunga «LGBT»ga qarshi kurash deb tushugtirish berilgan. «Dars o‘rniga LGBT mavzusini ortiqcha eslatadigan ma’ruzalar kirib bordimi maktablarga?», — deb yozadi u. Xalq ta’limi vazirligining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, vazirlik tizimida bunday topshiriq bo‘lmagan.
Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori, O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov 58 yoshida vafot etdi.
Shavkat Mirziyoyev so‘nggi vaqtlar nima sababdan yig‘ilishlarda sektor rahbarlar ishdan olinayotganiga izoh berdi. «Eng katta fojia — bilim yo‘q, ko‘p rahbarlar o‘z ustida ishlamaydi, bugungi tahlikali va shiddat bilan o‘tayotgan zamonda xalqning ishonchini oqlamayapti», — dedi davlat rahbari.
Prezident vazirlar Samarqandda 10 kun qolishi hamda sohalardagi muammolarni o‘rganishi va ular bo‘yicha yechim taklif qilishi kerakligini ta’kidladi. «Sizlar choy ichib, Samarqand oshini yeb ketish uchun kelganingiz yo‘q. 10 kun shu yerda qolib viloyatdagi holatni yaxshilash uchun ishlaysiz», — dedi davlat rahbari.
Samarqand shahrini 1 mln aholi yashaydigan yirik shaharga aylantirish uchun 4 ta tuman hududidan 18 ming gektar yer maydoni qo‘shib beriladi. Bundan tashqari, shahar tarkibida 5 ta yangi tuman tashkil etiladi.
Andijon viloyatida mansabdor tanishlari orqali 100 gektar yer ajratib, hujjatlarni tayyorlatib berish evaziga 128 ming dollar olgan fuqarolar vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Shuningdek, shahar hokimining tegishli qarorini chiqartirib, sanoat zonasidan 80 sotix yer maydoni olib berishni va’da qilib, 50 ming dollar talab qilgan fuqaro jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Samarqand viloyatida Mahallabay ishlash markazi tashkil etilib, unda har uchta mahallaga bittadan inspektor biriktiriladi. «Inspektorlar mahalla raisining tadbirkorlik va tomorqa bo‘yicha o‘rinbosari bilan yonma-yon turib, kechayu-kunduz ishlaydi. Bu „Samarqand tajribasi“ bo‘ladi», — dedi prezident.
Uzbekistan Airways, «O‘zmetkombinat», «O‘zbekneftegaz», «O‘zmilliybank» va «O‘ztransgaz» kabi boshqa kompaniyalar 2021−2023 yillarda aksiyalari fond birjasida ommaviy savdo uchun joylashtiriladigan kompaniyalar ro‘yxatiga kiritildi.
«Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasida qatag‘on qurbonlarining nomlari aks etgan ramziy kitob barpo etiladi. Bundan tashqari, maishiy xizmat binolari, milliy hunarmandchilik va savdo do‘konlari, ochiq amfiteatr va «Wi-Fi» xududlari tashkil etiladi.
Farg‘onada nizoli xonadonda holatni o‘rganayotgan ayol-sudya zo‘ravonlikka uchradi. Sudyaga nisbatan jismoniy kuch ishlatilib, telefoni qasddan sindirilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida 1 iyundan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlar va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga haydovchilik guvohnomasini olish xarajatlari byudjetdan to‘lab berilishini ta’kidlab o‘tdi. «Vatanparvar» tashkiloti tomonidan «Yoshlar daftari» va «Temir daftar»ga kiritilgan fuqarolar yuqoridagi kasblarga bepul o‘qitilishi rejalashtirildi.
Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida Tico avtomobili haydovchisi piyodani urib yuborishi oqibatida, piyoda og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting