Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. U Toshkentdan tashqari, Samarqand va Buxoroda ham bo‘ladi.
Shimoliy yarimsharda o‘tgan yilning yozi nafaqat zamonaviy ob-havo kuzatuvlari boshlanganidan beri, balki so‘nggi 2000-yildagi eng issig‘i bo‘ldi, bu daraxtlarning yillik halqalarini o‘rganish orqali aniqlandi.
Toshkent aholisining shikoyatlari sabab hokimiyat yaqin 2 oyda barcha LED ekranlardagi reklamalarning yorug‘lik darajasini tekshirib chiqmoqchi. Dastlabki o‘rganishlarda ularning 90 foizidan ko‘pi me’yordan ortiq yorug‘lik tarqatishi aniqlangan. Endi ushbu tartibni buzgan ekran egalari elektr tarmog‘idan uzib qo‘yiladi.
2024-yilning 14-may kuni Yerevanda bo‘lib o‘tgan YeTTB boshqaruvchilar kengashining 33-yillik yig‘ilishida “Asakabank” O‘zbekistonda savdoni moliyalashtirish bo‘yicha “Eng faol emitent bank” sifatida e’tirof etildi.
Suiqasd uyushtirilgan Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso operatsiyadan keyin barqaror, ammo jiddiy ahvolda qolmoqda. Gumonlanuvchi 71 yoshli yozuvchi bo‘lib, u qotillikka urinishda ayblanmoqda.
“O‘zbekneftgaz” Rossiyaning “Gazprom neft” kompaniyasi ko‘magida quduqlarni burg‘ulash muddatini 45 foizga, ularni qurish tannarxini esa 35 foizga qisqartirish imkonini beruvchi Burg‘ilash ishlarini boshqarish markazini ochdi. Kompaniya yetkazib beruvchi bilan 4,45 mln va 243,3 ming dollarlik ikkita shartnoma tuzdi.
O‘zbekiston Afg‘onistondan 1 mln tonnadan ortiq ko‘mir import qilish, shuningdek, Mozori Sharifdagi Imom Al-Buxoriy madrasasida qurilish ishlarini boshlash, Transafg‘on temiryo‘li loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish loyihalarini amalga oshirish niyatida, deb xabar berdi Afg‘oniston TIV.
Aprel oyida Toshkentda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari martga nisbatan o‘rtacha 0,9 foizga, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa o‘rtacha 1,12 foizga pasaydi. O‘rtacha ta’mirlangan uy-joy uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli va Olmazor tumanlarida bo‘lib turibdi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov neft-gaz sohasida investorlar bilan tuzilgan shartnomalarni qayta ko‘rib chiqishga oid savollarga javob berdi. Uning aytishicha, ayrim hollarda investorlarga qo‘shimcha majburiyatlar yuklangan, biroq ular investitsiya muhitining yomonlashuvi xavfi tufayli oshkor etilmagan.
19-may kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik” shiori ostida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy, vatanparvarlik va sport tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Bosh sovrin — 10 mln so‘m.
Fuqarolar ko‘chmas mulk xaridi uchun shartnoma tuzayotganda noqulay sharoitga tushishi yoki firibgarga aldanib qolishi mumkin. “CaEX Bizning uylar 2024” ko‘rgazmasida ekspertlar shartnomada nimaga e’tibor berish kerakligi, boshqa davlatlarda xaridor va davlat budjeti qanday sug‘urta qilinishini tushuntirdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Daniya elchisi Yakob Xenningsen va Litva elchisi Egidiyus Navikasdan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Maydan sentabr oyiga qadar Toshkentning qator chorraha va ko‘chalarida rekonstruksiya ishlari olib boriladi. Jarayon soat 22:00 dan 06:00 gacha bajarilishi reja qilinmoqda. Hokimlik “ish jarayonida noqulayliklar tug‘ilishi muqarrar ekani”, biroq barcha imkoniyatlarni ishga solishini bildirdi.
Toshkent metropoliteni xodimasi firibgarlikda gumonlanib ushlandi. U fuqaroni 2 mln so‘m evaziga ishga joylab qo‘yishni va’da qilgani aytilmoqda.
Xalqaro jurnalistlar Dubaydagi mulk egalari haqida ma’lumot beruvchi Dubai Unlocked surishtiruvini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashitjon Qodirovning o‘g‘li — qidiruvga berilgan Alisherbek Qodirovning umumiy qiymati deyarli 8 mln dollar bo‘lgan 4 ta ofisga egalik qilishi aytilgan.
Telegram kanallarida Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani bilan izohlangan videolar tarqaldi. Ikki viloyat IIBlari ushbu xabarlar asossiz ekani, videolarda esa boshqa holatlar tasvirlanganini ma’lum qildi.
Toshkentda O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochildi. Marosimda Shavkat Mirziyoyev va Farrux Zokirov ishtirok etdi. Prezident xonandaning memorial muzeyi, estrada san’ati xalqaro tanlovi va uning nomidagi stipendiya tashkil etilishini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda 2024-yilgi Haj mavsumi 23-maydan boshlanadi. Saudiya Arabistonining Madina shahriga O‘zbekistonning 10 ta shahridan 7-iyunga qadar har kuni aviaqatnovlar amalga oshiriladi.
IT Park University`da kirish imtihonlarini topshirishda MacBook Pro aksiyasida ishtirok etish imkoniyati mavjud.
O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Portugaliyaning yangi elchisi Madalena Fisherdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting