UzAuto Motors 21-iyun kuni soat 10:00 da 25 ming dona Cobalt uchun kontraktatsiyani ochadi. Kompaniya shartnomalar bo‘yicha to‘lov 7 kalendar kunida amalga oshirilishi lozimligini eslatib o‘tdi.
O‘zbekistonning 8 ta viloyatidagi tog‘li joylarda 20−24-iyun kunlari sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi sakkizta mahalla payshanba kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha elektr ta’minotisiz qoladi.
Pedagoglar malakasi va maoshini oshirish bo‘yicha takliflar, Rossiyaga kirishda qiyinchilikka uchrayotgan o‘zbekistonliklar, Haj vaqtida vafot etgan ziyoratchilar, O‘zbekiston orqali afg‘onlarni deportatsiya qilmoqchi bo‘layotgan Germaniya va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Nemolchi.uz loyihasiga murojaat qilgan ayol qo‘shnisi besh yoshli qiziga nisbatan uyatsiz harakatlar qilgani, ammo profilaktika inspektori uning arizasini qabul qilmaganini aytdi. BP erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va xodimning xatti-harakatlari ustidan ichki tekshiruv o‘tkazilishini ma’lum qildi.
O‘zbekistonning tez rivojlanayotgan 38 ta tumanida yetarli miqdorda uy-joy, ijtimoiy muassasalar, istirohat bog‘lari qurish zarur. Prezident 14 ta tuman va shahar bosh rejalari taqdimotida buni alohida ta’kidladi. Davlat rahbari qulay infratuzilma yaratishni jadallashtirish zarurligini ta’kidladi.
Prezidentga O‘zbekiston zargarlik sanoatini rivojlantirish, jumladan, hunarmandlar uchun imtiyozlarni YATTlarga ham qo‘llash, asbob-uskunalar uchun bojxona bojini nol qiymatda belgilash, shuningdek, zargarlik buyumlarini AQShga GSP tizimi asosida eksport qilish bo‘yicha takliflar taqdim etildi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi RFga kirishda yoki Moskvaning “Sheremetevo” aeroporti orqali tranzit o‘tishda ko‘pga cho‘zilayotgan tekshiruvlar tufayli fuqarolardan qiyinchiliklar yuzaga kelayotganiga doir murojaatlar ko‘payganini bildirdi. Elchixona vaziyatga oydinlik kiritish uchun RF TIVga murojaat yubordi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 7-iyundagi sudda Sardor Kariyev advokatlari Marion Biotech “bozorni yo‘qotmaslik uchun” tarkibida zaharli moddalar bo‘lgan arzon propilenglikoldan foydalangani haqidagi o‘rganishlarini taqdim etdi. Bolalar o‘limiga aynan zaharli propilenglikol sabab bo‘lgandi. “Gazeta.uz” reportaji.
Qirg‘izistonda soat 17:09 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi Namangan viloyati tumanlarida ham sezildi (2−3 ball). Shu vaqtda Toshkent shahri aholisi ham yer silkinishini sezgani haqida xabarlar berdi.
Chust tumanida sel vaqtida 16 va 14 yoshli qizlarni uy devori bosib qoldi. Ularning kichigi voqea joyida halok bo‘ldi, kattasi esa og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.
Saudiya Arabistonidagi Haj vaqtida jazirama tufayli kamida 550 nafar ziyoratchi halok bo‘ldi. 17-iyun kuni Makka shahrida havo harorati +52 darajagacha ko‘tarildi.
Qoraqalpog‘istonda profilaktika inspektori o‘ziga biriktirilgan mahallada istiqomat qiluvchi keksa yoshdagi fuqaroni majburan shifoxonaga joylashtirib, uning uyi va pulini o‘zlashtirib olgani aniqlandi.
Beruniy tumanida o‘nga yaqin bog‘cha bolasini olib ketayotgan Nexia YTHga uchradi. Ikki bola (6 va 3 yosh) tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgani va ularning sog‘lig‘i joyida ekani bildirildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan strategik sherikchilik to‘g‘risidagi shartnoma imzoladi. Hujjat ishtirokchilardan biriga tajovuz qilinganda o‘zaro yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Prezident ta’lim sifati va pedagoglar malakasini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda 2025-yil sentabrdan oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirish taklifi bildirildi.
Germaniya hukumati O‘zbekiston bilan Germaniyadan afg‘on qochqinlarini deportatsiya qilish imkonini beruvchi kelishuvni tuzish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb yozmoqda Bloomberg. Bunday kelishuv Berlinga “Tolibon” bilan bevosita kelishuvlardan tiyilish imkonini beradi.
Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev yangi o‘yinchilarning kirib kelishidagi to‘siqlarni olib tashlash orqali ichki bozorlarni ochishga chaqirdi. Uning aytishicha, samarasiz davlat korxonalarining ulushlari xususiy kompaniyalar qo‘liga o‘tganda, monopoliyaning yanada yomonroq versiyasi yuzaga kelishi mumkin.
“O‘zenergosotish” kompaniyasiga Jahongir Obidjonov rais, Shohruh Karabayev esa uning birinchi o‘rinbosari v.b. etib tayinlandi. Tashkilot o‘z ishini 1-iyuldan boshlaydi va elektr energiyasini markazlashgan tartibda xarid qilish hamda sotish funksiyasini bajaradi.
O‘zbekistonda ish haftasi oxirigacha issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi harorat 34−39 daraja, ba’zi hududlarda +41 darajagacha issiq bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, shuningdek, chang-to‘zonli shamollar esishi etimoli bor.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting