Qonunchilik palatasi Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi lavozimiga Shavkat Abdurazzoqovning nomzodini tasdiqladi. Bungacha u Namangan hokimi bo‘lib ishlagan.
O‘zbekiston Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasiga qo‘shildi. XXHGKga a’zolik milliy qonunchilikka bir qator o‘zgartishlar kiritish, jumladan, xorijdagi fuqarolar huquqlarining himoyasini kuchaytirishga imkon beradi.
Norvegiyalik mutaxassis Arild Dirsert O‘zbekistondagi tabiiy gaz uchun ichki narxning pastligi muammolarga sabab ekanini aytdi. «Gazeta.uz»ning hukumatdagi manbasi gaz narxi tez orada oshirilishiga ishora bo‘layotganini bildirdi.
«Boqiy darbadar» romani muallifi Isajon Sulton Innovatsion rivojlanish vaziriga maslahatchi etib tayinlandi.
Vazirlik, idora, hokimiyat va xo‘jalik birlashmalari xodimlari Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi maxsus markazda davlat tilida ish yuritish bo‘yicha o‘qitiladi.
Mast holatda 73 yoshli ayolni o‘lgunicha kaltaklagan namanganlik erkak 20 yilga qamaldi.
Milliy gvardiya va AQSH QK Markaziy qo‘mondonligi harbiy xizmatchilari Jizzax viloyatidagi «Forish» tog‘ poligonida «Yengilmas soqchi» qo‘shma o‘quv mashqlarini o‘tkazdi.
Uchta hududiy neft bazasida bir oyda 24 mlrd so‘mlik mahsulotlar yetishmovchiligi, sifati buzilgani va talon-taroj qilingani aniqlandi.
Koronavirus tarqalgan davlatlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki boshqa davlatlar orqali O‘zbekistonga kirib kelayotganlarning barchasi, fuqaroligidan qat’i nazar, majburiy karantinga olinadi. Ammo ushbu tartibda ayrim istisnolar mavjud.
Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Qarshi tuman hokimi G‘ayrat Begaliyev tayinlandi. Uning o‘rnini Maqsuda Mustafoyeva egallashi mumkin.
Volkswagen «Jizzax» EIZda yengil tijoriy avtomobillar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Birinchi bo‘lib Volkswagen Caddy modeli savdosi shu yildan boshlanishi kerak.
Andijonda Asaka va Bo‘ston tuman hokimlari o‘zgardi. Yangi hokimlar — Inomjon Mamadaliyev va Sadbarxon Mamitova.
Xalq ta’limi vaziri va Toshkent hokimi Sirg‘ali tumanida yangi 329 va 330-maktablarni ochib berdi. Ular shu vaqtgacha uzoq maktablarda o‘qishga qatnashga majbur bo‘lgan 3360 nafar o‘quvchini o‘z bag‘riga oladi. Maktablar mutlaqo yangicha dizaynda barpo etilgan bo‘lib, laboratoriyalar, elektron kutubxonalar, sport zallari va maydonchalar bilan ta’minlangan.
O‘zbekiston harbiy prokuroriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.
Buxoro hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan O‘tkir Jumayev shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Senatda voyaga yetmaganlarni profilaktika hisobiga qo‘yish bo‘yicha vakolatni boshqa organlar, masalan Mahalla va oila vazirligi, XTV yoki Yoshlar ittifoqiga o‘tkazish taklif qilindi. IIV ushbu taklifni qo‘llab-quvvaladi.
Koronavirus bilan bog‘liq iqtisodiy xatarlar sababli AQSH 2008 yildan buyon ilk bor qayta moliyalash stavkasini favqulodda pasaytirdi.
MDH davlatlarida yashayotgan va konsullik ro‘yxatida turgan O‘zbekiston fuqarolari respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishlari mumkin.
1 martdan Yaponiya diplomatlari uchun 90 kun muddatga O‘zbekistonga vizasiz kirish tartibi belgilandi.
Talabalar o‘qish pulini to‘rtga bo‘lib to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ldi. “Byudjet” o‘rinlari ikki martaga ko‘payadi va o‘quv dasturlaridagi mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni qisqaradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting