Arxiv

Jizzax viloyatidagi BYD zavodi ilk avtomobillarini ishlab chiqardi
27 iyun 2024, 14:02

Jizzax viloyatidagi BYD zavodi ilk avtomobillarini ishlab chiqardi

Prezident Jizzaxdagi BYD Uzbekistan Factory avtomobil zavodiga tashrif buyurdi. Hozir u yerda 2 modeldagi avtomobil ishlab chiqarilmoqda. 1-bosqichda ishlab chiqarish quvvati yiliga 50 ming dona, 3-bosqichga yetib 500 ming donani tashkil etadi. Mahalliylashtirish darajasi ham bosqichma-bosqich ortishi kutilmoqda.

O‘zbekistonga JCH-2026 saralashining 3-bosqichida kimlar raqib bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
27 iyun 2024, 12:47

O‘zbekistonga JCH-2026 saralashining 3-bosqichida kimlar raqib bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

OFK mintaqasi bo‘yicha JCH-2026 saralashining 3-bosqichiga qur’a tashlandi. Unda O‘zbekiston “A” guruhidan joy oldi va Eron, Qatar, BAA, Qirg‘iziston, KXDR terma jamoalari bilan Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun bellashadi.

Yandex Go xizmati Urganch va Xivada ishga tushdi
27 iyun 2024, 11:44

Yandex Go xizmati Urganch va Xivada ishga tushdi

Yandex Go taksi xizmati Xorazm viloyatining Urganch va Xiva shaharlarida ish boshladi. Sayohatlar uchun yo‘l haqi naqd yoki ilovaga bog‘langan karta orqali to‘lanadi, minimal narx 2500 so‘mdan boshlanadi.

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga boradi
27 iyun 2024, 11:04

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga boradi

Payshanba kuni prezident Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, yirik sanoat obyektlari bilan tanishadi, yangi loyihalarga start beradi. Shuningdek, Zomin tumanida Xalqaro maqom san’ati festivalini ochib beradi.

Toshkentda 31 yoshli erkak 11 yoshli qizni muntazam zo‘rlab kelgani aytilmoqda
27 iyun 2024, 11:00

Toshkentda 31 yoshli erkak 11 yoshli qizni muntazam zo‘rlab kelgani aytilmoqda

Toshkentda 31 yoshli erkak ikkinchi xotinining 11 yoshli qizini muntazam zo‘rlab kelganlikda gumonlanmoqda. Qonuniy nikohidan 5 farzandi bo‘lgan erkakka nisbatan jinoyat ishi ochildi.

“Yuksalish” Toshkent jamoat transporti yo‘lovchilarining fikrini o‘rgandi
27 iyun 2024, 10:17

“Yuksalish” Toshkent jamoat transporti yo‘lovchilarining fikrini o‘rgandi

“Yuksalish” harakati Toshkent shahrida jamoat transporti yo‘lovchilari orasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Ular tig‘iz vaqtlardagi tirbandlik, “poygalar”, yo‘l harakati qoidalari va jadvalining buzilishi, konditsionerlar yoqilmasligi, ajratilgan yo‘laklarni nazorat qilmaslik kabi muammolarni ko‘rsatdi.

Toshkentda Spark skuter haydovchisini qasddan urib yubordi (video)
27 iyun 2024, 08:54

Toshkentda Spark skuter haydovchisini qasddan urib yubordi (video)

Poytaxtning Amir Temur ko‘chasida Spark haydovchisi skuter haydovchisini quvib borib, qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketdi va uni urib yubordi. Skuter boshqaruvchisi kasalxonaga yotqizildi. Shahar YHXB yo‘l harakati qoidalariga amal qilishga va masofa saqlashga chaqirdi. Video.

26-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
26 iyun 2024, 22:31

26-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Kiberxavfsizlikda hamkorlik o‘rnatgan O‘zbekiston va Rossiya, Turkiya mudofaa vaziri bilan ko‘rishgan Shavkat Mirziyoyev, zo‘ravonlikka uchraganlarga yordam berishning ma’muriy reglamenti, bayram munosabati bilan mukofotlangan jurnalistlar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

O‘zbekistonda zo‘ravonlikdan jabrlanganlar qayerga murojaat qilishi kerak?
26 iyun 2024, 21:41

O‘zbekistonda zo‘ravonlikdan jabrlanganlar qayerga murojaat qilishi kerak?

Tazyiq va zo‘ravonlikka uchraganlar “102” telefon raqami orqali IIV navbatchilik qismi yoki profilaktika inspektorlariga, “112” yagona dispetcherlik xizmati va 1146 “ishonch telefoni"ga murojaat qilishlari mumkin. 24 soat ichida himoya orderi rasmiylashtiriladi.

Prezident: “Tanqidiy materiallar „mudrab“ yotgan rahbarlarni „uyg‘otishga“ yordam bermoqda”
26 iyun 2024, 20:26

Prezident: “Tanqidiy materiallar „mudrab“ yotgan rahbarlarni „uyg‘otishga“ yordam bermoqda”

O‘zbekiston rahbari OAV xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi. Uning ta’kidlashicha, jurnalistika nafaqat “to‘rtinchi hokimiyat”, balki mudofaa va xavfsizlik kabi hal qiluvchi sohaga aylanib bormoqda. Prezident axborot maydonini sifatli va raqobatdosh kontent bilan to‘ldirish zarurligini ta’kidladi.

May oyida gaz ishlab chiqarish yangi minimal darajaga yetdi, elektr energiyasi hajmi ham keskin kamaydi
26 iyun 2024, 20:24

May oyida gaz ishlab chiqarish yangi minimal darajaga yetdi, elektr energiyasi hajmi ham keskin kamaydi

O‘zbekistonda may oyida elektr energiyasi ishlab chiqarish keskin pasaydi (-58%). Gaz qazib olish hajmi ham 2020-yil avgustidan beri yangi minimal darajaga yetdi — 3,52 milliard kub metr.

Shavkat Mirziyoyev Turkiya mudofaa vaziri bilan xavfsizlik masalalarini muhokama qildi
26 iyun 2024, 19:59

Shavkat Mirziyoyev Turkiya mudofaa vaziri bilan xavfsizlik masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston prezidenti va Turkiya milliy mudofaa vaziri harbiy-texnika, xavfsizlik, terrorizm, radikalizmga qarshi kurashish sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, mutaxassislar tayyorlash, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish masalalarini muhokama qildi.

Qozog‘iston sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayevning hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi
26 iyun 2024, 19:35

Qozog‘iston sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayevning hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi

Ostona apellyatsiya sudi rafiqasi Saltanat Nukenovani qiynoqqa solib o‘ldirganlikda ayblanib, 24 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Qozog‘iston sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayevga nisbatan chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi.

Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte NATOning yangi bosh kotibi bo‘ladi
26 iyun 2024, 18:17

Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte NATOning yangi bosh kotibi bo‘ladi

Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte NATOning yangi bosh kotibi bo‘ladi. Siyosatchi Yevropa Ittifoqining nufuzli yetakchilaridan biri sanaladi. U Ukrainani faol qo‘llab-quvvatlaydi, AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan til topisha oladi va nizolardan qocha olish qobiliyati uchun “Teflon Mark” laqabini olgan.

“O‘zmilliybank” Xitoy taraqqiyot bankining 2 mlrd yuan kredit liniyasini jalb qildi
26 iyun 2024, 17:00

“O‘zmilliybank” Xitoy taraqqiyot bankining 2 mlrd yuan kredit liniyasini jalb qildi

25-iyun kuni bo‘lib o‘tgan 20-majlis doirasida “O‘zmilliybank” va Xitoy davlat taraqqiyot banki O‘MBga 2 mlrd yuan ajratuvchi bitimni imzoladi.

IIB binosida vafot etgani aytilayotgan fuqaro ishi doirasida bir xodim qamoqqa olindi
26 iyun 2024, 16:35

IIB binosida vafot etgani aytilayotgan fuqaro ishi doirasida bir xodim qamoqqa olindi

Bekobod shahri IIB binosida vafot etgani aytilayotgan 43 yoshli erkak ishi doirasida bir nafar ichki ishlar xodimi qamoqqa olindi. Marhumning akasi “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida bu voqeada jami 8 nafar xodim ishtiroki bo‘lganini aytmoqda.

O‘zbekiston va Rossiya IIVlari kiberxavfsizlik bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatadi
26 iyun 2024, 15:45

O‘zbekiston va Rossiya IIVlari kiberxavfsizlik bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatadi

Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya ichki ishlar vazirlari migratsiya oqimini tartibga solish, kiberjinoyatchilik va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi. Vladimir Kolokolsevga O‘zbekiston IIVning Muvofiqlashtirish va monitoring qilish markazi ham ko‘rsatildi.

Zo‘ravonlikka uchragan ayollar va bolalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi
26 iyun 2024, 15:07

Zo‘ravonlikka uchragan ayollar va bolalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Qirg‘iziston va YI kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi
26 iyun 2024, 14:58

Qirg‘iziston va YI kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

Qirg‘iziston va Yevropa Ittifoqi kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Bu, tomonlar ta’kidlaganidek, hamkorlikni kengaytirish uchun “yangi huquqiy asos” bo‘ladi.

Kim Nam Sok O‘zbekistonning IT bo‘yicha Janubiy Koreyadagi faxriy elchisi bo‘ldi
26 iyun 2024, 14:39

Kim Nam Sok O‘zbekistonning IT bo‘yicha Janubiy Koreyadagi faxriy elchisi bo‘ldi

2013−2017-yillarda O‘zbekiston ATK vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan Kim Nam Sok mamlakatning IT bo‘yicha Janubiy Koreyadagi faxriy elchisi bo‘ldi. U elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar, respublikada AKTni joriy etish bo‘yicha standartlar va tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting