«Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq to‘lashning umumiy shartlari to‘g‘risidagi nizomning 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida"gi qaror ro‘yxatdan o‘tkazildi.
«Vatanparvar» tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan Uchqo‘rg‘on tuman o‘quv sport texnika klubiga qarashli kartadromda karting bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi final musobaqasi o‘tkazildi.
Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiyaga qo‘shilish to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Qorako‘l tumanida uch dona ov quroli va kuchli yoritish asboblaridan foydalangan holda 2 bosh urg‘ochi jayronni ovlaganlar shaxslar qonun oldida javob beradigan bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev «Sharq taronalari» xalqaro festivalini yoritish uchun kelgan mahalliy va xorijiy blogerlar bilan suhbatlashdi.
Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilib, uni rekonstruksiya qilishga oid takliflar bilan tanishdi.
«Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida"gi hukumat qarori qabul qilindi.
Kuzatuv videokamerasi sinov tariqasida Toshkentdagi 24-yo‘nalishdagi avtobuslarga o‘rnatildi. Yil oxiriga qadar barcha yo‘nalishdagi avtobuslarga videokuzatuv vositalarini o‘rnatiladi.
Davlat xizmatlari sohasida sentyabr oyidan hujjatlarni nostrifikatsiya qilish, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish, quduqlarni burg‘ulashga ruxsatnoma olish bo‘yicha yengilliklar yaratiladi.
XTV va DTMning qo‘shma qarori bilan Prezident maktablarining imtihonlarida yuqori ball yig‘ib, o‘qishga qabul qilinmagan nomzodlarni imtihonsiz, qo‘shimcha kvota asosida qabul qiluvchi ta’lim muassasalari ro‘yxatini tasdiqlandi.
Shavkat Mirziyoyev «Sharq taronalari» o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi.
Yaqin kunlarda havo issiq bo‘ladi, biroq dam olish kunlari haroratning 34 darajagacha tushishi kutilmoqda.
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Bektemir tumani, Ohangaron shox ko‘chasida joylashgan AGTKSda «ZIL» rusumli yuk avtomashinasini motor va kabina qismlari yongan. Jabrlanganlar yo‘q.
Samarqandda YUNESKO shafeligidagi «Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolari va ularni hal qilish strategiyasi» nomli xalqaro konferensiya ishtirokchilariga prezident tabrik yo‘lladi.
Prezident qarori bilan mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini oshirish belgilandi.
Xalq deputatlari Andijon shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Bahromjon Haydarov vaqtinchalik hokim vazifasini bajaruvchi sifatida tanishtirildi.
«Kattaqo‘rg‘on» poligonida doimiy jangovar shaylikdagi harbiy qism shaxsiy tarkibi bilan katta masshtabdagi amaliy otish mashg‘uloti o‘tkazildi.
Qoraqalpog‘istonning Kegeyli tumani tarkibida yana bir tuman tashkil etiladi.
Andijon viloyat bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov Toshkent shahar bosh imom-xatibi lavozimiga tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting