Kichik biznes va fermer xo‘jaliklariga ijtimoiy soliq stavkasining tushirilishi, yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilish, bojxona to‘lovlarini 120 kungacha kechiktirib to‘lashga ruxsat berish, nafaqa oluvchilar sonini ko‘paytirish, Toshkent shahrida aholiga yakka tartibda uy-joy qurish va ta’mirlash uchun kredit berish tajribasini joriy etish va boshqa choralar. Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarni va aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralarni e’lon qildi.
Aholi murojaatlarini hisobga olib, ish haqi, nafaqa va pensiyalarning, karantin qoidalariga to‘liq amal qilgan holda, naqd pulda tarqatilishi belgilandi.
Samarqandda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor o‘tkir nafas va yurak qon -tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. Vafot etganlar soni 11 nafarga yetdi.
O‘zbekistonda Toshkent bilan Nukus, Urganch va Termiz o‘rtasidagi aviaqatnovlar, shuningdek, ayrim viloyatlarda poyezdlar harakatini qayta tiklash rejalashtirilmoqda. Xizmat ko‘rsatishga bosqichma-bosqich ruxsat beriladi. Shaharlarda shaxsiy avtomobilda harakatlanish cheklovlarini olib tashlash masalasi o‘rganilmoqda.
Hindiston O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun dori vositalari, jumladan avvalroq mamlakat hukumati so‘ragan gidroksixloroxin hapdorilarini taqdim etdi.
O‘zbekistonda yana 28 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 2596 taga yetdi. Infeksiya aniqlanganlarning barchasi xorijdan kelgan yoki karantinga olingan fuqarolardir.
Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekistonga jami 2,5 tonnaga yaqin 13 turdagi tibbiyot vositalaridan iborat navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi. Ular asosan yuqumli kasalliklardan himoyalovchi tibbiyot niqoblari, ko‘zoynaklar, maxsus kiyimlar, masofadan turib tana haroratini o‘lchovchi termometr, dezinfeksiyalovchi apparat kabi eng zarur buyum va vositalardir.
Xorazm viloyati Yangibozor tumanida katta yo‘lga yugurib chiqqan bolani katta tezlikda harakatlanayotgan Matiz haydovchisi urib ketdi. Bola tan jarohatlari og‘irligi sababli shifoxonada vafot etgan.
UNG yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 15 may kunidan boshlab Ai-92 markali benzin narxi yana 500 so‘mga arzonlashtirildi va 5000 so‘m qilib belgilanadi.
Buxoro viloyatida 27 aprel kuni sodir bo‘lgan kuchli shamol natijasida ko‘rilgan zarar 141,6 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Aholi turar joylari va ijtimoiy soha ob’ektlariga yetkazilgan zararni bartaraf etishda jami 32 530 nafar quruvchilar va maxsus texnika jalb etilgan. Viloyatda elektr energiyasi, tabiy gaz va ichimlik suvi ta’minoti tiklangan.
Samarqand viloyatida tibbiyot xodimi koronavirus infeksiyasi belgilarini his qilgani holda, tibbiy tekshiruvdan o‘tmasdan uy sharoitida davolana boshlaganligi aniqlangan. U bilan doimiy muloqotda bo‘lgan turmush o‘rtog‘i va boshqa qarindoshlari, o‘zi davolagan bemor va hamkasblaridan 11 nafariga, ular orqali yana 23 nafar shaxsga COVID-19 infeksiyasi yuqishiga sababchi bo‘lgan. Tibbiyot xodimiga nisbatan jinoiy ish ochilgan.
Rossiyada og‘ir ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonlik nogironlar, 2 yoshgacha bolali va homilador ayollar, talabalar hamda COVID-19 bemorlariga bir martalik pul mablag‘lari to‘lab beriladi. Homiylar orasida Alisher Usmonov ham bor.
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi Sherzod Kudbiyevni Davlat Soliq qo‘mitasining raisi lavozimiga ma’qulladi. DSQning sobiq rahbari Behzod Musayev esa bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga nomzodi ma’qullangan.
8 maydan boshlangan charter reyslari orqali xorijiy mamlakatlardan 1200 nafardan ziyod O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga olib kelindi. Boshqa davlatlardan charter reyslarni amalga oshirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda — yangilangan ro‘yxat.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) koronavirus pandemiyasi tufayli 2020-yili O‘zbekiston YAIM 1,5 foizga o‘sishini, 2021-yilda esa 6,5 foizga qayta ko‘tarilishini prognoz qilmoqda.
O‘zbekistonda koronavirus holatlari sonining ortishi karantin tadbirlarini yengillatish bilan bog‘liq emas. Yangi holatlar asosan kimlar orasida aniqlanayotgani ma’lum qilindi.
Farg‘onada 6 nafar va Samarqandda 9 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar tuzaldi. O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusdan tuzalganlar soni 2055 nafarga yetdi.
Twitter xodimlari koronavirus sababli o‘rnatilgan karantin cheklovlari olib tashlangandan keyin ham uyda qolib ishlashlari mumkin.
O‘zbekiston Tojikistonga koronavirus pandemiyasi davrida bemorlarga yordam ko‘rsatish uchun Damas negizidagi tez yordam avtomobillari partiyasini taqdim etdi.
Buxoro viloyatida traktor tirkamalarining ag‘darilib ketishi oqibatida vafot etgan ayollar soni uch nafarga yetdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting