Arxiv

Stikerlar bekor qilinadi, ayrim xizmat ko‘rsatish subyektlariga ishlashga ruxsat beriladi
5 may 2020, 20:39

Stikerlar bekor qilinadi, ayrim xizmat ko‘rsatish subyektlariga ishlashga ruxsat beriladi

Epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan hududlarda, sanitariya talablarini belgilagan holda, nooziq-ovqat do‘konlari, tibbiy diagnostika, taksi xizmati, ta’mirlash, tikuvchilik, maishiy texnika va poyabzal tuzatish, sartaroshxonalar faoliyatiga ruxsat beriladi. Shuningdek, stikerlar bekor qilinib, shaxsiy avtomobillardan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Prezident: texnogen ofat qozoq birodarlarimizga ham ziyon yetkazganidan xijolatdamiz
5 may 2020, 20:28

Prezident: texnogen ofat qozoq birodarlarimizga ham ziyon yetkazganidan xijolatdamiz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori to‘g‘oni buzilishi qo‘shni qozoq xalqiga ham ziyon yetkazganiga munosabat bildirdi. “Ularning aholi yashash joylari va ekin maydonlari zarar ko‘rganidan, albatta, biz juda afsusdamiz”, — dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev: «Suv toshqini biz uchun achchiq saboq bo‘ldi»
5 may 2020, 20:13

Shavkat Mirziyoyev: «Suv toshqini biz uchun achchiq saboq bo‘ldi»

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilishi va suv toshqinlari aybdorlari, kim bo‘lishi va egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, qonun oldida javob berishini ma’lum qildi.

Sardoba toshqinida 4 kishi halok bo‘ldi, 1 kishi bedarak yo‘qolgan
5 may 2020, 19:58

Sardoba toshqinida 4 kishi halok bo‘ldi, 1 kishi bedarak yo‘qolgan

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi natijasida yuzaga kelgan suv toshqinida 4 kishining vafot etgani, 1 kishining bedarak yo‘qolganini ma’lum qildi.

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1500 nafardan oshdi
5 may 2020, 19:33

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1500 nafardan oshdi

Kun davomida 96 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Mamlakat bo‘yicha jami sog‘ayganlar soni 1501 nafarga yetdi.

Sirdaryoda suv toshqinining dastlabki zararlari e’lon qilindi
5 may 2020, 18:45

Sirdaryoda suv toshqinining dastlabki zararlari e’lon qilindi

FVV Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi oqibatida infratuzilmalarga yetgan dastlabki zarar miqdorini ma’lum qildi. 8 ta bolalar bog‘chasi, 16 ta maktab, 7 ta tibbiyot muassasasi, 7 ta qabriston, 13 ta ko‘prik va boshqa obyektlar zarar ko‘rgan.

Mast haydovchi 22 yoshli ayol va ikki yoshli bola o‘limiga sabab bo‘ldi
5 may 2020, 18:34

Mast haydovchi 22 yoshli ayol va ikki yoshli bola o‘limiga sabab bo‘ldi

Samarqand viloyatida mast haydovchi qarama-qarshi yo‘nalishda yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir qildi. Yosh ayol va uning ikki yoshli farzandi halok bo‘ldi.

Senat: Andijonda byudjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanilgan
5 may 2020, 18:25

Senat: Andijonda byudjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanilgan

Andijon viloyatida mahalliy byudjetga qo‘shimcha manbalar hisobidan qariyb 112,4 mlrd so‘mlik manbasiz va maqsadsiz xarajatlarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. To‘plangan materiallar viloyat prokuraturasiga taqdim etildi.

Qozog‘iston TIV: Suv toshqini yuzasidan O‘zbekistonga nota yuborilmaydi
5 may 2020, 17:39

Qozog‘iston TIV: Suv toshqini yuzasidan O‘zbekistonga nota yuborilmaydi

Qozog‘iston Tashqi ishlari vazirligi Sardoba suv ombori to‘g‘oni buzilishi natijasida mamlakatning bir qism hududini suv bosishi munosabati bilan O‘zbekistonga norozilik notasini yuborish masalasi ko‘zda tutilmayotganini ma’lum qildi.

Koronavirus holatlari soni 2200 tadan oshdi
5 may 2020, 17:30

Koronavirus holatlari soni 2200 tadan oshdi

O‘zbekistonda COVID-19 tasdiqlangan holatlar 15 taga ko‘payib, 2204 taga yetdi.

Xotirjamlikning bahosi. Sardoba fojiasi bizga nimani o‘rgatdi?
5 may 2020, 17:03

Xotirjamlikning bahosi. Sardoba fojiasi bizga nimani o‘rgatdi?

Sardoba fojiasi bizga xalqimizning ofat qarshisida bemisl darajada hamjihat ekanini ko‘rsatdi. Mamlakatning har bir hududidan Sirdaryoga texnikalar va minglab tonna insonparvarlik yordami oqib kelmoqda. Ofat oqibatlari qay darajada va undan qanday ibrat-xulosalar chiqarishimiz kerak? Sabina Bakayeva va Shuhrat Latipov reportaji.

Sardoba suv omborini kim qurgan?
5 may 2020, 16:27

Sardoba suv omborini kim qurgan?

“O‘zbekiston temir yo‘llari” qoshidagi “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” korxonasi Sardoba suv ombori qurilishida bosh pudratchi bo‘lgan. 10 dan ortiq kompaniya esa — subpudratchi. Gidroinshoot qiymati 1,3 trln so‘mni (404 mln dollar) tashkil etgan.

Pandemiya sharoitida fors-major
5 may 2020, 13:55

Pandemiya sharoitida fors-major

Qanday qilib tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirish paytida yengib bo‘lmas kuch (fors-major) holatlarini isbotlay oladi va fors-major holatlarida majburiyatlarni bajarmasa bo‘ladimi? Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan tadbirkorlik sub’ektlari uchun eslatma.

Yulduz Usmonovaning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi
5 may 2020, 12:50

Yulduz Usmonovaning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi

IIV Yulduz Usmonovaning ichki ishlar organlari xodimlarini haqorat qilgani aks etgan videomurojaatini o‘rganmoqda. Toshkent IIBB xonandaning xatti-harakatlariga huquqiy baho beradi.

Toshkent davlat transport universiteti tashkil etiladi
5 may 2020, 11:30

Toshkent davlat transport universiteti tashkil etiladi

Prezident qarori bilan Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti hamda Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakulteti birlashtirilib, Toshkent davlat transport universiteti tashkil qilinmoqda.

Koronavirus bilan kasallanish holatlari soni o‘zgarishsiz qoldi
5 may 2020, 10:21

Koronavirus bilan kasallanish holatlari soni o‘zgarishsiz qoldi

Koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni o‘zgarishsiz qoldi — 2189 nafar bemor. Respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 774 kishi davolanmoqda, 10 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir. Mamlakat bo‘ylab 335 mingta test sinovlari o‘tkazilgan.

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1400 nafardan oshdi
4 may 2020, 21:00

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1400 nafardan oshdi

Kun davomida 86 nafar koronavirus bemori to‘liq sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 1405 nafarga yetdi.

Energiya samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
4 may 2020, 20:19

Energiya samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi

Prezident uch smenada ish tashkil etgan tadbirkorlarga kechki smena uchun elektr tarifini 1,5 baravar kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Sirdaryoda suv toshqini vaqtida shikastlangan elektr tarmoqlari tiklanmoqda
4 may 2020, 19:02

Sirdaryoda suv toshqini vaqtida shikastlangan elektr tarmoqlari tiklanmoqda

“Sardoba” suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi natijasida 4 ta nimstansiya suv ostida qolgani hamda 8 mingdan ortiq iste’molchi elektr ta’minotidan mahrum bo‘lgani aniqlandi. Hozirda shikastlangan elektr tarmoqlarida tiklash ishlari olib borilmoqda.

Andijonda 3750 ta tadbirkorlik subyektiga faoliyatini tiklashga ruxsat berildi
4 may 2020, 18:31

Andijonda 3750 ta tadbirkorlik subyektiga faoliyatini tiklashga ruxsat berildi

Andijon viloyatida 3750 ta tadbirkorlik subyekti, jumladan mehmonxonalar, taksi yo‘nalishliari, sartaroshxona va go‘zallik salonlariga faoliyatini tiklashga ruxsat berildi. Bunda karantin tadbirlariga qat’iy rioya qilinishi shart.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting