Tashqi internet hajmi sekundiga 140,034 Gbitga yetdi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bu ko‘rsatkichni 8−10 barobarga oshirmoqchi.
Toshkentda Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Maxtumquli ko‘chasiga o‘tish yo‘lini ochish rejalashtirilmoqda.
1 oktyabrdan sanoat korxonalari va avtomobil yuvish shoxobchalari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq miqdori oshiriladi.
O‘zbekistonda fuqarolik-huquqiy nizolarni sudga qadar hal etishning muqobil usullaridan biri — mediatsiya institutini joriy etish ko‘zda tutilgan qonun qabul qilindi.
Kamida bir yil namunali faoliyat olib borgan «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi rahbari Ichki ishlar akademiyasi va ichki ishlar organlariga ustunlik asosida qabul qilinadi.
Musulmonlari idorasi huzurida tabarruk maskanlarga ziyoratlar uyushtiruvchi «Muslim-tour» sayyohlik firmasi ochildi.
O‘zbekistonda choy yetishtirishni rivojlantirish markazi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi choy urug‘lari va ko‘chatlarini tayyorlashga ko‘maklashishdan iborat.
O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari avgustda Malayziyaga boradi. Malayziya vakillari esa oktyabrda Toshkent sayyohlik yarmarkasida ishtirok etadi.
MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rahbari Tomas Bax bilan uchrashdi.
Qahramon Shokirov O‘zbekistonning Singapurdagi elchisi etib tayinlandi.
Angliya penaltilar seriyasida Kolumbiyani mag‘lub etib, jahon chempionati chorak finaliga chiqdi. Bu inglizlarning 1996 yildan buyon penaltilar seriyasidagi ilk g‘alabasi.
Prezident tasdiqlagan oila institutini mustahkamlash konsepsiyasida oilaviy mojarolarni hal etish mexanizmlarini ishlab chiqish, ajrashayotgan ayollar va bolalar huquqlarini himoyalash kabi nozik masalalar ham o‘rin olgan.
Forsberg tomonidan kiritilgan gol Shvetsiyaga Shveysariya ustidan g‘alaba keltirdi va chorak final yo‘llanmasini taqdim etdi.
MB o‘rganishlari iyunda mahsulot va xizmatlar narxining 2,7 foizga pasayganini ko‘rsatdi. Bunda meva va sabzavotlar hisobga olinmasa, narxlar 0,8 foizga o‘sgan.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi vakillari Belarusdagi xalqaro musobaqada ikkinchi o‘rinni egalladi.
Toshkent hokimi v. b. bekatlardagi do‘konlarni yopishni taklif qildi. Qaror masala o‘rganilib, aholi bilan muhokama qilinganidan so‘ng qabul qilinadi.
Prezident «Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi.
Prezident O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida ekstraditsiya bo‘yicha bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholiga kvartira shaxsiy hisob raqami o‘rnini egallab, byurokratiyani kamaytirishga qaratilgan “uy kitoblari"ni yuritish taklif qilindi.
Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondagi O‘zbekiston elchixonalarida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting