Arxiv

Farg‘onada yil yakuniga qadar elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
26 sentabr 2022, 10:06

Farg‘onada yil yakuniga qadar elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Farg‘onada joriy yil yakunigacha elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Korxona yiliga 10 ming elektromobil ishlab chiqaradi va 40 foizini eksportga yo‘naltiradi. Qolaversa, qator ehtiyot qismlari mahalliylashtiriladi.

«Jar yoqalab maktabga ketayotgan bolalar». Hokimiyat muammoni yil oxirigacha hal qilishga va’da berdi
26 sentabr 2022, 10:01

«Jar yoqalab maktabga ketayotgan bolalar». Hokimiyat muammoni yil oxirigacha hal qilishga va’da berdi

Parkent tumanining Obisher ko‘chasida bolalar maktabga jar yoqalab qatnayotgani aks etgan tasvirlarga tuman hokimligi munosabat bildirib, hashar yo‘li bilan qurilgan yo‘lga bahordagi yog‘ingarchilik jiddiy zarar yetgazganini aytdi. Hokimiyat muammoni yil oxirigacha hal qilishga va’da berdi.

Andijondan Urganch va Xivaga poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
26 sentabr 2022, 09:34

Andijondan Urganch va Xivaga poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

28 sentabrdan «Andijon — Xiva — Andijon», 29 sentabrdan esa «Andijon — Urganch — Andijon» yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Avvalroq prezident vodiy viloyatlaridan boshqa viloyatlar markazlariga temir yo‘llar soni va sifati talab darajasida emasligini ta’kidlagandi.

Farg‘ona vodiysida uyali aloqa operatorlarining internet va aloqalarida muammolar kuzatildi
25 sentabr 2022, 21:36

Farg‘ona vodiysida uyali aloqa operatorlarining internet va aloqalarida muammolar kuzatildi

Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida ikkita uyali aloqa operatorining internet va aloqalarida muammolar yuzaga keldi. Mobiuz va Ucell kompaniyalari uzilishlarni magistralda sodir bo‘lgan avariya bilan izohladi.

FlyDubai aviakompaniyasi Namanganga birinchi reysni amalga oshirdi
25 sentabr 2022, 21:29

FlyDubai aviakompaniyasi Namanganga birinchi reysni amalga oshirdi

Flydubai aviakompaniyasi Namanganga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Dubaydan Namanganga muntazam qatnovlar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Prezident tibbiyot klasteri, yangi universitet va Olimpiya shaharchasi loyihalari bilan tanishdi
25 sentabr 2022, 21:25

Prezident tibbiyot klasteri, yangi universitet va Olimpiya shaharchasi loyihalari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi, Yangi O‘zbekiston universiteti va tibbiyot klasteri loyihalari bilan tanishdi. Hokim Jahongir Ortiqxo‘jayev universitet haqida gapirar ekan, u «nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda ham namunali ta’lim muassasasiga» aylanishini ta’kidladi.

O‘zbekiston madaniy meros obidalarini raqamlashtirishda Yaponiya bilan hamkorlik qiladi
25 sentabr 2022, 12:11

O‘zbekiston madaniy meros obidalarini raqamlashtirishda Yaponiya bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston madaniy meros obidalarini asrash va raqamlashtirishda Yaponiyaning JICA agentligi bilan hamkorlik qiladi. Qolaversa, yaponiyalik mutaxassislar bilan uzoq tog‘li va cho‘l hududlarda infratuzilma loyihalar amalga oshirilishi mumkin.

Vladimir Norov BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zladi
25 sentabr 2022, 11:12

Vladimir Norov BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov BMT minbarida nutq so‘zladi. Vazir nutqi davomida iqlim o‘zgarishi, ta’lim, yashil iqtisodiyot, konstitutsiyaviy tuzatishlar va Taraqqiyot strategiyasi borasida gapirdi. O‘zbekiston Afg‘onistonga xalqaro e’tiborning pasayishidan xavotirda ekanligini bildirdi.

«Hayot shiddat bilan rivojlanmoqda, biz esa tezlikni sekinlashtirmoqchimiz». Poytaxt deputatlari tezlikni pasaytirishga qarshi chiqdi
25 sentabr 2022, 07:37

«Hayot shiddat bilan rivojlanmoqda, biz esa tezlikni sekinlashtirmoqchimiz». Poytaxt deputatlari tezlikni pasaytirishga qarshi chiqdi

Poytaxtda qariyb 50 foiz avariya tezlikni oshirish tufayli sodir bo‘ladi. Ko‘plab davlatlarda shaharlarda tezlik chegarasi 50 km/soatni tashkil qiladi. Biroq toshkentlik deputatlar bu chora samaradorligiga shubha qilmoqda. Muhokamalarda: «70 — shusiz ham past tezlik» ekanligi, «hech narsa o‘zgarmasligi» aytildi.

Toshkent-Chirchiq-Hojikent yo‘nalishida tezyurar poyezd yo‘lga qo‘yildi
24 sentabr 2022, 20:00

Toshkent-Chirchiq-Hojikent yo‘nalishida tezyurar poyezd yo‘lga qo‘yildi

Toshkent-Chirchiq-Hojikent yo‘nalishida tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Chirchiq shahriga sayohat vaqti 45 minut. Poyezd dam olish kunlari ishlaydi. Keyinchalik qatnovlar har kuni bo‘lishi mumkin.

«Hammani yoppasiga «bombila»ga chiqarmaslik kerak». Toshkent aeroportidagi taksichilar nima deydi?
24 sentabr 2022, 16:21

«Hammani yoppasiga «bombila»ga chiqarmaslik kerak». Toshkent aeroportidagi taksichilar nima deydi?

«Toshkent» xalqaro aeroporti o‘z taksi xizmatiga ega bo‘lgach, ko‘plab haydovchilar, jumladan, noqonuniy taksichilar norozilik bildirishdi. Ish hatto mushtlashuvgacha yetib bordi. «Gazeta.uz» haydovchilar bilan suhbatlashib, ular nima xohlayotganlari va «bombila» so‘ziga nisbatan munosabatini o‘rgandi.

Olis va borish qiyin bo‘lgan qishloqlarda ko‘mir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratiladi
24 sentabr 2022, 14:51

Olis va borish qiyin bo‘lgan qishloqlarda ko‘mir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratiladi

Hukumat qarori bilan 2022−2023 yilning kuz-qish davrida respublika bo‘ylab 13 ta maktab, 74 ta shifoxona va poliklinika, 7 ta OTM, sport obyektlari mukammal ta’mirlanadi. Shuningdek, qaror bilan 400 dan ortiq olis qishloq (ovul)larda ko‘mir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Samarqand xalqaro aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi
24 sentabr 2022, 12:46

Samarqand xalqaro aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi

1-oktabrdan boshlab Samarqand xalqaro aeroporti “Ochiq osmon” rejimida ishlay boshlaydi. Bunda aeroportga xorijiy aviakompaniyalar havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimsiz ham aviaqatnovlarni amalga oshirishi mumkin.

Nima tayyorlaymiz: Shokoladli pishiriqlar
24 sentabr 2022, 10:47

Nima tayyorlaymiz: Shokoladli pishiriqlar

Shokolad asosli tort, shokolad va yalpizli tort, Brauni pechenesi, «Oreo» pecheneli brauni, Qovoqchali maffinlar, shokolad pasta solib pishirilgan kranch, gaz pechida pishirilgan ponchiklar — Zira.uz mazali va noodatiy shokoladli pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Metropoliten xodimi ishga kiritib qo‘yish uchun $1000 pora olganlikda gumonlanmoqda
24 sentabr 2022, 10:41

Metropoliten xodimi ishga kiritib qo‘yish uchun $1000 pora olganlikda gumonlanmoqda

22 sentabr kuni «Toshkent metropoliteni» tuzilmasi xodimi fuqaroni ishga kiritib qo‘yish uchun undan 1000 AQSh dollari pora olayotganda ushlangan. Xodim Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan o‘rnatilgan tartibda qamoqqa olindi.

DXX Namangan va Samarqandda psixotrop moddalar aylanmasiga chek qo‘ydi
24 sentabr 2022, 10:24

DXX Namangan va Samarqandda psixotrop moddalar aylanmasiga chek qo‘ydi

DXX ikkita holatda qiymati 34,4 mln so‘m bo‘lgan jami 1372 dona «Regapen» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi oldi. Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Namozov vafot etdi
24 sentabr 2022, 09:38

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Namozov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda Ravshan Namozov 61 yoshida uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etdi. U «Chipradalli», «Kovushim», «Yor-yor yoron-ey», «Biyo-biyo», «Xayol», «Mana shunaqa» kabi qo‘shiqlari bilan tanilgan.

Yuqori sinf o‘quvchilariga ishga joylashganda kerak bo‘ladigan ko‘nikmalar o‘rgatiladi
23 sentabr 2022, 23:40

Yuqori sinf o‘quvchilariga ishga joylashganda kerak bo‘ladigan ko‘nikmalar o‘rgatiladi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarida ishga joylashish va hayotda o‘z o‘rnini egallashda zarur bo‘ladigan ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan dastur ishga tushirildi. budjeti 10 mln dollarni tashkil etuvchi dasturda qizlar va nogironligi bo‘lgan yoshlarga alohida e’tibor qaratiladi.

Toshkent IIB o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishi uchun jarima solingani haqidagi xabarlarni rad etdi
23 sentabr 2022, 23:07

Toshkent IIB o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishi uchun jarima solingani haqidagi xabarlarni rad etdi

Internetda maktab o‘quvchilarining tashqi ko‘rinishi, jumladan soch va soqollari uchun ota-onalar jarimaga tortilayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Toshkent IIB bu xabarlar «haqiqatdan yiroq» ekanligini va o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishi uchun ota-onalar javobgar emasligini ma’lum qildi.

O‘zbekiston milliy karate federatsiyasiga yangi rahbar saylandi
23 sentabr 2022, 22:49

O‘zbekiston milliy karate federatsiyasiga yangi rahbar saylandi

Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyati mas’ul xodimi bo‘lib ishlab kelgan Rashid Talipov O‘zbekiston milliy karate federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting