«Toshkent metropoliteni» vagonlardan birining eshigi yopilmay qolgani uchun kechirim so‘rab, xizmat tekshiruvi boshlanganini ma’lum qildi.
Misrda uch ming yillik shahar topilgani, Yaponiyaning Fukusimadan tozalangan radioaktiv suvni okeanga oqizishi, Norvegiya bosh vazirining karantin cheklovlarini buzganligi uchun jarimaga tortilgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Termizda maktab o‘quvchisi bo‘lgan voyaga yetmagan qizning nomusiga tegish holati Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olindi. Senator Farhod Boqiyev shahar IIO FMB jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etgani va bir yildan ziyodroq vaqt mobaynida gumondorga chora ko‘rilmaganini ma’lum qildi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Anvar Asamov qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari vazifasiga o‘tdi. Uning avvalgi lavozimiga Bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Baxtiyor Rahimov tayinlandi.
Dunyo metropoliteni tarixida ko‘plab avariyalar yuz bergan. Ularning ba’zilari texnik nosozlik tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, ba’zilarida insonning katta xatosi sabab bo‘lgan. Metrolarda ro‘y bergan eng yirik 5 ta halokat haqida qisqacha ma’lumotlar.
O‘zbekistonda 2021 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi.
Toshkent hokimligi Milliy bog‘ hududida madaniy-ma’rifiy kompleks qurilishi boshlanganligi haqida xabar berdi. Bu yerda joylashgan «Navro‘z» to‘yxonasining buzilishi poytaxt aholisi uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. Uning o‘rniga 1,5 mln kitob fondiga ega kutubxona qurilishi kutilmoqda. «Gazeta.uz» muxbiri qurilish joyida bo‘ldi.
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i, shahzoda Filip 99 yoshida vafot etdi.
Dollarning rasmiy kursi 4 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 478 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa biroz arzonladi.
Toshkentning Yakkasaroy tumanida 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. To‘qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
Dam olish kunlari respublikada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 7−12 daraja iliq atrofida, kunduz kunlari esa 17−22 daraja iliqdan yuqori va me’yordan 2−3 daraja past bo‘ladi.
«O‘zavtosanoat» kompaniyasining Boston Consulting Group bilan hamkorlikda tashkil etilgan transformatsiya ofisi o‘z ishini boshladi. U ishlab chiqarish va biznes jarayonlarini modernizatsiya qilish hamda kompaniyani xususiylashtirish bosqichiga tayyorlashga yordam berishi kerak.
O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorod energetikasini rivojlantirish maqsadida Energetika vazirligi huzurida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi.
Kelasi hafta Shavkat Mirziyoyevning Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan videomuloqoti rejalashtirilmoqda. Muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
7 apreldan boshlab Farg‘ona viloyatidan Rossiya Federatsiyasi hududiga pomidor va qalampirdan tashqari barcha o‘simlik mahsulotlarini olib kirishga ruxsat berildi.
YeXHTning amaldagi raisi, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Kristin Linde kelasi hafta O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Shavkat Mirziyoyev ishdan olingan sektor rahbarlarini «siyosatga hiyonatchi» deb atadi. «Ishdan olinganlar ishlagan davridan boshlab hamma oyligini davlatga topshirsin. Televizorda rasmini chiqazib, „xiyonatchi“ deb berish kerak», — dedi prezident.
Toshkent shahar va Farg‘onadagi chiqindilarni yig‘ish punktlarida ishlatilgan batareykalarni yig‘ish uchun konteynerlar o‘rnatildi. Hozirda ular 171 ta tashkil etmoqda va keyinchalik respublikaning barcha chiqindi yig‘ish joylari qamrab olinishi ko‘zda tutilgan.
Deputat Doniyor G‘aniyev Angrendagi shina zavodi loyihasi oxirigacha o‘ylanmagani va samarasiz faoliyat yuritayotgani masalasini ko‘tarib chiqdi. Hisob palatasi rahbari o‘rinbosari Bahodir Turobov esa mazkur loyiha bo‘yicha materiallar Prezident administratsiyasi topshirig‘i bilan huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilganini ma’lum qildi.
Xitoyning qashshoqlikka qarshi kurashish tajribasi haqidagi Oq kitobi, Mozambikda 12 chet ellikning o‘ldirilgani, Madriddagi namoyishlarda ikkita partiya a’zolarining to‘qnashuvi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting