Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2024-yilda 6,5 foizga oshib, 115 milliard dollarga yetganini ma’lum qildi. Yakunlangan yilda xorijiy investitsiya 1,6 barobar o‘sib, 34,9 mlrd dollarni tashkil qilgan, eksport ilk bor 27 mlrd dollarga chiqqan.
Estoniyaning Bolt taksi va yetkazib berish xizmati O‘zbekiston bozorini o‘rganmoqda. Kompaniya vakili Yuliya Malich Bolt uchun ushbu mintaqa ustuvor ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. O‘z navbatida, IT Park bek-ofisni ochish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif etdi.
AQSh prezidenti Jo Bayden xayrlashuv nutqida mamlakatda Amerika demokratiyasiga tahdid solayotgan oligarxiya shakllanayotganini ma’lum qildi. U, shuningdek, “hech bir prezident” lavozimda sodir etilgan jinoyatlarda javobgarlikdan soqit bo‘lmasligi uchun AQSh konstitutsiyasini o‘zgartirishga chaqirdi.
Chilonzor tumanida fuqaroni 40 ming dollar evaziga AQShga ishlash uchun yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Unga nisbatan jinoiy ish ochildi.
Turkiyaning IC İçtaş İnşaat kompaniyasi O‘zbekistondagi pulli avtomobil yo‘llari qurilishida ishtirok etmoqchi. Bu borada Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi. Loyihani 2027−2030-yillarda amalga oshirish rejalashtirilgan.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan yerlar toifasiga (turiga) o‘zgartirish kiritish sxemasi tasdiqlandi. Qaror bilan, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi soddalashtirildi.
Turkiyada qalbaki alkogoldan zaharlanish oqibatida vafot etgan o‘zbekistonliklar soni oshdi. Istanbuldagi bosh konsulxona 11 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berdi, ammo keyinroq so‘nggi qurbon haqidagi xabar o‘chirib tashlandi.
Toshkent shahridagi avtobusda 2012-yilda tug‘ilgan qizga shilqimlik qilgan konduktorga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. 43 yoshli erkak sudda qizning boshidan o‘pmoqchi bo‘lganini aytgan.
Ombudsman tomonidan aniqlangan qator kamchiliklar sababli Qarshi tuman IIBning vaqtincha saqlash hibsxonasi faoliyati to‘xtatildi. Unda saqlanayotgan shaxslar ta’mirlangan Kasbi tumanidagi vaqtincha saqlash hibsxonasiga ko‘chirildi. Xatolarni bartaraf etish bo‘yicha IIVga taqdimnoma kiritildi.
Isroil va HAMASning o‘t ochishni to‘xtatish va falastinlik mahbuslar evaziga isroillik garovga olinganlarni ozod qilishga bag‘ishlangan kelishuvi uch bosqichda amalga oshirilishi kutilmoqda. 19-yanvardan harbiy harakatlar to‘xtatiladi.
Uch o‘qishda qabul qilingan mahalla raisi vakolat muddatini uzaytirish qonuni, O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari, 2024 yilda eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar ro‘yxati, sulh kelishuviga erishgan Isroil hamda HAMAS va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Urgutlik fuqaro Tojikistonlik sherigi bilan birgalikda O‘zbekistonga 20 kg 747 gramm opiy olib kirmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi. Sud ularni 16 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Tergov jarayonida ma’lum bo‘lgan urgutlik sherik ham 16 yilga qamaldi.
Oktabr oyi oxirida sud Rossiya tomonida Ukrainaga qarshi kurashgan o‘zbekistonlikni 6 yilga ozodlikdan mahrum qildi. 19 kundan keyin apellyatsiya sudi sog‘lig‘i va aybiga iqrorligini inobatga olib, uni ozod qildi. Sud qarorida sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovdan iqtibos keltirilgan.
Shavkat Mirziyoyev BAA bosh vaziri bilan uchrashuvda boshqaruv kadrlarini tayyorlash, raqamlashtirish, sun’iy intellekt sohalarida yaqindan hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqdi. U Dubayning ilg‘or yechimlarini O‘zbekiston shaharsozlik sohasiga, jumladan, Yangi Toshkentda joriy etishga qiziqish bildirdi.
Isroil va HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Bu Yaqin Sharqni ostin-ustun qilgan 15 oylik urushning ehtimoliy yakuniga yo‘l ochishi mumkin. Tomonlar mahbuslarni tez orada ozod qilishi kutilmoqda.
Qonunchilik palatasi jamoat transporti uchun ajratilgan yo‘laklarda harakatlanganlik uchun jazoni nazarda tutuvchi qonunni qabul qildi. Huquqbuzarliklar uchun 1,12 mln va 1,87 mln so‘m jarima solish taklif qilingandi, biroq deputatlar bu miqdorlarni kamaytirishga qaror qildi.
Qozog‘istonda korrupsionerlarga oid oshkora reyestr paydo bo‘ladi. Unga og‘ir va o‘ta og‘ir korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlangan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
O‘zbekiston xalqaro aeroportlari 2024-yilda 13,5 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Bu 2023-yilga nisbatan 30% ga ko‘p. Xizmat ko‘rsatilgan reyslar soni 33% ga oshib, 113,6 mingtaga yetdi.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida kanalizatsiyadagi chiqindilarni tozalash maqsadida tushgan 2 nafar xodim undan chiqolmay qoldi. Quduq ichida suv ko‘payib ketgan va ulardan birining tobi qochgan. FVV qutqaruvchilari ishchilarni olib chiqdi va shifoxonaga joylashtirdi.
Qonunchilik palatasi fuqarolarga o‘ziga kredit ajratilishini taqiqlash huquqini beruvchi qonunni qabul qildi. Bepul bo‘ladigan xizmat mijozning roziligisiz kredit olish yoki pulli operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini cheklashga mo‘ljallangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting