Arxiv

Namibiya go‘sht uchun 700 dan ortiq yovvoyi hayvon, jumladan, fil va begemotlarni otishni rejalashtirmoqda
29 avgust 2024, 23:46

Namibiya go‘sht uchun 700 dan ortiq yovvoyi hayvon, jumladan, fil va begemotlarni otishni rejalashtirmoqda

Namibiya hukumati 700 dan ortiq yovvoyi hayvon, jumladan, fil, begemot va zebralarni o‘ldirish rejasini tasdiqladi. Ularning go‘shti mamlakatda yuz bergan so‘nggi 100 yildagi eng yomon qurg‘oqchilik fonida oziq-ovqat tanqisligiga duchor bo‘lgan jamoalarga tarqatiladi.

29-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
29 avgust 2024, 22:45

29-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Raqobat qo‘mitasining “O‘zbekneftgaz"ga nisbatan ochgan ishi, Qozog‘istonga O‘zbekiston orqali o‘tadigan tojik elektri, Parijda Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi, onkologiya markazini borib ko‘rgan prezident va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Prezident Toshkentning Temur Malik ko‘chasidagi yangi yo‘l o‘tkazgichni ochdi
29 avgust 2024, 22:32

Prezident Toshkentning Temur Malik ko‘chasidagi yangi yo‘l o‘tkazgichni ochdi

Toshkent shahrida rekonstruksiya qilinib, kengaytirilgan Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab yangi yo‘l o‘tkazgich foydalanishga topshirildi. Prezident ko‘chaga tashrif buyurib, “yangi yo‘l va inshootlar Mustaqillik bayramiga tuhfa” ekanini ta’kidladi.

Prezident Jamoat xavfsizligi universitetida bo‘ldi
29 avgust 2024, 22:08

Prezident Jamoat xavfsizligi universitetida bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Jamoat xavfsizligi universitetini borib ko‘rdi. Bu yerda bir nechta o‘quv muassasalarini birlashtirgan harbiy ta’lim tizimi yaratilgan. Prezident ofitserlar bilan suhbatlashib, o‘quv dasturini bugungi xavf-xatarlarga moslashtirib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Qozog‘iston benzin eksportiga taqiqni uzaytiradi va olma importini cheklaydi
29 avgust 2024, 21:30

Qozog‘iston benzin eksportiga taqiqni uzaytiradi va olma importini cheklaydi

Qozog‘iston avtotransportda benzin va dizel olib chiqishga 2022-yil iyul oyida joriy etilgan taqiqni yana uzaytiradi, shuningdek, mamlakat ichidagi yaxshi hosil tufayli olma importi cheklanadi. Yil boshidan buyon O‘zbekiston Qozog‘iston bozoriga 2,8 mln dollardan ortiq olma yetkazib berdi.

Shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev Abu-Dabidagi ochiq turnirda g‘olib chiqdi va $30 ming ishlab oldi
29 avgust 2024, 20:41

Shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev Abu-Dabidagi ochiq turnirda g‘olib chiqdi va $30 ming ishlab oldi

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev Abu-Dabidagi ochiq turnirda biror mag‘lubiyatsiz g‘olib chiqdi. U 30 ming dollar mukofot puli oldi. Shamsiddin Vohidov ham xuddi shuncha ochko jamg‘ardi, ammo uchinchi o‘rinni egalladi. Ladies guruhida Afruza Hamdamova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Qozog‘iston Tojikistondan elektr energiyasini O‘zbekiston orqali import qilishni rejalashtirmoqda
29 avgust 2024, 19:53

Qozog‘iston Tojikistondan elektr energiyasini O‘zbekiston orqali import qilishni rejalashtirmoqda

Qozog‘iston Tojikistonning Rog‘un GESidan elektr energiyasini O‘zbekiston orqali import qilmoqchi. O‘zbekiston ham avval shu stansiyadan elektr xarid qilishni ko‘rib chiqqandi. Tojikiston GES qurilishini yakunlashga tashqi moliyalashtirish olish uchun energiya yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzishi kerak.

“Onkologik bemorlar navbatda turib qiynalmasin”. Prezident yangi qurilgan Respublika onkologiya markazini borib ko‘rdi
29 avgust 2024, 19:26

“Onkologik bemorlar navbatda turib qiynalmasin”. Prezident yangi qurilgan Respublika onkologiya markazini borib ko‘rdi

Prezident Toshkent tibbiyot akademiyasi yonida qurilgan Respublika onkologiya markazining yangi majmuasini borib ko‘rdi. Loyiha Janubiy Koreya tajribasi asosida ishlab chiqilgan. Qurilish ishlariga 1,2 trillion so‘m ajratilgan.

Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov Sinkfild kubogida 3−4-o‘rinlarni egalladi
29 avgust 2024, 18:48

Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov Sinkfild kubogida 3−4-o‘rinlarni egalladi

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov AQShda o‘tkazilgan Sinkfild kubogi nufuzli turnirida 3−4-o‘rinlarni egallab, 40 ming dollar mukofot puliga ega bo‘ldi. Oxirgi turda u 27 ta harakatda Yan Nepomnyashiydan ustun keldi. Alireza Firuzja birinchi, Fabiano Karuana ikkinchi o‘rinni egalladi.

Prezident marhum akademik Behzod Yo‘ldoshevning xonadonida bo‘ldi
29 avgust 2024, 17:26

Prezident marhum akademik Behzod Yo‘ldoshevning xonadonida bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev kecha vafot etgan Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Behzod Yo‘ldoshevning xonadoniga bordi. Davlat rahbari marhumning ezgu ishlarini yodga oldi, uning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi.

Al-Ula: Asialuxe Travel yangi yo‘nalishni taqdim etdi
29 avgust 2024, 17:00

Al-Ula: Asialuxe Travel yangi yo‘nalishni taqdim etdi

Asialuxe Travel sayyohlik kompaniyasi turistlarga Saudiya Arabistonining noyob tabiiy va madaniy kashfiyotlar kutayotgan xazinasi Al-Ulaga tashrif buyurishni taklif qiladi.

Termiz xalqaro savdo markazi o‘z ishini boshladi
29 avgust 2024, 16:02

Termiz xalqaro savdo markazi o‘z ishini boshladi

Termiz xalqaro savdo markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, Afg‘oniston bosh vaziri v.b. Abdul G‘ani Barodar, Ozarbayjon bosh vazirining o‘rinbosari Shaxin Mustafayev qatnashdi.

Yaponiyaga “Shanshan” tayfuni yopirildi, millionlab aholi evakuatsiya qilinmoqda
29 avgust 2024, 15:36

Yaponiyaga “Shanshan” tayfuni yopirildi, millionlab aholi evakuatsiya qilinmoqda

Yaponiya janubi-g‘arbida “Shanshan” tayfuni kuzatildi, 200 mingdan ortiq xonadon elektr ta’minotisiz qoldi. Toyota va boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar zavodlarda ishni to‘xtatdi, yuzlab reyslar bekor qilindi. Hukumat mamlakat bo‘ylab 5,2 milliondan ortiq aholini evakuatsiya qilish topshirig‘ini berdi.

IT Park University mutaxassislari IT sohasi bo‘yicha maslahatlar berdi
29 avgust 2024, 15:00

IT Park University mutaxassislari IT sohasi bo‘yicha maslahatlar berdi

IT Park University tez o‘zgaruvchan IT dunyosida talabgir bo‘lish uchun qay tarzda ixtisoslikni tanlash va ko‘nikmalarni rivojlantirish haqida so‘zlab berdi.

Turkiyada 4 yil tutqunlikda saqlangan ayol qutqarildi
29 avgust 2024, 14:44

Turkiyada 4 yil tutqunlikda saqlangan ayol qutqarildi

Turkiyaning Ushoq shahrida 2020-yildan beri tutqunlikda ushlab turilgan qashqadaryolik ayol qutqarildi. Uni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha ishlar boshlangan. Ayolni tutqunlikda saqlagan turk fuqarosiga jinoyat ishi ochildi.

Yo‘l harakati bilan bog‘liq noto‘g‘ri chiqarilgan qaror yuzasidan YAIDXPga shikoyat yo‘llash mumkin bo‘ldi
29 avgust 2024, 14:16

Yo‘l harakati bilan bog‘liq noto‘g‘ri chiqarilgan qaror yuzasidan YAIDXPga shikoyat yo‘llash mumkin bo‘ldi

O‘zbekistonda endilikda yo‘l harakati qoidalari buzilishi bilan bog‘liq chiqarilgan qaror va xabarnomalar bo‘yicha my.gov.uz portali orqali shikoyat yo‘llash mumkin.

Raqobat qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz”ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi
29 avgust 2024, 13:00

Raqobat qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz”ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

Raqobat qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz”ning 4,8 mlrd so‘mga yaqin savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi buzilganiga oid alomatlarni aniqlandi. AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

Onix turar joy majmuasi tayyor kadastrga ega kottejlarni gibrid to‘lov dasturi asosida taklif etadi
29 avgust 2024, 13:00

Onix turar joy majmuasi tayyor kadastrga ega kottejlarni gibrid to‘lov dasturi asosida taklif etadi

Onix turar joy majmuasi foydali to‘lov dasturi bo‘yicha tayyor kadastrli kottejlarni sotib olish uchun moslashuvchan sharoitlarni taklif etadi.

Paralimpiada-2024. 1-kunda o‘zbekistonlik 6 sportchi ishtirokini boshlaydi
29 avgust 2024, 12:46

Paralimpiada-2024. 1-kunda o‘zbekistonlik 6 sportchi ishtirokini boshlaydi

Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarining birinchi kunida o‘zbekistonlik 5 sportchi para suzish bahslarida qatnashadi. Parataekvondochi Ziyodaxon Isoqova (-47 kg) ishtirokini chorak finaldan boshlaydi.

Korxonalar muammolarini hal qilish uchun ularga mas’ullar biriktiriladi
29 avgust 2024, 11:57

Korxonalar muammolarini hal qilish uchun ularga mas’ullar biriktiriladi

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov prezidentga viloyat va tumanlardagi sanoat bilan “korxonabay” ishlash boshlangani, ularga aylanma mablag‘, elektr va gaz ta’minoti, soliq masalalari bo‘yicha ko‘maklashilayotgani haqida hisobot berdi. Prezident korxonalarga mas’ullarni biriktirish bo‘yicha topshiriq berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting