NKMK oltin rudalarini qayta ishlash bo‘yicha yangi majmuani ishga tushirdi. Yangi texnologiyalar tayyor mahsulot olish darajasini 11 foizga oshiradi.
Singapurlik sarmoyadorlar O‘zbekistonda chiqindilarni plazma usulida utilizatsiya qilish loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Buyuk Britaniyaning yangi tayinlangan elchisi Timoti Torlot O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
Yakkabog‘ tuman hokimi o‘rinbosarini yoqib yuborgan tadbirkorning o‘g‘li ularga tegishli do‘kon mahalliy hokimlik mas’ullari tomonidan qaytadan tiklab berilganini inkor qildi.
Shavkat Mirziyoyev raisligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini qo‘riqlash va himoya qilish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Toshkentdagi «Malika» savdo markazida o‘tkazilgan reydda soqol qo‘ygan kishilar Shayxontohur tumani 4-sonli ichki ishlar bo‘limiga olib borilib, majburiy ravishda soqoli olingan. «Gazeta.uz» buni oshkor qilgan bloger bilan suxbatlashdi.
Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami munosabati bilan 65 nafar fuqaroni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi Qoraqalpog‘istoning Qorao‘zak tumanidagi ikki maktabga kompyuterlar, robototexnika to‘plamlari hamda turli boshqotirma o‘yinlarini taqdim etdi.
Qurolli Kuchlar akademiyasida yangi o‘quv va maishiy binolar foydalanishga topshirildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida «Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarkibida Bo‘zatov tumanini tuzish to‘g‘risida"gi qaror qabul qilindi.
Komil Rashidov bosh vazir maslahatchisi — Xorijda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish masalalari departamenti mudiri etib tayinlandi.
«Ipoteka-bank» va «Xalq banki»ga undirilishi taqiqlangan to‘lovlar mavjud bo‘lgani, «Davr-bank"ka xizmat ko‘rsatishda qonunga rioya qilmagani uchun jarima sanksiyalari qo‘llanildi.
Majburiy mehnat uchun ma’muriy jarima miqdori 10 barobarga oshiriladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bu haqdagi tuzatishlarni kiritish ma’qullandi.
«Katta yettilik» Liviyadagi inqirozni siyosiy yo‘l bilan hal etishni qo‘llab-quvvatladi va Gonkong hukumatini ko‘cha namoyishchilariga qarshi kuch ishlatishdan qochishga chaqirdi.
Xorazmda yashovchi shaxs spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda chaqirilgan yengiltak ayol bilan kelisholmagani oqibatida uni bo‘g‘ib o‘ldirdi.
Prezident qarori bilan yer uchastkasini tanlash materiallari yuzasidan belgilangan tashkilotlarning xulosasini olish talabi bekor qilinadi.
Yangi o‘quv yili uchun darslik to‘plamlarining ijara to‘lovi miqdorlari belgilandi. 3-sinflar uchun ijara to‘lovi miqdori o‘tgan o‘quv yilidagiga nisbatan 12600 so‘mga, 8- va 9-sinflar uchun esa 31,8−29,1 ming so‘mga o‘sgan.
«Issiqlik ta’minoti to‘g‘risida"gi qonun loyihasida markaziy isitish tariflarini binoning umumiy maydonini hisobga olgan holda belgilash va faqat isitish mavsumi uchun to‘lov joriy etish taklif qilinmoqda.
Surxondaryo hokimi Sherobod tuman hokimining Surxon qo‘riqxonasida mehmonxona qurilishi uchun yer ajratishga ruxsat berish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi.
Toshkentda 9-sentyabrdan 11-oktyabrgacha muddatda issiq suv kuzgi reja asosida o‘chiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting