Prezident karantin vaqtida yoshlarning tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatlari cheklangani bois joriy yilda imtihonlarni soddaroq shaklda o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, OTMlarda zerikarli ma’ruzalar o‘qish, konspektlar yozdirish kabi o‘zini oqlamagan usullardan voz kechish lozimligi ta’kidlandi.
Tojikistonda ilk bor koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq 15 ta holat aniqlandi. Mamlakat bosh vaziri raisligidagi COVID-19 tarqalishining oldini olish bo‘yicha Respublika shtabi aholi tibbiy niqoblardan foydalanishi kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Vohidjon Ahmadjonov Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Karantin davrida Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi xizmat faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Hozircha 80 kishi ishga joylashtirildi.
“Coca-Cola” jamg‘armasi O‘zbekistonda COVID-19 virusiga qarshi chora-tadbirlar uchun 200 ming dollarlik grant ajratdi. Insonparvarlik yordami doirasida O‘zbekistonga nafas oldirish va boshqa tibbiy uskunalar taqdim qilinadi.
Samarqand viloyatida surunkali yomg‘ir oqibatlarini bartaraf etish ishlariga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamda FVVning maxsus texnikalari jalb qilingan. Yog‘ingarchilik natijasida fuqarolar o‘rtasida jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmagan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yuqori darajadagi mutaxassislari texnik yordam ko‘rsatish maqsadida Markaziy Osiyo davlatlariga tashrif buyurishadi.
O‘zgidromet 1−2 may kunlari O‘zbekiston hududida kuchli shamol esib, yomg‘ir yog‘ishidan ogohlantirmoqda. Tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.
Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov nima sababdan karantindagilar soni o‘zgarmayotganiga izoh berdi. “Har kuni davlatimizga xorijdan 500−600 fuqaro kirib kelyapti. Ularning barchasi karantinga joylashtirilmoqda”, — dedi u.
Buxoro viloyatidagi kuchli shamolga qizigan issiq va sovuq siklon fronti to‘qnashuvi sabab bo‘ldi. Sinoptiklarning qayd etishicha, xavfli ob-havo hodisalarini oldindan bilish qiyin, ayniqsa katta tezlikda rivojlanadigan lokal hodisalarni prognozlash juda murakkab hisoblanadi. Mutaxassislar pandemiya davrida ma’lumotlar yetishmasligi yuzaga kelganini ham eslatib o‘tdi.
Bekobod tumanida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida soy o‘zanidan toshdi. Hodisadan jarohatlangan yo‘qligi ma’lum qilindi. Kuchli shamol va yomg‘ir Bekobod shahrida ham kichik talofatlarga sabab bo‘ldi.
O‘zbekistonda barcha mehnat jamoalarida maslahat kengashlari tuziladi. Mazkur kengashlar mehnat jamoalarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratilishini ta’minlaydi.
Karantin choralarining yumshatilishi taksi xizmatlariga ham taalluqli. Bunda, ular karantin tadbirlariga qat’iy rioya qilgan holda va kunning ma’lum vaqtlarida yo‘lovchilarni tashishlari mumkin.
Jizzax viloyatida haydovchisi rulda uxlab qolgan Matiz ag‘darilib ketdi. Ikki kishi, jumladan bir bola halok bo‘ldi, to‘rt kishi jarohatlandi.
Koronavirus bemorlari soni 15 nafarga ortib, jami 2017 kishini tashkil etmoqda.
O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 2000 talik chegaradan oshdi.
30 aprel soat 06:00 dan boshlab ayrim karantin choralari yumshatilmoqda. Fuqarolar 07:00 dan 10:00 gacha hamda 17:00dan 20:00 ga qadar shaxsiy va xizmat yengil avtotransportlaridan foydalanishlari mumkin. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi tadbirkorlar barcha turdagi yengil avtotransport vositalarida hududlararo harakatlanishiga ruxsat beriladi.
Toshkent shahridan bo‘lgan 61 yoshli koronavirus bemori o‘tkir respirator disstres sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda vafot etgan koronavirus bemorlari soni 9 kishiga yetdi.
Samarqand, Namangan va Termiz davlat universitetlarida yuridik fakultetlar, TDYUUda esa Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti tashkil etiladi.
Shavkat Mirziyoyev dehqon va fermerlarga viloyatlar va tumanlar o‘rtasida harakatlanishga ruxsat berishni topshirdi. IIV ularning avtomobillarini postlarda kutib olib, yarmarka va savdo nuqtalariga qadar kuzatib boradi. Prezident vaziyat yaxshilanishi bilan 10 maydan so‘ng karantin bosqichma-bosqich yumshatilishini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting