Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Ozarbayjon ishbilarmonlari bilan uchrashuvda qo‘shma investitsiya fondi miqdorini, aviaqatnovlar sonini oshirish, Boku va Toshkentda “Boqiy shahar” majmualarini qurish taklifini bildirdi. “Bokuda o‘zbek tuprog‘i, Toshkentda Ozarbayjon tuprog‘i bo‘ladi”, — dedi u.
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumaniga Sherali Qosimov hokim etib tayinlandi. U mazkur lavozimga qadar Pop tumani hokimi o‘rinbosari sifatida ishlagan.
O‘zbekiston va AQSh 2021-yilning avgustida Afg‘onistondan olib o‘tilgan harbiy samolyotlar va vertolyotlar taqdiri bo‘yicha kelishuvga erishdi. Amerika elchisi Jonatan Henik ular O‘zbekistonga o‘tkazilishini bildirdi.
Gideon Lustig Isroilning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘ldi. U bungacha Isroil Tashqi ishlar vazirligida faoliyat yuritgan.
Ozarbayjonning Agalarov Development kompaniyasi Toshkent shahrining Mirobod tumanida turar joy majmuasi va mehmonxona qurilishi boshlanganini ma’lum qildi. Loyiha qiymati 133 mln dollarga baholanmoqda.
Qozog‘istonning Kaspi fintex kompaniyasi O‘zbekistonda Humo to‘lov tizimini xususiylashtirishda ishtirok etishni va “ushbu mamlakatda texnologiyalarni rivojlantirishga katta sarmoya kiritishni” rejalashtirmoqda.
Orif Raxmonkulov Sirdaryoning Mirzaobod tumaniga hokim etib tayinlandi. Tumanni bir yil ham boshqarmagan sobiq hokimni iyul oyida prezident ishdan olgandi.
Qonunchilik palatasi kiberjinoyatlarga qarshi kurashish uchun raqamli dalillar to‘g‘risidagi qonunni ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Birinchi o‘qishda deputatlar e’tiroziga sabab bo‘lgan norma chiqarib tashlandi. Hujjat avval 2 marta rad etilgandi.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan Toshkentdan Nukus, Buxoro, Termiz, Urganch, Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Yunusabad Residence turar joy majmuasidagi kottejlarning yangi egalariga BYD Chazor avtomobili sovg‘a qilinadi.
O‘zbekistonda yoshlarning kamol topishi uchun imkoniyatlar mavjud, ammo ular notekis taqsimlangan. Hozir bularni amalga oshirishning ayni payti, deb yozadi BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii o‘z kolonkasida.
2024-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent metropolitenida 131,9 mln yo‘lovchi tashildi. Kunlik tashish ko‘rsatkichi o‘rtacha 724,5 ming nafarni tashkil etmoqda.
Zangiota tumanida harakatlanib ketayotgan Damas to‘liq yonib ketdi. Haydovchi avtomobildan tushib qolgan. Hech kim jarohat olmagan.
Navoiy viloyatining Uchquduq tumaniga Uchqun Yelmuratov hokim etib tayinlandi. U bunga qadar “Agrobank” viloyat filiali boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.
Toshkent metrosining vagonlaridan birida kichik oyna sindi. Metropoliten tirqish yo‘lovchilar tomonidan ehtiyotsiz harakat sabab singanini ma’lum qildi.
Dang‘ara tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan profilaktika inspektori fuqaroning pichoq bilan hujum qilishi oqibatida vafot etdi.
Fido-Biznes IT-kompaniyasi Islamic Business and Finance bilan hamkorlikda O‘zbekistonda islom moliyalasini rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzoladi.
Andijon shahrining sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev 17-avgust kuni Obodonlashtirish boshqarmasiga rahbar bo‘lgandi. Bir hafta o‘tgach, u “sog‘lig‘i sababli” ushbu lavozimdan ketdi.
Qanot Sharq aviakompaniyasining Istanbuldan Samarqandga uchayotgan A320 samolyoti Turkiya shimolidagi Merzifon aeroportida to‘xtashni amalga oshirdi. Bunga salondagi bosimning pasayishi sabab bo‘ldi. Samolyot xavfsiz qo‘ndi.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan taqdirlanganlar, Samarqandda boshlangan “Sharq taronalari”, Nukus xalqaro aeroportiga qarshi qo‘zg‘atilgan ish, 10-sentabrdan boshlanadigan Umra mavsumi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting