Huquq-tartibot organlari Termiz shahrining sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiyev, uning ikki nafar o‘rinbosari va yana 4 nafar mansabdorni hibsga oldi. Ular «Yashil dunyo» savdo majmuasi qurilishi davomida 14,8 mlrd so‘mni o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev prezident Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Turkmanistonga jo‘nab ketdi. Tashrif davomida, jumladan, Ashxobodda «Toshkent» bog‘ini ochish va Chegaraoldi savdo markazini qurish bo‘yicha loyihani birgalikda boshlab berish rejalashtirilgan.
Saylanganiga 45 kun bo‘lgan Buyuk Britaniyaning bosh vaziri Liz Trass Konservatorlar partiyasi deputatlari noroziligi sabab iste’foga chiqishi haqida e’lon qildi.
Payshanba kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga tegishli Lacetti avtomashinasi yo‘lda mashinalarga halaqit berib, huquqbuzarlik sodir etgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqda tarqaldi. IIBB YHXB surishtiruv olib borib, mashina xaydovchisiga 3 mln so‘m jarima qo‘lladi.
«O‘zbekgidroenergo» AJ mikro va kichik GESlar qurishni taklif qilmoqda, tadbirkorlar o‘z ehtiyoji va sotish maqsadida elektr energiya ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
«Qo‘ng‘iroq huquqi» yoki uning nepotizm ko‘rinishidagi shakli inson kapitalining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, deydi PMTI mutaxassislari. Favoritizm va qarindosh-urug‘chilik esa samaraliroq xodimlarning martabasi oshmasligiga va oqibatda «aqlning» mamlakatdan chiqib ketishiga sabab bo‘ladi.
Jahon miqyosida dorilarga moslashuvchan sil bilan kasallangan bemorlarning davolash samaradorligi 85 foiz, O‘zbekistonda esa 91 foizga teng. SSVning ma’lum qilishicha, mamlakatda xavf guruhiga kiruvchi aholi orasida kasallanish 2 marotaba, xastalik tufayli o‘lim holatlari 6 marotabaga kamaydi.
USAID O‘zbekistonga ikkita portativ rentgen apparati sovg‘a qildi. Ular silga qarshi skrining xizmatlari bilan Toshkent viloyatining chekka hududlari aholisini qamrab olish imkonini beradi. Bunday qurilmalarni boshqa hududlarga ham yetkazish rejalashtirilgan.
Оktabr oyi boshida O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari bir oyda 583,8 mln dollarga kamayib, 33,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Yalpi xalqaro zaxiralar xajmi yil boshidan beri 1,64 mlrd dollarga yoki 4,7 foizga kamayishni qayd etdi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon Mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2023-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi imzolandi. Ikki mamlakat vazirlari harbiy, harbiy-texnikaviy, harbiy-ta'lim sohalaridagi hamkorlikni, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalarini muhokama qildi.
Sharof Rashidov tumanida yuk avtomobili va teplovoz ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, bir kishi jarohatlandi.
Davlat tili martabasi berilganidan so‘ng xursand bo‘lib xotirjamlikka berildik. Ko‘cha nomlarini o‘zbekchalashtirish bilan ko‘p narsaga erishib bo‘lmaydi. Ona tilimizni asl holiga keltirish uchun hali juda ko‘p mehnat qilish kerak. Tohir Malikning ushbu fikrlari oradan 32 yil o‘tsada, hanuz dolzarbligicha qolmoqda.
Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasida joylashgan do‘konlardan biri yonib ketdi. Voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan yoki halok bo‘lganlar yo‘q, deb xabar berdi FVV.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Qibray tumanida 90 gektar yerni $30 ming evaziga, Buxoroda esa 8 sotix yerni $7500 evaziga sotishda gumon qilingan shaxslar qo‘lga olindi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Markaziy bank 20 oktabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 148,99 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari 1 dollarni 11 200 — 11 215 so‘mda taklif qilmoqda.
Toshkentda Start cars lizing kompaniyasi direktori va menejeri qo‘lga olindi. Ular mijozlariga O‘zbekistonda hali ishlab chiqarilmagan Chevrolet Onix mashinasini 2023 yilning yanvarigacha yetkazib berishni va’da qilgan.
Endi axborot texnologiyalaridan foydalanib firibgarlik sodir etgan shaxslar BHMning 300−400 baravarigacha jarima to‘lash yoki 5−8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lganlar esa BHMning 20−30 baravarigacha jarima to‘laydi.
O‘zbekistonda to‘qqiz oyda jami 216 380 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Ushbu davrda eng ko‘p Cobalt (69 816 dona), Gentra (64 074 dona) hamda Damas (52 673 dona) yig‘ilgan.
Shavkat Mirziyoyev agrar soha, yer-suv resurslaridan samarali foydalanish va fermerlarning moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. «Buning zamirida xalqimiz farovonligi, narx-navo barqarorligi, qancha ish o‘rinlari yotibdi», — dedi prezident.
Xorijiy ta’lim — bu inson hayotidagi noyob tajriba va omadli karera qurish imkoniyati. “Gazeta.uz”ning yangi “Xorijiy diplom” loyihasi doirasida talabalardan universitet tanlash, grantlarni topish va xalqaro ta’lim tizimi haqida so‘raymiz. Ilk mehmon — Yaponiya universiteti bitiruvchisi Nargiza To‘raxonova.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting