O‘zbekistonda iste’molchilarning ichimlik suvidan qarzdorligi 1 trln so‘mni tashkil etmoqda. Shundan 740,5 mlrd so‘mi jismoniy, qolgani esa yuridik iste’molchilar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. “O‘zsuvta’minot” vakiliga ko‘ra, eng ko‘p qarzdor hududlar Toshkent shahri, Andijon va Toshkent viloyatlari hisoblanadi.
Senatning ellik ikkinchi yalpi majlisi 18-may kuni o‘tkaziladi. Unda Soliq kodeksining 227−1-moddasiga o‘zgartirish kiritish, davlat mulkini ijaraga berishda ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish va boshqa qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish muhokama qilinadi. Markaziy bankining 2023-yildagi hisoboti eshitiladi.
Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekiston fuqarolari Shengen vizasini olish uchun 46,5 mingta ariza topshirdi (+17,7 foiz), shundan 38,33 ming nafar murojaatchi ijobiy javob oldi, bu 2022-yilgi ko‘rsatkichdan 16,7 foizga ko‘proq. Shuningdek, rad etilgan arizalar ulushi biroz oshgan.
Soyibobodlik 22 yashar Ziyoda Jo‘raboyevani Guliston tumanida ko‘pchilik taniydi. U besh yildan beri traktor haydaydi. “Odam hayotga bir marta keladi, shu bois o‘z qiziqishi bilan yashashi kerak”, — deydi u. “Gazeta.uz” muxbiri Sirdaryoga borib, traktorchi qiz bilan suhbatlashdi.
To‘qqizta kinopremyera, “Teplo” yarmarkasi, Tohir Sodiqov, “Yulduzli oqshom” konsertlari, ijodiy mahorat darslari, spektakllar, “Yevropa kuni” festivali va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik ikki yoshli qiz vataniga qaytarildi. U yordam so‘rab bolalar ombudsmaniga murojaat qilgan buvisining qaramog‘iga topshirildi.
Uzbekistan Airways “Haj-2024” dasturi doirasida 124 ta charter yo‘lovchi parvozini amalga oshiradi. 15 ming 130 nafar ziyoratchi Boeing 767 samolyotlarida tashilishi, ularga aeroportda ro‘yxatdan o‘tish vaqtida issiq nonushta, parvoz davomida esa maxsus taomlar tarqatilishi rejalashtirilgan.
Qozog‘iston prezidenti Markaziy Osiyo xavfsizlik kengashlari kotiblari bilan bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuvda “mintaqa davlatlarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish va ularni bo‘lmoqchi bo‘lgan tashqi kuchlarga birgalikda qarshilik ko‘rsatishga” chaqirdi.
Juma kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohimni aeroportda hamkasbi Abdulla Aripov kutib oldi. Ular “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Hukumat rahbari kunning 2-yarmida “Ko‘ksaroy” qarorgohida oliy darajadagi tadbirlarda qatnashadi.
Yangi turar joy sotib olganlar obyektlari qurilishdan oldin taqdim etilgan loyihalarga mos kelmasligidan doimo shikoyat qiladi. “CaEX Bizning uylar 2024” ko‘rgazmasi davomida arxitektorlar nomutanosibliklarga nima sabab bo‘lishi va o‘zlari qanday muammolarga duch kelishi haqida gapirib o‘tdi.
3-iyundan Andijon-Termiz va Toshkent-Andijon, 6-iyundan esa Andijon-Qo‘ng‘irot yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnay boshlaydi.
DSQning Strategik rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i Timur Ismoilov aksar xorijiy mamlakatlarda soliq yig‘ish bo‘yicha yagona stavka qo‘llanmasligini ta’kidladi. “Vaqt o‘tishi bilan, tizim butunlay mustahkamlangandan so‘ng soliqqa tortishning progressiv shkalasiga o‘tish haqida o‘ylash mumkin”, — dedi u.
O‘rta Chirchiq tumanida 5 nafar shaxs 5 tup chinor daraxtini kesib, bozorda sotmoqchi bo‘lgani aniqlandi. Sud ularning ikki nafariga 2 yil, uch nafariga esa 1 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
O‘zbekistonda dam olish kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Harorat +17…+22 darajagacha pasayadi. Joylarda shamol tezligi kuchayishi mumkin.
Toshkent shahrida Rossiyadan olib kelingan 3 dona Makarov, 1 dona TT pistoleti va patronlarini saqlab kelgan shaxslar ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.
Sharof Rashidov tumanida 2 ta Howo va Sany yuk mashinalari o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi noyabr-dekabr oylarida Ai-91 va undan yuqori turdagi benzinni ko‘proq ishlab chiqarishni boshlaydi, 2025-yil boshidan esa Ai-80 ishlab chiqarishdan butunlay voz kechish rejalashtirilgan, dedi “O‘zbekneftgaz” AJ rahbari o‘rinbosari Odil Temirov.
2023-yil noyabr oyida Londonga yangi elchi sifatida yetib borgan Ravshan Usmanov Buyuk Britaniya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan tabrikladi. O‘zbekiston prezidenti unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh qozoq xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi.
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha Yaponiyaga qarshi U-23 finalini eslab, jamoa penaltidan unumli foydalana olmay, mag‘lub bo‘lgach, 3 kun uxlamay chiqqanini aytdi. “Uning o‘rnida o‘zim bo‘lsam dedim. Bittagina to‘p-a!” degan prezident jamoaning Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olganini katta yutuq deb atadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting