3−5 sentabr kunlari bir guruh shaxslar InfinBank`dan o‘zlarining jinoiy sheriklarining nomiga ochilgan Visa plastik kartalariga pul o‘tkazib, o‘zlashtirgan. «Mablag‘larning bir qismi undirildi va qolgan qismini undirish harakatlari amalga oshirilmoqda», — deya ma’lum qildi bank matbuot xizmati.
Mehnat vazirligi Isroilda vaqtinchalik ishlash imkoniyatini ko‘zda tutuvchi qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Bitim imzolangan taqdirda, O‘zbekiston fuqarolari Isroilda dastlab qariya va nogironlarni parvarishlash, ikkinchi bosqichda esa qurilish va boshqa sohalarga jalb etiladi.
XTV 53,57 mln nusxa maktab darsliklari, mashqlar daftarlari va o‘quv qo‘llanmalari (2021 yilda 28,49 mln) chop etish bo‘yicha tenderlar o‘tkazdi. 22 ta bosmaxona (12 ta) bilan tuzilgan bitimlar hajmi 964 mlrd so‘m. O‘tgan yilgidek umumiy tirajning chorak qismini Kolorpak chop etadi — «Gazeta.uz» tahlili.
Sabzavotlar bilan pishirilgan, qovoqli tovuq sonlari, qaymoqli qaylaga ega, asal va soya bilan marinadlangan, pesto qaylasi ostida pishirilgan tovuq filesi, tovuqli shaurma — Zira.uz tovuq go‘shtidan tayyorlanadigan taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Rossiyaning Nyagan shahrida ish beruvchi 19 nafar O‘zbekiston fuqarosining pasportini olib qo‘yib, o‘rmon xo‘jaligida majburan ishlatgan. Migratsiya agentligi vaziyatni o‘rganib, ularning hujjatlarini qaytarib oldi va huquqlarini tikladi.
Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Armanistonni harbiy provokatsiyada aybladi. Shuningdek, u BMT Xavfsizlik kengashining ayrim rezolyutsiyalari samarasizligi haqida ham gapirdi. Armaniston Ozarbayjon hududini faqat SSSR chegaralaridagina tan olishga tayyorligini bildirdi.
Qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojaro davom etdi. Qirg‘iziston 136 mingdan ortiq fuqarosini evakuatsiya qildi, 87 kishi jabrlangan. O‘zbekistonliklar qirg‘izlarga non tarqatayotgani aytilmoqda. Tojikiston esa qirg‘iz tomoni jangovar vertolyotlar va uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida hujum qilayotganini bildirgan.
Birgalikda SHHTni yangi marralarga olib chiqish mumkinligini aytgan Shavkat Mirziyoyev, Termizda Afg‘oniston uchun gumanitar fond tashkil etish taklifi, Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlarining chegaradagi vaziyat yuzasidan Samarqanddagi yuzma-yuz muzokarasi va boshqalar — «Gazeta.uz»da kun dayjesti.
O‘zbekiston prezidenti SHHT sammitida so‘zlagan nutqida Samarqand birdamlik tashabbusini e’lon qildi. “Undan maqsad — umumiy kelajagimizga befarq bo‘lmagan, ixtiloflarga qaramay kelishilgan yondashuvlar va qarorlarni izlashga tayyor bo‘lgan barchani global muloqotga jalb qilishdir” — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yangi maktab darsliklari mualliflariga qaratilgan hujumlar qanchalik asosli? «Gazeta.uz» mualliflardan o‘zgarishlarni sodda tilda tushuntirib berishni so‘radi. Ularning ta’kidlashicha, yangi darsliklar muloqot qilish, tanqidiy fikrlash, izlanish va muammolarni hal etishni ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Emomali Rahmon va Sadir Japarov qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyat yuzasidan yuzma-yuz muzokara o‘tkazdi. Ikki davlat rahbarlari tegishli tuzilmalarga o‘t ochishni to‘xtatish, qo‘shin va vositalarni to‘qnashuv chizig‘idan olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishga kelishib oldi.
O‘zbekiston prezidenti SHHT sammitida yangi iqtisodiy muloqotini boshlashni, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning umumiy tamoyillari va yondashuvlarini ishlab chiqish, shuningdek birinchi transport forumini o‘tkazishni taklif qildi.
Noaniqliklar sharoitida inson taraqqiyoti bo‘yicha yutuqlarga erishish qiyin vazifaga aylanishi mumkin. Tengsizliklarni bartaraf etish va odamlarning erkinliklarini kengaytirish orqali kelajakda ular farovon yashaydigan kelajakni qurish mumkin. BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska intervyusi.
Adliya vazirligida axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining ta’sischilariga tavsiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishi borasida gapirdi. Xususan, Afg‘onistonni gumanitar qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus fondni Termizda — u yerdagi transport-logistika xabidan foydalangan holda, birgalikda ta’sis etishni taklif qildi.
«Ipak yo‘li durdonasi» kinofestivalining ochilishida o‘zbek va jahon kinosining 800 ga yaqin yulduzlari ishtirok etdi. Ular orasida Lyuk Besson, Sergey Bezrukov va Burak Ozchivit bor.
Qirg‘iz-tojik chegarasida vaziyat yana keskinlashib, chegara bo‘ylab qurolli to‘qnashuvlar bo‘lgani, bunda og‘ir harbiy qurollardan foydalanilgani aytildi. Tomonlar hodisada bir-birini aybladi. Keyinroq 2 davlat milliy xavfsizlik qo‘mitalari rahbarlari o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olgani ma’lum qilindi.
Havo kemasidagi nosozlik tufayli Frankfurt — Toshkent reysi bekor qilinib, yo‘lovchilar Frankfurtdagi mehmonxonaga joylashtirilgandi. Ularni qaytarib olib kelish uchun 16 sentabr kuni qo‘shimcha qatnov joriy etildi.
Markaziy bank 16 sentabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 24,94 so‘mga yuqorilab 10 950,08 so‘m etib belgiladi. Shundan so‘ng tijorat banklari dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
Samarqandda ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari tor doirada muhokamalar o‘tkazdi. Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida imzolash uchun 40 dan ortiq hujjat tayyorlanganini qayd etdi. “Biz birgalikda mintaqaviy va global xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida tashkilotni yangi marralarga olib chiqishga qodirmiz”, — dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting