«Rasmiy statistikaga ishonmang, o‘zingizni va yaqinlaringizni asrang». Kinorejissyor Sarvar Karimov koronavirusga chalingan otasining vafot etganini ma’lum qildi. Uni bir hafta davomida «tez yordam»ga joylashtira olishmagan. Hozirda butun oilasi uyda COVID-19 dan davolanmoqda.
Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobiga 7,44 trln so‘m kelib tushdi, jamg‘arma xarajatlari esa 6,4 trln so‘mga teng bo‘ldi. Eng ko‘p mablag‘ — 2,2 trln so‘m ijtimoiy sohaga yo‘naltirildi.
Keyingi ikki hafta davomida Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Belarus, BAA, AQSH, Isroil va Germaniyadan O‘zbekiston fuqarolarini qaytarish uchun 18 ta charter reysi tashkil etiladi.
Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha qabul qilingan qarorlar aniq ma’lumot va tahliliy materiallar yo‘qligi tufayli kutilgan natijalarni berayotgani yo‘q, deya ma’lum qildi prezident. «Hokimlar, sektor rahbarlarining, barcha mutasaddi va mas’ullarning miyasi soat mexanizmiday kunu tun, aniq va bexato ishlashi lozim», — deya qo‘shimcha qildi u.
Toshkent viloyatida 37 tup daraxt, jumladan, 26 tup ko‘p yillik chinorlar noqonuniy ravishda kesib tashlandi. Yetkazilgan zarar miqdori 1,1 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.
Xorazm viloyatida “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi mansabdor shaxslari qurilish ob’ektlarini soxta pudratchilarga tendersiz berish orqali 2,7 mlrd so‘mlik byudjet pullarini o‘zlashtirgani aniqlandi.
Moskva meri Sergey Sobyanin Rossiya poytaxtida koronavirus holatlari sezilarli darajada pasayganiga asosiy sabab shahar aholisining 60 foizida koronavirus infeksiyasiga qarshi «jamoaviy immunitet shakllangani», deya ta’kidladi.
Toshkentda 8 iyul kuni koronavirus tasdiqlangan 62 yoshli ayol o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu — O‘zbekistonda koronavirsga chalingan bemorlar orasidagi 77-o‘lim holatidir.
O‘zbekistonda sud tizimi doirasida prezident va prokuratura vakolatlarini qisqartirish, bosh prokurorni tayinlashning ob’ektiv mezonlarini ishlab chiqish va advokatlar faoliyatining minimal xavfsizligini ta’minlash. BMTning maxsus ma’ruzachisi tomonidan berilgan mustaqil va xolis sud tizimini yaratish bo‘yicha tavsiyalarni ko‘rib chiqamiz.
O‘zbekistonning ikkita eng yirik shakar zavodi «Angren shakar» va «Xorazm shakar» xom ashyo yetishmovchiligi sababli ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘ydi. Korxonalarning omborlarida kuniga ming tonnadan realizatsiya qilinadigan 47 ming tonnadan ortiq shakar zaxirasi mavjud, shuning uchun tanqislik kuzatilmaydi. «Gazeta.uz» ning aniqlashicha, mahalliy ishlab chiqaruvchilar import qiluvchilar bilan raqobat sababli qiyinchiliklarga duch kelishmoqda.
O‘zbekiston Harbiy sudi sobiq mudofaa xodimi A. Yarbabayev va uning rafiqasi Ye. Yarbabayevani davlatga xoinlik qilganlikda aybdor deb topdi. A. Yarbabayevga 11 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Uning turmush o‘rtog‘i esa 3 yilga sinov muddati belgilangan holda shartli ravishda jazodan ozod etildi.
Namangan viloyati Chust tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Bahodir Oxunov o‘z lavozimidan ozod etildi va uning o‘rniga Bekzod Hamdamov hokim etib tayinlandi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Sanjar Abduqodirov 40 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga issiq va quruq havo oqimi kira boshlaydi. Kunduzi harorat +42 darajagacha ko‘tarilib, yoz o‘rtasidagi me’yoriy ob-havodan 4−6 daraja yuqori bo‘ladi.
SSP umumiy ovqatlanish sohasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasi tayyorlanganini xabar qildi. Soliq imtiyozlarini uzaytirish, kafe va restoranlarga yozgi teraslarini joylashtirish tartibini joriy etish hamda muassasalarga kunu tun ishlashga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.
Toshkent shahar hokimligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi 40 ta SO‘V va 200 ta SIPAP apparatlarini xarid qilishdi. Tez tibbiy yordam va SEOMlar uchun 50 dona Damas rusumli avtomobillar sotib olingan.
Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori lavozimida ishlab kelayotgan tibbiyot doktori, professor Amrillo Inoyatov prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuhratjon Mo‘minov Farg‘ona tumani hokimi etib tayinlandi. U hozirgi paytga qadar Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Hindiston koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 1 milliondan oshgan uchinchi davlatga aylanib, AQSH (3,5 mln dan ortiq) va Braziliya (2 mln dan ortiq) mamlakatlaridan keyingi o‘rinda ketmoqda.
Koronavirus kasalligidan uyida davolanayotgan bemorlarga kerakli dori-darmonlar hamda bir martalik tibbiy niqoblarni belgilangan me’yorda, bepul yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting