Dushanov Yashin Ravshanovich Navoiy viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Xitoyning Uxan shahrida koronovirus bemorlari aniqlanganligi sababli, shahar ma’muriyati Uxanning barcha 11 mln aholisini koronavirus infeksiyasiga qayta tekshirishga buyurdi. Tahlillarni 10 kun ichida o‘tkazish rejalashtirilgan.
Fuqarolarni identifikatsiyalash ID-kartasiga ma’lumotlarni saqlovchi elektron qurilma, chip o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda ID-kartalar to‘g‘risidagi nizom loyihasida keltirilgan. Loyihaga ko‘ra, ID-kartalar hujjatlar qabul qilinganidan so‘ng uch ish kunida beriladi.
Prezident qaroriga binoan, O‘zbekistonda 2020−2025 yillarga mo‘ljallangan bank tizimini isloh qilish strategiyasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2025 yilgacha bir qator banklarda davlat ulushi xususiylashtiriladi va tijorat banklarini transformatsiya qilish hamda bank ishining zamonaviy standartlarini bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi.
Navoiy viloyati Zarafshon shahrida kuchli yog‘ingarchilik sababli sel kelgan. Uning oqibatida 4 xonadon qisman zarar ko‘rgan, 300 nafar fuqaro xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.
Koronavirus bemorlari soni 21 nafarga ortib, jami 2568 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 518 kishi davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Yangi kasallanganlarning 15 nafari xorijdan kelganlar va 6 nafari karantin tadbirlariga qamrab olinganlar bo‘lgan.
2019 yilda qurilish sohasida 74 mlrd so‘m, qishloq xo‘jaligida esa qariyb 90 mlrd so‘mlik o‘g‘riliklar aniqlandi, deya ma’lum qildi bosh prokuror.
O‘zbekistonda koronavirus holatlari 2547 taga, sog‘ayganlar 2040 nafarga yetdi. Samarqandda 13 maydan karantin qoidalari kuchaytiriladi, 9 ta shahardan charter reyslar tashkil etiladi — COVID-19 bo‘yicha kunning muhim yangiliklari.
Qo‘ng‘irotda 390,6 mln, Ellikqal’ada 59,6 mln, Toshkent tumanida 113,8 mln so‘mlik pul va mol-mulklar mansabdor shaxslar tomonidan talon-taroj qilingani aniqlandi. Barcha holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.
Bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshev tizim nopok va nomunosib xodimlardan tozalanayogani haqida ma’lum qildi. 2019 yilda prokuratura organlaridan qariyb 400 nafar korrupsiyaga moyil va xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan xodimlar ishdan bo‘shatilgan.
Senatorlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar toifasiga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi — asosiy o‘zgarishlar.
2020−2021 o‘quv yili uchun istisno tariqasida qabul test sinovlari majburiy fanlarsiz, 2 ta mutaxassislik fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Qabul jarayoni abituriyentlar uydan chiqmagan holda tashkil etilishi kutilmoqda. Test sinovlari o‘tkaziladigan binolarda har bir abituriyent uchun kamida 3 kv.m joy ajratiladi, ularda niqob, qo‘lqop bilan testda ishtirok etishi ta’minlanadi.
13 maydan 24 mayga qadar O‘zbekiston fuqarolarini xorijdan olib kelish bo‘yicha charter reyslar tashkillashtiriladi. Mamlakatga qaytarilganlar 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.
BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish O‘zbekiston prezidentiga yo‘llagan maktubida suv toshqinidan jabrlangan O‘zbekiston xalqi va qo‘shni Qozog‘iston xalqiga hamdardlik bildirdi. Shuningdek, Gutterish global miqyosda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha u e’lon qilgan da’vatni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovda koronavirus infeksiyasi aniqlandi.
NASA O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlarining Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishidan oldingi va keyingi holatlarning sun’iy yo‘ldoshdan olingan rasmlarini e’lon qildi.
Alisher Usmonov jamg‘armasi tomonidan ajratilgan 5 mln dollar suv toshqini natijasida evakuatsiya qilingan Turkiston viloyati Maqtaaral tumanidagi 30 mingdan ortiq kishiga bo‘lib beriladi. Evakuatsiya qilingan 5202 ta oilaning hujjatlari to‘liq to‘plangandan so‘ng, ularga belgilangan 422 ming tenge (1000 AQSH dollari) beriladi.
Toshkent shahrida 12 nafar, Surxondaryo va Andijon viloyatlarida 4 nafar, Namanganda 2 nafar koronavirus bemori tuzaldi. Mamlakatda umumiy tuzalganlar soni 2010 kishiga yetdi.
Toshkentdagi Farhod avtomobil ehtiyot qismlar bozorida koronavirusga gumon qilingan fuqaroda COVID-19 infeksiyasi aniqlanmadi. Hozirda bozorda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda va ularning yakuniga ko‘ra bozor ishga tushishi rejalashtirilgan.
Bosh prokuratura va IIV o‘g‘rilikda gumon qilingan quvasoylikning IIB xodimlari tomonidan kaltaklab o‘ldirilgani haqidagi xabarlarni rad etib, uning tirikligi va hozirda davolanayotganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting