Beshta kinopremyera, ochiq osmon ostidagi kinonamoyishlar, ijodiy mahorat darslari, dunyoga mashhur futbol yulduzlari bilan uchrashuv, ko‘rgazmalar, spektakllar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Yanvar-may oylarida O‘zbekistondan Xitoyga qilingan gaz eksportiga oid ma’lumotlar kamida 94 mln dollarga (2,6 marta) farq qilmoqda. “Gazeta.uz” bu bo‘yicha ikkala davlatning 2020−2024-yillarda bergan ma’lumotlarini solishtirdi va tafovut 538 mln dollarga yetganini aniqladi.
Reikartz mehmonxonalar tarmog‘i Qo‘qon markazidagi kamtarona mehmonxonani mehmondo‘stlikning “oltin” standartida qayta ishga tushirishga qaror qildi va loyihaga taxminan 100 ming AQSh dollari sarmoya kiritdi.
Futbol bo‘yicha Yevro-2024 nimchorak final bosqichida qaysi jamoalarning imkoniyati ko‘proq? Ularning qay biridan yorqin o‘yinlarni kutish mumkin? — “Taktika” nazari.
1-oktabrdan Yoshlar ishlari agentligi xususiy o‘quv markazlarining yillik reytingini tuzishni boshlaydi. Undagi natijalarga qarab, chekka hududlardagi eng yuqori ko‘rsatkichli 100 ta xususiy o‘quv markaziga ijara xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi.
Angren shahrida aholidan qayta ishlanadigan chiqindilarni xarid qilish shoxobchasi barpo etildi. Shoxobchaning o‘zida do‘kon ham tashkil etilgan. U yerda fuqarolar chiqindilarni sotishdan tushgan pulga turli buyumlar xarid qilishi mumkin.
Toyloq tumanida erkak 6 yoshli bolani kamar bilan kaltaklab, musht tushirdi. Bolada jarohatlar aniqlanib, unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Erkak ruhiyatida o‘zgarishlar borligi tufayli shifoxonaga yotqizildi.
DXX Ukraina va Ozarbayjon fuqarolari Yuqori Chirchiq tumanidagi xonadonda yashirin narkolaboratoriya tashkil etganini aniqladi. Uydan sintetik giyohvandlik vositalari, 7 kg yarimtayyor narkotik moddalar va 237 kg prekursorlar musodara qilindi. Gumonlanuvchilar qamoqqa olindi.
Gruziyaning YeIga kirish jarayoni mamlakatda qabul qilingan “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun tufayli amalda to‘xtatildi. Yevropa Ittifoqi yetakchilari Gruziya hukumatini mamlakatning ittifoqqa kirishiga tahdid solayotgan harakat yo‘nalishini o‘zgartirishga chaqirdi.
“Gazeta.uz” muxbiri Yevgeniy Sorochin tunda kuchli yong‘in sodir bo‘lgan poytaxtdagi Chorsu bozorida bo‘ldi. Fotoreportaj.
O‘zbekistonda 1-iyuldan parranda go‘shti eksportiga qo‘yilgan barcha cheklovlar bekor qilinadi. Yangi, sovitilgan yoki muzlatilgan parranda go‘shti importi uchun bojxona to‘lovi bekor bo‘ladi.
Jurnalist, Andijon viloyati Oltinko‘l tumaniga 1990−1993-yillarda hokimlik qilgan Nazirjon Saidov 76 yoshida vafot etdi. U “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni, “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.
Shavkat Mirziyoyev BYD prezidenti Van Chuanfu bilan kompaniyaning O‘zbekistonda “yashil” transportni rivojlantirish loyihasida ishtirok etish rejalarini muhokama qildi. U innovatsion tadqiqot markazini yaratish, Blade batareyalari va BYD elektrobuslarini ishlab chiqarish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Toshkent shahri Chorsu bozori hududidagi do‘konlarda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Uni 12 ta yong‘in-qutqaruv brigadasi bartaraf etdi. Qurbonlar yo‘q.
Gulistondagi suv haydash nasos stansiyasida “Sirdaryo viloyati suv ta’minoti"ning 3 nafar xodimi gazdan zaharlanib, ulardan biri vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qirg‘iziston parlamenti elektron sigaretalarni olib kirish, sotish va foydalanishni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi. Qonunbuzarlik ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Jizzaxdagi BYD zavodida ishlab chiqarish boshlangan avtomobillar, AES qurilishi shartnomasiga oid bayonnoma, O‘zbekistonning JCh saralashi 3-bosqichidagi raqiblari, “Mening bog‘im” loyihasi bo‘yicha ovoz berish jarayonlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
IIV tegishli elektron bazasida texnik uzilishlar kuzatilayotganini ma’lum qildi. Bir qator davlat xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati cheklandi. Jarima qarorlarining imtiyozli davri avtomatik tiklab beriladi, deb yozdi vazirlik.
Markaziy bank tomonidan belgilangan AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi ketma-ket oltinchi savdo kuni pasayib, 12 555 so‘mga yetdi. Bu mart oyi o‘rtalaridan beri eng minimal ko‘rsatkich.
NATO hozircha Ukrainaga a’zolikni taklif qilmaydi, biroq mamlakatga harbiy yordam yetkazib berish, ukrainalik askarlarni tayyorlash va ikki tomonlama xavfsizlik kelishuvlari realizatsiyasini muvofiqlashtiruvchi missiya tuzadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting