Arxiv

Sardobadagi qutqaruv ishlarida 2 nafar Milliy gvardiya xodimi oqib ketgan
4 may 2020, 17:50

Sardobadagi qutqaruv ishlarida 2 nafar Milliy gvardiya xodimi oqib ketgan

«Sardoba» suv ombori to‘g‘oni o‘pirilgan ilk soatlarda evakuatsiya-qutqaruv ishlarida qatnashgan 2 nafar Milliy gvardiya xodimi kuchli oqimga duch kelib, oqib ketdi. Ulardan biri halok bo‘ldi, ikkinchi xodimni qidirish ishlari davom etmoqda.

Belarusda G‘alaba paradi bekor qilinmaydigan bo‘ldi
4 may 2020, 17:44

Belarusda G‘alaba paradi bekor qilinmaydigan bo‘ldi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda 9 may kuni G‘alabaning 75 yilligi sharafiga uyushtiriladigan parad bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. U parad, epidemiolog va virusologlar nuqtai nazariga ko‘ra, eng xavfli voqea emasligini ta’kidladi.

Uzun tumanida Lacetti urib yuborgan 8 yoshli bola vafot etdi
4 may 2020, 16:38

Uzun tumanida Lacetti urib yuborgan 8 yoshli bola vafot etdi

Uzun tumanida Lacetti avtomobili yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan ikki bolani urib yubordi. Tan jarohati olgan bolalardan biri shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.

Koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 2181 nafarga yetdi
4 may 2020, 16:05

Koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 2181 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni yana 21 nafarga ortib, jami 2181 kishini tashkil etmoqda. Kun davomida COVID-19 holatlari soni 32 taga oshdi.

Bola tug‘ilgandan keyingi 6 ta xizmat 1 ta ariza bilan hal bo‘ladi — DXA
4 may 2020, 15:16

Bola tug‘ilgandan keyingi 6 ta xizmat 1 ta ariza bilan hal bo‘ladi — DXA

Endilikda tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani olish, bolani ota yoki onasining doimiy yashash joyiga va poliklinikaga ro‘yxatga qo‘yish, bir martalik nafaqa pulini olish hamda MTMga navbatga qo‘yish xizmatlari bitta ariza bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.

Temiryo’l Sug’urta: Talofat ko‘rgan mijozlar yordamsiz qolmaydi
4 may 2020, 15:00

Temiryo’l Sug’urta: Talofat ko‘rgan mijozlar yordamsiz qolmaydi

«Temiryo'l sug’urta» kompaniyasi tomonidan Buxoro, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida sodir bo‘lgan ofatlar natijasida mol-mulkiga zarar yetgan aholi va korxonalar rahbarlari bilan aloqa o‘rnatilib, yuzaga kelgan og‘ir vaziyatni birgalikda bartaraf etish muammolari hal qilinmoqda.

Qozog‘iston Senatiga yangi rais saylandi
4 may 2020, 14:55

Qozog‘iston Senatiga yangi rais saylandi

Qozog‘iston prezidenti devoni rahbarining sobiq o‘rinbosari Maulen Ashimbayev mamlakat senatiga rais etib saylandi. Oldinroq, Qozog‘iston birinchi prezidentining qizi Darig‘a Nazarboyeva ushbu lavozimdan ozod etilgan edi.

Pandemiyadan so‘ng iqtisodiy tiklanish uchun o‘rtacha 3−12 oy kerak bo‘ladi
4 may 2020, 14:29

Pandemiyadan so‘ng iqtisodiy tiklanish uchun o‘rtacha 3−12 oy kerak bo‘ladi

Markaziy bank karantin davri tugaganidan so‘ng iqtisodiy tiklanish qancha davom etishi mumkinligi bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganib chiqdi. Unga ko‘ra, pandemiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalarni tiklashga o‘rtacha 3−12 oy kerak bo‘ladi. Bunda, turizm, xizmatlar va chakana savdo hamda yo‘lovchi tashish sohalarida iqtisodiy faollik nisbatan sekin tiklanishi kutilmoqda.

Navoiyda barcha koronavirus bemorlari tuzaldi
4 may 2020, 13:50

Navoiyda barcha koronavirus bemorlari tuzaldi

Navoiy viloyatida aniqlangan koronavirus bemorlarining barchasi to‘liq sog‘aydi, Farg‘onada 8 nafar bemor tuzaldi. O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusdan tuzalganlar soni 1328 nafarga yetdi.

Ichki ishlar organlari aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi
4 may 2020, 13:26

Ichki ishlar organlari aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi

4 maydan boshlab respublika bo‘ylab Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish (pasport, propiska, viza) hamda yo‘l harakati xavfsizligi (ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish, ma’muriy amaliyot, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish) bo‘linmalari fuqarolarga xizmat ko‘rsatish faoliyatini boshladi.

Hududlarning rivojlanish reytingi ishlab chiqiladi
4 may 2020, 13:22

Hududlarning rivojlanish reytingi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda har yili hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik bo‘yicha reytinglari e’lon qilinadi. Ularni tuzishda yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishsizlikni kamaytirish, aholi turmush sifatini yaxshilash kabilarga alohida e’tibor qaratiladi.

Markaziy bank: 2020 yilda YAIMning o‘sishi 1,5 foizga tushadi
4 may 2020, 12:48

Markaziy bank: 2020 yilda YAIMning o‘sishi 1,5 foizga tushadi

Markaziy bank koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yilda mamlakat yalpi ichki maxsulotining o‘sish sur’atlari ko‘zlangan 5,2−5,5 foizdan 1,5−2,5 foizgacha pasayishini kutmoqda. Shuningdek, transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilga nisbatan 30−35 foizga qisqarishi prognoz qilinmoqda.

“Sardoba fronti”dagi harbiylar — fotoreportaj
4 may 2020, 12:07

“Sardoba fronti"dagi harbiylar — fotoreportaj

Markaziy harbiy okrugning 2000 dan ortiq harbiy xizmatchilari Sardoba tumanidagi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun jalb qilingan. Ushbu ishlarga okrug tasarrufidagi 200 ga yaqin harbiy texnikalar ham safarbar qilingan.

DXA Sardobada jabrlanganlarga hujjatlarni tiklashga yordam beradi
4 may 2020, 11:44

DXA Sardobada jabrlanganlarga hujjatlarni tiklashga yordam beradi

Sardobada suv toshqini oqibatida evakuatsiya qilingan fuqarolarning aksariyati zarur hujjatlarsiz qolishgan. Ularni tiklashda aholiga Davlat xizmatlari agentligi yordam beradi.

O‘zbekistonda elektr energiya bilan ta’minlash strategiyasi qabul qilindi
4 may 2020, 11:26

O‘zbekistonda elektr energiya bilan ta’minlash strategiyasi qabul qilindi

Hukumat tomonidan 2030 yilgacha mamlakatni elektr energiya bilan ta’minlash strategiyasi qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2030 yilgacha elektr energiya ishlab chiqarishni 5900 MVt dan 29200 MVt gacha ko‘paytirish, tabiiy gaz sarfini qisqartirish hamda elektr energiyani uzatishda yo‘qotishlarni sezilarli darajada kamaytirish rejalashtirilgan.

Toshkentda YHXBB bo‘limlari ishlashni boshlaydi
4 may 2020, 11:01

Toshkentda YHXBB bo‘limlari ishlashni boshlaydi

4 maydan boshlab Toshkentda IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish hamda ma’muriy amaliyot bo‘limlarida, shuningdek diagnostik stansiyalarida (texnika nazorati) fuqarolar qabuli davom etadi.

O‘zbekiston bo‘ylab yana yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda
4 may 2020, 10:49

O‘zbekiston bo‘ylab yana yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda

Yaqin kunlarda yomg‘ir, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Koronavirus bemorlari soni 2160 nafarga yetdi
4 may 2020, 10:07

Koronavirus bemorlari soni 2160 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 11 nafarga ortib, jami 2160 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 830 kishi davolanmoqda, ulardan 10 nafarining ahvoli og‘ir va 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda. Laboratoriyalarda 325 mingta test sinovlari o‘tkazildi.

Toshkentda migratsiya va fuqarolik bo‘limlari ish boshlaydi
4 may 2020, 06:43

Toshkentda migratsiya va fuqarolik bo‘limlari ish boshlaydi

Toshkent IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning tumanlardagi bo‘limlari 4 maydan fuqarolarni qabul qilishni boshlaydi.

Sardobadan hikoyalar
4 may 2020, 06:35

Sardobadan hikoyalar

Nikita Makarenko suv toshqinidan aziyat chekkan sirdaryoliklar va ofat hududida faoliyat olib borayotgan turli idoralar xodimlari bilan suhbatlashdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting