O‘zbekiston prezidenti respublikadagi sanoat zonalarini infratuzilma bilan ta’minlashga 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilishini qayd etdi. Alisher Sultonov, Sherzod Hidoyatov va Abdurahmon Abduvaliyevga sanoat zonalaridagi elektr energiya, gaz, suv va yo‘l bilan bog‘liq muammolarni hal etish topshirildi. Biznes-ombudsman esa aybdorlarni ishdan olish va jarimaga tortish bo‘yicha taklif kiritadi.
Senatning 14 yalpi majlisi 23 aprel kuni chaqiriladi. Unda fazoviy ma’lumotlar, noshirlik faoliyati, psixiatriya yordamiga oid qonunlarni ko‘rib chiqish reja qilingan. Qolaversa, Hisob palatasi, Bosh prokuratura hamda Markaziy bankning 2020 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlari muhokama qilinadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari hokimlariga hamda Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosariga hayfsan berdi. Bundan tashqari, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bir qator sektor rahbarlari ishdan oldi.
O‘zbekistonda Ramazon oyining boshlanishi 13 aprelga to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi. Prezident ushbu oyni munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tayotgan videoselektorda davlat rahbari sektor rahbarlari ishdan olinishi haqida gapirdi. «3 oyda o‘zgarish bo‘lmasa, birinchi rahbarlarni ham ishdan olaman», — dedi prezident.
Dollarning rasmiy kursi 6 so‘mga arzonladi va jami 10 473 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl esa qimmatladi.
Andijonda yaqin tanishlarini attestatsiyadan o‘tkazish, uch kishini maktab direktori va o‘rinbosari lavozimlariga tayinlash masalasini ijobiy hal qilishi evaziga 8400 dollarni olgan shaxs ushlandi. U pulning 900 dollarini Andijon shahar XTB boshlig‘iga olib borishi kerakligini aytgan. Tezkor tadbir davomida XTB rahbari ham 900 dollar bilan qo‘lga tushgan.
G‘ayrat Fazilov tashqi ishlar vazirining Yevropa davlatlari bilan hamkorlik va xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Qirg‘izistonda yuzlab odamlar 27 yoshli qizning turmush qurish uchun o‘g‘irlab ketilishi va keyinchalik uning o‘ldirilishi ortidan norozilik bildirib hukumat binosi oldida yig‘ilishdi. Namoyishchilar Ichki ishlar vazirligi rahbarining iste’foga chiqishini va «Kelinni o‘g‘irlash» moddasi uchun jazoni kuchaytirishni talab qilmoqda. Vaziyatga bosh vazir va prezident aralashdi.
Sodiq Toshboyev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimiga tayinlandi.
“Navbahor” — “Paxtakor” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng (1:2), namanganlik muxlislar hakamlarning o‘yinda chiqargan qarorlaridan norozi bo‘lib, tartibsizliklar yuzaga keltirishdi.
O‘zbekiston mahalliylashtirish dasturi hisobiga yil oxiriga qadar 3 mlrd dollarlik mahsulotlar importini qoplashni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov. Buning uchun 2300 dan ortiq loyihalarni amalga oshirish mo‘ljallangan.
Abdugofur Ahmedov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimidan ozod etildi.
Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishida poyezd texnik sabablarga ko‘ra to‘xtab qoldi. Yo‘lovchilar estakada orqali evakuatsiya qilindi. Metro yo‘nalishi bo‘ylab avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Toshkent shahrida emlangan fuqarolarda kuzatilgan nojo‘ya ta’sirlarni davolash uchun 4 ta shifoxona tayyorlab qo‘yilgani ma’lum qilindi. Bunga qadar, SES boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov 6 kun ichida respublika bo‘yicha 71 nafar fuqaroda nojo‘ya ta’sirlar qayd etilganini ta’kidlagandi.
«Qatar Airways» departamenti rahbari Salam Al-Samarriy aviakompaniyaning O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish va respublikaning mintaqaviy aeroportlarida joriy qilingan «ochiq osmon» rejimidan foydalanishga yuqori qiziqish bildirdi.
4 aprel kuni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida kuchli yog‘ingarchilik va shamol oqibatida «Surxon» va «G‘uzor» podstansiyalari oralig‘idagi havo elektr uzatish tarmog‘ining ikkita tayanchi qulagan edi. 7 aprel kuni mazkur tayanchlarni tiklash ishlari yakunlanib, elektr uzatish tarmog‘i qayta tiklandi.
Mahalliy kinokompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan filmlarni saqlash uchun «O‘zbekiston milliy kinofondi» tashkil etiladi. Fond byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Prezident farmoni bilan «Zomin» turistik-rekreatsion zona va umummavsumiy kurort tashkil etiladi. Hududda elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalari, vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchalari, sportning ekstremal turlari uchun sharoit yaratilishi reja qilingan.
Surxondaryoda bolalarga baqirib, qo‘pol ravishda muomala qilgan tarbiyachining videosi tarqalganidan so‘ng, u vazifasidan ozod etildi. Yordamchi tarbiyachiga nisbatan intizomiy hayfsan jazo chorasi qo‘llandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting