Xalq demokratik partiyasi raisi Ulug‘bek Inoyatov partiyaning maqsadi hukumatni egallash, ya’ni prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lish ekanligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, saylovlarda xalq ayollarga ko‘proq ovoz beradi. «Ana shu nuqtayi nazardan biz nomzodimizni to‘g‘ri tanladik, deb o‘ylayman. Bu bizning saylovlarda g‘alaba qozonishimizda bir qadam bo‘ldi, deb hisoblayman», — deydi u.
Senat rahbari, ombudsman, Saida Mirziyoyeva, Komil Allamjonov, davlat organlari, deputatlar va jamoatchilik Qalampir.uz jurnalisti Feruza Najmiddinovani qo‘llab-quvvatlab chiqdi. Noma’lum shaxslar uning sha’ni va qadr-qimmatini toptaydigan montaj qilingan videoni e’lon qildi. Toshkent IIBB tergovga qadar tekshiruvni boshladi.
10 avgustdan boshlab xodimlari koronavirusga qarshi vaksinaning kamida 2 ta dozasini olgan umumiy ovqatlanish obyektlari 20:00 dan keyin va yopiq binolarda ishlashlari mumkin bo‘ladi. Kafe va restoranlarga vaksina bilan emlanganligi to‘g‘risidagi QR-kodi yoki sertifikati bo‘lgan mijozlarni kiritish tavsiya etiladi.
Zomin milliy tabiat bog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi. Uni o‘chirishga FVVning 55 nafar yong‘in-qutqaruvchilari jalb etildi. Hodisa natijasida 10 sotix maydonning zarar ko‘rgani ma’lum qilindi.
Toshkent issiqlik ta’minoti tizimini Fransiyaning Veolia kompaniyasi boshqaruviga topshirish rejalashtirilmoqda. Hukumat loyiha natijasida 30 yil davomida gaz, elektr energiyasi va suvdan trillionlab so‘m iqtisod qilinishi, issiqlik yo‘qolishining 44 foizdan 20 foizga qadar pasayishi va kreditor qarzdorlikning kamayishini kutmoqda. Shu bilan birga, tariflar ikki barobar ko‘proqqa oshadi.
O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Olimpiada finalida o‘z raqibini yengib, oltin medali sohibi bo‘ldi. Bu O‘zbekiston delegatsiyasi uchun musobaqadagi uchinchi oltin medali bo‘ldi.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 897 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 5 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, shanba kuni 475 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining so‘nggi kunida bokschi Bahodir Jalolov «oltin» uchun jangda AQSh vakili Richard Torresga qarshi ringga ko‘tariladi. U bilan 2019 yilgi jahon chempionati chorak finalida ham uchrashgan.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan OAV va blogerlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda amaldagi prezidentning vazifasi va saylovoldi targ‘iboti aralashib ketmasligi nazorat qilinishi aytildi. «Albatta, nomzodni saylovoldi targ‘iboti va o‘zining faoliyatini adashtirmasligimiz kerak. Lekin nazorat qilinadi», — dedi MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov. Komissiya a’zosi Sherzodxon Qudratxo‘ja esa Shavkat Mirziyoyevning tashrif va uchrashuvlari tagida piar emas, balki islohotlar yotganini ta’kidladi.
Prezident yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni rivojlantirish dasturini tasdiqladi. Bolalar-o‘smirlar sport maktablari va har bir olimpiya zaxiralari kollejida tegishli bo‘limlar, Milliy gvardiya huzurida Chavandozlar maktabi va Qorabayir otlari mahorat maktabi tashkil etiladi.
Prezident saylovlarida XDP nomzodi sifatida qatnashishi kutilayotgan Maqsuda Varisova saylovda g‘alaba qozonsa, avvalo ishsizlik va bandlik sohasida islohotlar qilishini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, prezidentlikka nomzodlar orasida ayol kishining bo‘lishiga gender tenglik tamoyili sabab emas. «Xalq orasidan chiqqan oddiy bir ona, oddiy bir ayol bo‘lganim sababli ham, xalqimizni qiynab turgan muammolarni quyidan bilganim uchun ham meni tanlashdi, deb o‘ylayman», — dedi u.
O‘zLiDeP partiyasi oktyabr oyidagi prezidentlik sayloviga amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodini ko‘rsatmoqchi ekanligini e’lon qildi.
Qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Varisova oktyabr oyidagi prezidentlik saylovlarida «Xalq» demokratik partiyasining nomzodi sifatida qatnashishi kutilmoqda.
Teftellar, yunoncha musaka, vegitariancha pasta, turkcha ratatuy — Zira.uz kechki ovqat uchun mazali va noodatiy taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining 15-kunida to‘rtta sport turi bo‘yicha 9 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd ustav kapitalidagi 57,118% ulushini Turkiyaning Coca-Cola İçyecyek A.Ş. kompaniyalar guruhiga sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Turkmanistonda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi bilan parallel ravishda mintaqaning yetakchi ayollari muloqoti Forumi ham o‘tkazildi. O‘zbekiston muloqotda raisligi doirasida uni yangi maslahatlar platformasiga aylantirishni mo‘ljallamoqda.
AQShning Braziliyaga NATOning global hamkori bo‘lishni taklif qilgani, Venesuelaning milliy valyutasini yana denominatsiya qilayotgani, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
O‘zbekistonda pandemiya boshidan beri eng ko‘p kunlik koronavirus holatlari aniqlanishi, “Milliy tiklanish” Alisher Qodirov nomzodini prezidentlik saylovlarida ilgari surishi, o‘zbekistonlik kurashchi Bekzod Aburahmonov Olimpiadada bronza medali olishi — “Gazeta.uz"ning 6 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekiston va Rossiya harbiy xizmatchilari shartli jangarilar guruhini yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiyani amalga oshirdilar. Dushmanga aviatsiya, artilleriya, zirhlangan jangovar texnikalar va barcha turdagi o‘t ochish vositalari yordamida zarbalar berildi. Mashg‘ulotlarda Rossiyaning to‘rtta Tu-22M3 bombardimonchi samolyoti qatnashdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting