Telegram messenjeri IPO o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Messenjerning 30−50 mlrd dollarga baholanishi ko‘zda tutilmoqda.
Texnopark va Kuka kompaniyalari «Innoprom-2021» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida strategik sheriklik to‘g‘risida shartnomalar tuzishdi.
Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida Lacetti va velosiped ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Jabrlanuvchi tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, Marg‘ilonda ham Lacetti avtomashinasi velosipedchini urib yuborgan. Natijada velosipedchi shifoxonada vafot etgan.
«Tolibon»ning Qatardagi vakolatxonasi rahbari mulla Barodar Axund tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan muzokaralar davomida O‘zbekistonning yirik infratuzilma loyihalari Afg‘onistonda to‘laqonli tinch siyosiy jarayonni boshlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Shu kunga qadar bir vaqtning o‘zida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti lavozimlarida ishlab kelayotgan Ravshan Ermatov Milliy olimpiya qo‘mitasi birinchi vitse-prezidenti etib saylandi.
Qirg‘izistondagi konstitutsiya referendumida saylovchilarning deyarli 80 foizi prezidentning vakolatlarini kengaytiradigan konstitutsiyaning yangi tahririni qo‘llab-quvvatlashdi.
Nura al-Matrush arab davlatlaridagi ilk ayol-astronavtga aylanadi. U va Muhammad al-Mulla BAAda 4 ming nafar nomzod orasidan tanlab olindi. Ular tez orada NASA astronavtlar tayyorlash dasturiga qo‘shilishadi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh vazirlari ikki mamlakat chegarasi hududida «Markaziy Osiyo» xalqaro savdo iqtisodiy hamkorlik markazi qurilishiga start berishdi. Markaz orqali sutkasiga ikki tomonga 35 ming kishi va 5000 dona yuk mashinalari o‘tishi mumkin bo‘ladi.
Zira.uz saharlik va iftorlik uchun mazali va to‘yimli taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Komiljon Karimov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida nega xususiy OTMlar uchun foyda olish masalasi ustuvor vazifa bo‘lishi kerakmasligi, oliygohlar o‘rtasidagi raqobat uchun teng sharoitlar bo‘lishining ahamiyati va davlat OTMlarining asosiy ustunligi haqida gapirib berdi.
“Brodvey"dagi DXXning sobiq binosi, “Malika” bozori va boshqa obyektlar, shu jumladan birinchi prezidentning qizi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan “Sijjak” dam olish zonasini sotib olishga arizalar qabuli boshlandi.
Xorazm viloyatining Shovot tumanida 19 yoshli Muxlisa Qadamboyeva osilgan holda topildi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning homilador bo‘lgani hamda eri va uning oilasi tomonidan kaltaklab kelingani haqida ma’lum qilindi. Prokuratura ushbu xabarni o‘rganmoqda. Vaziyat yuzasidan Saida Mirziyoyeva ham munosabat bildirdi.
Termiz prokurori 16 yoshli o‘quvchi qizning zo‘rlanishi holati bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi. O‘tkazilgan qo‘shimcha tekshiruv harakatlari natijasiga ko‘ra, «mavjud qarama-qarshiliklarni bartaraf etish va haqiqatni aniqlash maqsadida» jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
«Navro‘z» qabullar uyi buzilishi boshlanganidan ikki kun o‘tib Qurilish vazirligi bino poydevori 27 smga cho‘kkanini ma’lum qildi. Majmua avariya holatida bo‘lgani sababli uni rekonstruksiya qilish maqsadga muvofiq emas, deb topilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay’ati koronavirusga qarshi ommaviy emlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan emlash, shuningdek, ukol qilish ro‘zani buzadimi, degan savolga javob berdi.
O‘simlik yog‘i narxining o‘sishi tashqi bozorda narxlar oshishi bilan bog‘liq, deya xabar qildi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi. Qo‘mita mamlakatda yog‘ zaxiralari yetarlicha ekanini va narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha choralar ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi.
Metro poyezdi eshigi ochiq holda harakatlanishi ortidan olib borilgan o‘rganishlardan so‘ng harakat tarkibining mashinisti, elektr-chilangari va katta ustasi ishdan bo‘shatildi. Eletkrodepo rahbari o‘rinbosari oyligining 40 foizi miqdorida jarimaga tortildi, deya xabar qildi «Toshkent metropoliteni».
Prezident farmoni bilan Aziz Abduhakimov nomzodi bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri sifatida tasdiqlandi. Qolaversa, prezident qarorlari bilan uning o‘rinbosarlari ham tayinlanmoqda.
YeCHL o‘yinlari natijasi, Namanganda futbol muxlislarining tartibsizligi, medallar olgan o‘zbekistonlik dzyudochilar, «Nasaf»ni OFK Kubogi guruh bosqichiga «olib chiqqan» AGMK va boshqa eng muhim xabarlar — «Gazeta.uz» haftalik sport yangiliklari dayjestida.
«Toshkent metropoliteni» vagonlardan birining eshigi yopilmay qolgani uchun kechirim so‘rab, xizmat tekshiruvi boshlanganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting