Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan 2,76 mln dollarlik bitimni imzoladi. Unga ko‘ra, kelgusi yilda yana 18 nafar davlat xizmatchisi Yaponiyada magistratura va doktoranturada o‘qishga yuboriladi. Hozirda 35 kishi tahsil olmoqda.
3 iyulga kelib o‘zbekcha Wikipedia`ga 150 mingdan ortiq o‘zbek tilida maqolalar joylandi va u reytingda 58 o‘rinda ketmoqda. WikiStipendiya loyihasi boshlangandan keyin 4247 ta maqola qo‘shilgan. Ushbu maqolalarning deyarli barchasi bot yordamida emas, balki foydalanuvchilar tomonidan yaratilgani aytilmoqda.
2023 yildan boshlab o‘zbek sportchilarini 2026 yilda Milan va Kortine-d'Ampetssoda (Italiya) o‘tkaziladigan Qishki Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash uchun 15 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi. Qishki sport turlari bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabini tashkil etish rejalashtirilgan.
Iyun oyida O‘zbekiston rossiyaliklarning xizmat safari bilan eng ko‘p boradigan uchta hududdan biriga aylandi. Rossiya ishbilarmonlarining mamlakatdagi biznes safarlari asosan uch kungacha davom etgan.
Nukusdagi namoyishlar tinchiganidan bir kun o‘tib, aholi shifoxonalar, morg va IIBdan o‘z yaqinlarini qidirishda davom etayotgan edilar. «Gazeta.uz» muxbiri Shuhrat Latipov sudmedekspertiza markaziga (morg) kelganlar va izolyator oldida turgan hibsga olinganlarning turmush o‘rtoqlari bilan suhbatlashdi.
Qoraqalpog‘istonda tartibsizlik sabab vafot etgan 18 kishi, Konstitutsiyaning muhokama muddati uzaygani, havo haroratining pastlashi, Qoraqalpog‘iston maqomi o‘zgarmasligi, 2 mln doza Pfizer vaksinasi, Nukusdagi voqealar xronologiyasi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 4 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqotda mamlakat rahbariyatining Qoraqalpog‘istonda barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Yevropa Ittifoqi «Qoraqalpog‘istondagi zo‘ravonlik voqealarini ochiq va mustaqil tergov qilishga» chaqirdi. YeI konstitutsiyaviy o‘zgarishlar bo‘yicha noroziliklarga nisbatan prezident Mirziyoyev tezkor reaksiya bildirganini e’tirof etdi va vaziyat keskinlashuvining oldini olish uchun tomonlarni vazmin bo‘lishga chaqirdi.
Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel prezident Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida Nukusdagi namoyishlarda qurbon bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi. Qolaversa, u vaziyatni ba’zi buzg‘unchi kuchlar tomonidan izdan chiqarilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi ijtimoiy tarmoqlarda «Qurbon Hayiti namozi o‘qilmaydigan bo‘ldi» mazmunidagi xabarlar «asossiz va haqiqatga mos kelmasligini» ma’lum qildi. Hozir mamlakatda ommaviy tadbirlar cheklanmagan, namoz o‘qish bo‘yicha biror o‘zgarish bo‘lsa, oldindan xabar berilishi qayd etildi.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 13,41 so‘mga arzonlab, 10 836,69 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.
1−2 iyulda Qoraqalpog‘istonda fuqarolar norozilik namoyishlarini o‘tkazdi. Rasmiy va norasmiy xorijiy OAVlar buni turlicha talqin qilib, hattoki feyk xabarlar tarqatgani kuzatildi. Bu vaqtda esa O‘zbekiston markaziy telekanallari Nukus voqealarini qay tarzda yorita ol[ma]gani — «Gazeta.uz» materialida.
Kamola Sobirova AKT vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. U vazirlikda yoshlar va ayollarni IT sohasiga jalb qilish hamda O‘zbekistonni mintaqaviy IT-markaziga aylantirish yuzasidan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.
YUNISEF tomonidan Maktabgacha ta’lim vazirligiga topshirilgan bog‘cha tibbiyot xodimlari uchun yo‘riqnomalarda gigiyena, bolalarning to‘g‘ri ovqatlanishi va profilaktika choralari, jumladan, emlash bo‘yicha ma’lumotlar mavjud.
Dushanba kuni COVAX dasturi doirasida O‘zbekistonga qariyb 2 mln doza Pfizer vaksinasi keltirildi.
Prezident qarori bilan Olimpiya va Paralimpiya sovrindorlari tashkil etgan nodavlat sport-ta'lim muassasalariga 2024-yilgacha, barcha nodavlat sport-ta'lim muassasalariga esa 2024-yildan boshlab ikki yil davomida bino va inshootlar ijara to‘lovlari va soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berildi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qoraqalpog‘istondagi voqealar O‘zbekistonning ichki ishi ekani, Kreml mamlakat rahbariyati faollik bilan muammolarni hal etishiga shubha qilmayotganini bildirdi.
Toyloq tumanida yashagan 30 yoshli ayol o‘zini mehmonhonadagi kiyim ilgichga ro‘mol bilan osib, joniga qasd qilgani aytilmoqda. Bosh prokuratura sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvi o‘tkazilgani va xizmat tekshiruvi tayinlanganini ma’lum qildi. Avval ham Samarqandda ayol kishi o‘z joniga qasd qilgandi.
“Novastroy” kompaniyasi Qurbon hayiti munosabati bilan “Parkwood” turar-joy majmuasida chegirmalarning so‘nggi haftasini e’lon qildi.
Bosh prokuratura Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar xronologiyasini ma’lum qildi. Taxminan 300 kishi Nukusga kirishdagi postda 50 nafar gvardiyachidan ratsiya, dubinka, shitlarni tortib olgani va Nukus xalqaro aeroporti, mahbuslar Reabilitatsiya markazi, shahar IIB binolariga hujum uyushtirgani aytilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting