Arxiv

Haftaning yomg‘irli bo‘lishi kutilmoqda
11 may 2020, 14:28

Haftaning yomg‘irli bo‘lishi kutilmoqda

13 maydan butun mamlakat bo‘ylab momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ib, shamol tezligi kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati +18…+23 darajagacha tushadi, bu — may oyi uchun o‘rtacha ko‘rsatkichlardan past.

Senat tomorqa uchun javobgarlikni joriy etishni rad etdi
11 may 2020, 14:25

Senat tomorqa uchun javobgarlikni joriy etishni rad etdi

Senat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tomorqadan oqilona foydalanish bo‘yicha tuzatishlar kiritishni ko‘zda tutgan qonunni rad etdi. Senatorlar fikricha, qonundagi noaniq tushunchalar korrupsiyaga olib kelishi mumkin.

Senatorlar O‘zbekistonning YeOIIda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishini ma’qulladilar
11 may 2020, 13:41

Senatorlar O‘zbekistonning YeOIIda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishini ma’qulladilar

Senat ko‘pchilik ovoz bilan O‘zbekistonning YeOII bilan kuzatuvchi davlat sifatida hamkorligini ma’qulladi. 100 senatordan 91 nafari ovoz berishda ishtirok etdi. Ulardan 71 nafari qarorni ma’qulladi, 16 kishi «qarshi», 4 kishi betaraf bo‘ldi.

“Salomatlik” ordeni va “Sog‘lom turmush” medali ta’sis etiladi
11 may 2020, 13:22

“Salomatlik” ordeni va “Sog‘lom turmush” medali ta’sis etiladi

Senatorlar “Salomatlik” ordeni (ikki darajadan iborat) va “Sog‘lom turmush” medalini ta’sis etishni ma’qulladi. Ular sog‘liqni saqlash va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishda munosib hissa qo‘shganlarga taqdim etiladi.

Janubiy Koreya, Xitoy va Germaniyada koronavirus tarqalishi yana jonlandi
11 may 2020, 13:11

Janubiy Koreya, Xitoy va Germaniyada koronavirus tarqalishi yana jonlandi

Avvalroq karantin choralarini yumshatgan Janubiy Koreya, Xitoy va Germaniyada koronavirus bilan kasallanish holatlari soni oshgani qayd etildi. Dunyo bo‘yicha COVID-19 holatlari soni 4 milliondan oshdi.

AQSHda ishsizlik “Buyuk Depressiya” darajasiga yetishi taxmin qilinmoqda
11 may 2020, 12:18

AQSHda ishsizlik “Buyuk Depressiya” darajasiga yetishi taxmin qilinmoqda

AQSHda ishsizlik darajasi 1930 yillardagi “Buyuk Depressiya” davridan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetmoqda — 14,7 foiz. Donald Trampning ikki yuqori darajali iqtisodiy maslahatchilari AQSHda koronavirus pandemiyasi davom etavergan holda ishsizlik darajasi ko‘tarilashi va iyun oyida ishsizlik ko‘rsatgichi 20 foizgacha yuqorilashi mumkinligini ma’lum qilishdi.

Toshkentda Britaniya menejment universiteti tashkil etiladi
11 may 2020, 12:12

Toshkentda Britaniya menejment universiteti tashkil etiladi

2020−2021 o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida Britaniya menejment universiteti faoliyat olib boradi. Ta’lim ingliz tilida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Universitetda loyihalarni boshqarish, tadbirkorlik va innovatsiyalar hamda raqamli iqtisodiyot kabi ta’lim yo‘nalishlari mavjud bo‘ladi.

Koronavirusdan tuzalganlar soni 1900 kishiga yaqinlashdi
11 may 2020, 12:03

Koronavirusdan tuzalganlar soni 1900 kishiga yaqinlashdi

Namangan viloyatida 16 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1897 kishiga yetdi.

“Qanotchi” restoranining ochilishi sinov maqsadida bo‘lgan — Toshkent shahar IIBB
11 may 2020, 11:50

“Qanotchi” restoranining ochilishi sinov maqsadida bo‘lgan — Toshkent shahar IIBB

“Qanotchi” restoranining faoliyati davom etayotganligi haqidagi ma’lumotlarga Toshkent shahar IIBB o‘z munosabatini bildirdi. Ma’lum qilinishicha, restoran umumiy ovqatlanish joylarining sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga rioya qilgan holda ishlash imkoniyatini o‘rganish maqsadida sinov tariqasida ochilgan.

Dollar kursi yana o‘sishni boshladi
11 may 2020, 11:15

Dollar kursi yana o‘sishni boshladi

Ikki haftadan beri arzonlashayotgan AQSH dollari yana o‘sishni boshladi. Markaziy bank xorijiy valyutalarning 12 maydan yangi kursini e’lon qildi.

Abdulla Aripov va Askar Mamin Qozog‘istonda yangi mikrorayon uchun poydevor qo‘ydi
10 may 2020, 14:21

Abdulla Aripov va Askar Mamin Qozog‘istonda yangi mikrorayon uchun poydevor qo‘ydi

O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari rahbari Maqtaaral tumani Mirzakent posyolkasida yangi mikrorayon qurilishini boshlab berdi. Bosh vazirlar ilk turar joylar poydevorlarini qo‘yish marosimida qatnashdi.

COVID-19: kunlik holat
9 may 2020, 23:53

COVID-19: kunlik holat

O‘zbekistonda koronavirus holatlari 2349 taga, sog‘aygan bemorlar 1804 nafarga yetdi.

Farg‘ona vodiysida zilzila sezildi
9 may 2020, 23:25

Farg‘ona vodiysida zilzila sezildi

Farg‘ona vodiysida qayd etilgan zilzilaning o‘chog‘i Xitoyda joylashgani xabar qilindi.

Prezident: Urushda O‘zbekiston xalqining ishtiroki haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldik
9 may 2020, 19:46

Prezident: Urushda O‘zbekiston xalqining ishtiroki haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldik

Arxiv ma’lumotlarining ochilishi va boshqa davlatlar bilan hamkorlik O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlashtirish imkonini berdi. Prezidentning ma’lum qilishicha, frontga qariyb 2 million o‘zbekistonlik safarbar qilingan, 538 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan, 158 mingdan ziyodi bedarak yo‘qolgan.

Koronavirus statistikasi: yangi holatlar, tuzalganlar, hududlardagi holat
8 may 2020, 23:55

Koronavirus statistikasi: yangi holatlar, tuzalganlar, hududlardagi holat

O‘zbekistonda koronavirus holatlari 2325 taga yetdi (+1). Kun davomida rekord darajada sog‘ayish qayd etildi — 119 nafar.

Tomda dars o‘tgan o‘qituvchiga minnatdorchilik bildirildi
8 may 2020, 21:26

Tomda dars o‘tgan o‘qituvchiga minnatdorchilik bildirildi

Tarmoqda Farg‘ona viloyatidagi qishloqda internet sifati pastligi sababli uy tomida o‘tirib onlayn dars berayotgan o‘qituvchi videosi tarqaldi. XTV o‘qituvchiga minnatdorchilik bildirdi, AKT vazirligi esa vaziyat o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

Suvda oqib ketgan Milliy gvardiya xodimi sog‘ holatda topildi
8 may 2020, 21:05

Suvda oqib ketgan Milliy gvardiya xodimi sog‘ holatda topildi

Sirdaryo viloyatida evakuatsiya ishlari vaqtida suv oqizib ketgan uch nafar Milliy gvardiya xodimidan biri sog‘ holda topildi, yana biri bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Dam olish kunlari yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda
8 may 2020, 20:27

Dam olish kunlari yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Shamol tezligi soniyasiga 28 metrgacha kuchayishi mumkin.

Sardobadagi toshqin deyarli 5000 obektga zarar yetkazgan
8 may 2020, 17:55

Sardobadagi toshqin deyarli 5000 obektga zarar yetkazgan

Sardoba suv ombori to‘g‘oni buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan toshqin suvlari 10 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari (23 ta aholi punktlari) hududlaridagi 4 711ta turar va 277 ta noturar joy ob’ektlariga hamda 30 718 ga ekin maydonlariga zarar yetkazgan. Toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun 2500 dan ortiq texnika jalb etilgan.

Aprel oyida so‘m 5,8 foizga qadrsizlandi
8 may 2020, 17:33

Aprel oyida so‘m 5,8 foizga qadrsizlandi

Yanvar-aprel oylarida Markaziy bankning valyuta intervensiyalari hajmi 1,5 mlrd AQSH dollariga teng bo‘lib, uning uchdan bir qismi (507 mln AQSH dollari) aprel oyiga to‘g‘ri keldi. Pul o‘tkazmalari hajmi pasayib, o‘tgan oyda milliy valyuta 5,8 foizga qadrsizlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting