Arxiv

Saida Mirziyoyeva AQShdagi «Tinchlik korpusi» va Oq uyda uchrashuvlar o‘tkazdi
25 mart 2023, 18:34

Saida Mirziyoyeva AQShdagi «Tinchlik korpusi» va Oq uyda uchrashuvlar o‘tkazdi

Prezident Administratsiyasi sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva AQShga tashrifi chog‘ida Amerika «Tinchlik korpusi» ko‘ngillilarining O‘zbekistondagi faoliyatini qayta tiklash hamda gender tengligini birgalikda targ‘ib qilish masalalarini muhokama qildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i hibsga olindi
25 mart 2023, 18:23

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i hibsga olindi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i Afzal Irmatov hibsga olindi. Hozirda uning xatti-harakatlari yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

S7 Airlines aviakompaniyasi Irkutskdan Farg‘onaga parvozlarni tiklaydi
25 mart 2023, 16:57

S7 Airlines aviakompaniyasi Irkutskdan Farg‘onaga parvozlarni tiklaydi

5 maydan Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi Irkutsk-Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tiklaydi. Qatnovlar 2021 yilda to‘xtatilgandi.

Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirdi
25 mart 2023, 16:25

Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirdi

Istanbulda erkak birga yashab kelgan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadni bo‘laklab tashladi. Mojaro erkak olgan qarz tufayli kelib chiqqan.

“Alg‘a Qaraqalpaqstan” partiyasi yetakchisi Nukus voqealari bo‘yicha ayblanmoqda
25 mart 2023, 16:18

“Alg‘a Qaraqalpaqstan” partiyasi yetakchisi Nukus voqealari bo‘yicha ayblanmoqda

Amanbay Sagidullayev (“Alg‘a Qaraqalpaqstan” partiyasi yetakchisi, Norvegiyada yashaydi) va Niyetbay Urazbayev (Qozog‘istondagi qoraqalpoq diasporasi vakili) Nukus voqealari bo‘yicha jinoiy ishda ayblanmoqda. Sud ularning ishtirokisiz bo‘lib o‘tyapti.

Soliq qo‘mitasi Yandex Go xizmatlaridan tushgan daromad O‘zbekistonda qanday taqsimlanishini ochiqladi
25 mart 2023, 15:53

Soliq qo‘mitasi Yandex Go xizmatlaridan tushgan daromad O‘zbekistonda qanday taqsimlanishini ochiqladi

Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarga javoban Soliq qo‘mitasi O‘zbekistonda Yandex Go xizmati qanday tartibga solingani, xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan daromad taqsimoti, kompaniya va taksi xizmati qancha soliq to‘lashi haqida ma’lumot berdi.

«Tashabbusli budjet» loyihasiga Face ID orqali ovoz berish tizimi joriy etiladi
25 mart 2023, 15:42

«Tashabbusli budjet» loyihasiga Face ID orqali ovoz berish tizimi joriy etiladi

«Tashabbusli budjet» loyihasida barcha mahallalar uchun teng imkoniyat yaratish maqsadida Face ID orqali ovoz berish tizimi joriy etiladi. U SMS orqali berilgan 5−10 ovozga tenglashtiriladi. Qolaversa, kam aholili mahalla loyihalari uchun ko‘paytirish koeffitsiyenti qo‘llash amaliyoti ko‘rib chiqiladi.

Mahallalarda sport maydonchalarini qurish vazifasi 13-sonli jazoni ijro etish muassasasiga berilishi mumkin
25 mart 2023, 14:22

Mahallalarda sport maydonchalarini qurish vazifasi 13-sonli jazoni ijro etish muassasasiga berilishi mumkin

Sport infratuzilmasi rivojlanmagan mahallalarda sport maydonchalarini qurish vazifasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 13-sonli jazoni ijro etish muassasasiga yuklatilishi mumkin. Bu bo‘yicha qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

O‘zbekistonda prostata bezi rakini samarali davolovchi dori ishlab chiqildi
25 mart 2023, 13:47

O‘zbekistonda prostata bezi rakini samarali davolovchi dori ishlab chiqildi

O‘zbekiston fanlar akademiyasi katta yoshdagi erkaklardagi prostata bezi rakini samarali davolovchi dori ishlab chiqarilganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda so‘nggi 10 yilda 16 kishi zilzila oqibatida vafot etgan
25 mart 2023, 13:29

O‘zbekistonda so‘nggi 10 yilda 16 kishi zilzila oqibatida vafot etgan

O‘zbekistonda so‘nggi 10 yilda 6 marta 6−8 balli zilzila ro‘y bergan. Ularda jami 16 kishi vafot etgan, 54 kishi jabrlangan. Iqtisodiy zarar miqdori 84 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Agrippina Shinga 3 nafar o‘rinbosar tayinlandi
25 mart 2023, 13:03

Agrippina Shinga 3 nafar o‘rinbosar tayinlandi

Farrux Boboyev Maktabgacha ta’lim agentligi direktoriga birinchi o‘rinbosar, Oyatillo Raxmatillayev va Nodir Muslitdinov esa o‘rinbosarlar etib tayinlandi.

Nima o‘qiymiz? Tarixchi Dilnoza Duturayeva tavsiya qiladi
25 mart 2023, 12:48

Nima o‘qiymiz? Tarixchi Dilnoza Duturayeva tavsiya qiladi

«Gazeta.uz» kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan «Nima o‘qiymiz?» loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.

Toshkent viloyatida erkak ikki fuqaroni pichoqlab, yoqib yubordi
25 mart 2023, 12:38

Toshkent viloyatida erkak ikki fuqaroni pichoqlab, yoqib yubordi

Yangiyo‘l tumanida erkak ijaraga berilgan yer maydonlari uchun haq talab qilgan ikki nafar firma xodimini pichoqlab o‘ldirib, yoqib yubordi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlandi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga auksionda yer sotib olish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi
25 mart 2023, 12:27

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga auksionda yer sotib olish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi

Hukumat qarori bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarga auksion orqali yer sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi tasdiqlandi. Xarid xarajatlariga qarab ular BHMning 100 baravarigacha miqdorda kompensatsiya olishi mumkin.

Bektosh Sayipov Qashqadaryo viloyati prokurori bo‘ldi
25 mart 2023, 11:55

Bektosh Sayipov Qashqadaryo viloyati prokurori bo‘ldi

Namangan viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Bektosh Sayipov Qashqadaryo viloyatiga prokuror etib tayinlandi.

Nima tayyorlaymiz: Ko‘katli yeguliklar
25 mart 2023, 10:44

Nima tayyorlaymiz: Ko‘katli yeguliklar

Ko‘k somsa, bichak, qatlamali xamirdan qilingan pishloq va ko‘katli o‘ramalar, qatlama, «Piramida» somsasi va boshqalar — Zira.uz bahoriy mavsum uchun oson tayyorlanadigan ko‘katli pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Banklarda dollar kursi ko‘tarildi
25 mart 2023, 10:33

Banklarda dollar kursi ko‘tarildi

Tijorat banklari 25 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 425 — 11 470 so‘m.

Samarqandda fuqaroni $50 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan erkak ushlangani aytilmoqda
25 mart 2023, 09:57

Samarqandda fuqaroni $50 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan erkak ushlangani aytilmoqda

DXX va IIB Samarqandda fuqaroni $50 ming evaziga Toshkent-Yevropa Ittifoqi-Meksika yo‘nalishi orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan erkakni ushlagani aytilmoqda.

Diyora Keldiyorova Tbilisidagi «Katta dubulg‘a» turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi
25 mart 2023, 09:55

Diyora Keldiyorova Tbilisidagi «Katta dubulg‘a» turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik dzyudochi Diyora Keldiyorova Tbilisida dzyudo bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turnirida Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Distriya Krasnichini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston baxtli mamlakatlar reytingida 54-o‘rinni egalladi
25 mart 2023, 09:36

O‘zbekiston baxtli mamlakatlar reytingida 54-o‘rinni egalladi

2023 yil uchun baxtli mamlakatlar reytingida (World Happiness Report) O‘zbekiston 1 pog‘ona pastlab, 54-o‘rinni egalladi. Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari orasida reytingda 44-o‘rinni qayd etgan Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda. Finlyandiya oltinchi yildirki dunyoning eng baxtli mamlakati bo‘lib turibdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting