DXX va Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan Romitan tumanida 456 dona mayning qurilmalarini o‘rnatgan ferma aniqladi. Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish oqibatida ferma davlatga 2 mlrd 530 mln so‘m miqdorida zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.
1 dekabr kuni O‘zbekistonda 159 kishida koronavirus aniqlandi (o‘tgan kuni 154 kishi kasallangandi). Kasallik eng ko‘p Toshkent shahri (64 nafar) va viloyatida (19 nafar) qayd etildi.
O‘zbekiston bir hafta ichida Pfizer vaksinasining 3-partiyasini qabul qilib oldi. Juma kuni 2,3 mln doza vaksina keltirildi. Avvalroq, mazkur vaksinaning qariyb 143 ming hamda 550 ming dozasi yetib kelgandi.
Polshaning Lodz shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Ispaniya Qirolligidagi hamkasbi bilan uchrashdi. Tomonlar iqtisodiy aloqalar, turizm, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida hamkorlik bo‘yicha fikr almashdi. O‘zbekiston rasmiy Madridning Toshkentda elchixona ochish rejalarini olqishladi.
Banklar 2 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 175 — 11 285 so‘mdan sotib olmoqda, aholiga sotish kursi esa 11 285 so‘m etib belgilandi.
O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosining yana ikkita elementi — ipakchilik va Xo‘ja Nasriddin latifalari YUNESKO ro‘yxatiga kiritildi. Ular tashkilotga Ozarbayjon, Eron, Turkmaniston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiya bilan hamkorlikda O‘zbekiston tomonidan taqdim etildi.
Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning mustahkamlanishida Ukrainadagi voqealarning aloqasi yo‘q, dedi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston kun tartibining shakllanishida qandaydir uchinchi davlatlar ta’sir ko‘rsatmaydi.
Nukus voqealari bo‘yicha asosiy gumondor Dauletmurat Tajimuratov Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining amaldagi va sobiq rahbarlarini sudga chaqirilishini so‘rab murojaat qildi. Shuningdek, u qaysi akademiya odamlarni otishni o‘rgatishini so‘radi.
Nukus voqealari tafsilotlari: ko‘rsatuv bergan Dauletmurat Tajimuratov, farzandlaridan ayrilgan odamlardan kechirim so‘ragan Lolagul Kallixanova, 10 oyda IIVda vafot etgan 25 xodim, o‘zini osgan 12 yoshli qiz, oshayotgan kovid statistikasi, dekabr ob-havosi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Qisqa muddat ichida yetakchilardan biriga aylangan AKFA Medline 5 yil davomida qanday yutuqlarga erishganligi haqida so‘zlab berdi.
Nukus voqealari bo‘yicha sudning to‘rtinchi kunida asosiy ayblanuvchi Dauletmurat Tajimuratov ko‘rsatuv berdi. «Gazeta.uz» Youtube`da jonli efirga namoyish qildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinga mamlakatning sobiq xalq raisi Szyan Szeminning vafoti munosabati bilan maktub yo‘llab, marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.
Publitsist va bloger Shokir Sharipov IIV rahbari Po‘lat Bobojonov iste’fosini talab qilib, 22 noyabr kuni poytaxtdagi Gagarin haykali oldida bir kishilik piket uyushtirgandi. Vazirlik matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov piket bo‘yicha vazirga «aniq axborot» berilganini ma’lum qildi.
Buxoro viloyat sudida bo‘lib o‘tayotgan Nukus voqealari bo‘yicha sudning ikkinchi kunida Lolagul Kallixanova ko‘rsatma berdi. «Jo‘qorg‘i Kenges xalq bilan biroz maslahat qilganida, bunday narsalar bo‘lmasdi», dedi u. Kallixanova o‘sha hodisalar vaqtida halok bo‘lganlarning yaqinlaridan kechirim so‘radi.
Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov ayrim sud protsesslarida haqiqiy tortishuvchanlik prinsipi hozir ta’minlanmayotganini tanqid qildi. Bunga ayrim prokurorlar oxirgi vaqtlarda sud jarayoniga hech qanaqa tayyorgarliksiz kelib, o‘sha yerdan o‘qib [berayotgani], faqat advokat gapirayotganini sabab qilib keltirdi.
DXX kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy ravishda sotayotgan shaxslarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan sud tomonidan 3 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Veolia Energy Tashkent poytaxt aholisiga issiq suv yoki isitish bilan bog‘liq muammolarda qayerga murojaat qilish kerakligi borasida yo‘riqnoma taqdim etdi.
Toshkentda xususiy bandlik firmasi 100 ga yaqin fuqaroni xorijda ishga joylashtirishga va’da berib, aldov yo‘li bilan ularning 55 nafarini sotib yuborgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo-Ulug‘bek tuman sudi korxona rahbariga 8 yil 1 oy, qolgan 2 nafar xodimga 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Mirobod tumani Shimoliy temir yo‘l vokzali oldida joylashgan yer osti tunnelining bir tomoni 1 dekabrdan 15 dekabrga qadar yopiladi.
AOKAda Ichki ishlar vazirligi mansabdorlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ma’lum qilinishicha, 2022 yilning 10 oyida 25 nafar xodim: 9 nafari yo‘l-transport hodisasi oqibatida, 16 nafari xizmat vazifasini bajarish vaqtida vafot etgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting