O‘zbekistonda 2024-yilda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 25−30 foiz qismi “yashil” stansiyalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 3 yilda IESlar ishlab chiqargan elektr energiyasi ulushi 90 foizdan 70 foizgacha tushdi.
Urganch aeroportini modernizatsiya qilish — yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi, yangi terminal va boshqa obyektlarni qurish hamda “Qurish, foydalanish, topshirish” ((Build-Operate-Transfer — BOT) modeli bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Ukraina prezidenti Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlari birinchi partiyasini olganini tasdiqladi. Kiyevga ularni olish uchun ikki yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi. 2024-yil oxirigacha mamlakatga 20 ta shunday samolyot kelishi kutilmoqda.
Payariq tumani tez tibbiy yordam binosining yonida Isuzu yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hodisa joyidagi Cobalt yong‘in ta’sirida zararlangan bo‘lishi mumkin.
Qozog‘istonda o‘tayotgan “Zakovat” xalqaro intellektual o‘yinlari munosabati bilan Ostonaga borgan O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyevani Qosim-Jomart Toqayev qabul qildi. Qozog‘iston rahbari ikki davlat prezident adminstratsiyalari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladi.
“Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazoni umumiy koloniyada o‘tash belgilandi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Olimpiada uchun tarkibni shakllantirishda qiyinchiliklar bo‘lgani va musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt yetarli bo‘lmaganini ta’kidladi. U hech bir futbolchiga e’tirozi yo‘qligini aytib, ta’tilga chiqish rejasini e’lon qildi.
Shavkat Mirziyoyev 10 kun davom etgan mehnat ta’tilidan qaytdi. Joriy haftada davlat rahbari Qozog‘istonda bo‘lishi va “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi sammitda ishtirok etishi rejalashtirilgan. Hafta yakunida Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.
Renovatsiya to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamadan o‘tkazildi. Biroq qonun mulkdorlarning huquqlarini yetarlicha himoya qilmasligi va boshqa sabablar tufayli jamoatchilik noroziligiga uchradi. Poytaxt hokimi qonun qabul qilinmasidan avval joylarda renovatsiya loyihalari amalga oshirish haqida qaror imzoladi.
Xonobod shahrida 29−31-iyul kunlari “Dunyo sadolari” II xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi, unga jami 6 mlrd so‘m mablag‘ sarflandi. Andijon viloyati hokimining jurnalistlarga “Qo‘llaringdan balo ham kelmaydi” deb murojaat qilgani aytildi. Biroq hokimlik buni rad etdi. Batafsil.
Dushanba kuni tongda Andijon tumanida haydovchisi uxlab qolgan yuk mashina temiryo‘l ko‘prigiga borib urildi. Oqibatda ko‘prik va mashinaga zarar yetdi.
O‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullojonov yarim finalda tojikistonlik raqibini mag‘lub etib, Olimpiya o‘yinlari finaliga chiqdi.
Yakkasaroy tumanidagi uylarning birida 12 nafar xorijlik va 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi onlayn qimor o‘yinlarini o‘tkazib kelishda gumonlanib qo‘lga olindi. IIBBga ko‘ra, xonadonda uch oy davomida 900 ming dollar aylantirilgan.
Parij-2024 Olimpiadasining yarim final uchrashuvida o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov Kabo-Verdelik raqibini mag‘lub etdi. O‘zbekiston vakili Olimpiya o‘yinlarining final bosqichiga chiqdi.
Kadastr palatasining Pastdarg‘om tumani filiali xodimi 1,5 ming dollar pora olayotganida qo‘lga tushgani aytilmoqda. U fuqaroga yer va uy-joyni hujjatlashtirib, egalik huquqini olib berishini aytgan.
Iqtisodchi Behzod Hoshimov “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida nima uchun Singapur “mo‘’jizasi” sabablari xato talqin qilinishi haqida gapirdi. Li Kuan Yu va uning partiyasi ko‘p islohotlar qilgan, ammo kitobini o‘qisangiz, o‘sha iqtisodiy rivojlanish bosh vazirning stolida yaratilgandek tuyilishi mumkin, deydi u.
Do‘stlik tumanida oilaviy bog‘chaning qarovsiz qolgan 3 yoshli tabriyalanuvchisi ariqqa tushib ketib, vafot etgandi. Sud bu ishda bog‘cha direktoriga 4 yil 1 oy, tarbiyachiga 4 yil va tuman SES boshlig‘iga 1 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.
O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov professional ringdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi. Ikkita chempionlik kamari uchun kurashda u ikki karra mutlaq jahon chempioni Terens Kroufordga yutqazdi.
Andijonda erkak turmush o‘rtog‘i va qaynonasini temir jism bilan urib o‘ldirdi. Voqeaga o‘zaro janjal sabab bo‘lgani aytilmoqda. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi.
Avtomobil oldi-sotdisi sohasida firibgarlikda ayblanib, 10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 45 yoshli erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIVga murojaat qilishlari so‘raldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting