19-yanvar kuni Turkiston jadidlari rahnamosi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludiga 150 yil to‘ldi. “Gazeta.uz” mustaqil jumhuriyat g‘oyasining bayroqdori, o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi, noshir, publitsist, pedagog, din va jamoat arbobi hisoblangan ushbu tarixiy shaxs haqida test tayyorladi.
Odam savdosida ayblanib qidiruvda bo‘lgan 34 yoshli ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi. U fuqarolarning hujjatlarini olib qo‘ygan va shahvoniy maqsadlarda sotib yuborgan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev futbolchi Abduqodir Husanov Angliyaning “Manchester Siti” klubiga o‘tayotgani haqida gapirdi. “Men juda xursand bo‘ldim”, — deya ta’kidladi u Abu Dabi valiahd shahzodasi bilan suhbatda.
Toshkent metropolitenida 19 yoshli yigit o‘zini elektropoyezd tagiga tashladi. Xodimlar jabrlangan fuqaroni tirik holda vagon ostidan olib chiqqan. Hozirda tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi O‘zbekistonda “Ijtimoiy karta” tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha BAAdagi Oxinus Holding Limited kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi. Davlat organi ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya 3 mln dollar sarmoya kiritmoqda.
Toshkent shahar transport boshqarmasi poytaxt hokimligi va tadbirkorlar bilan hamkorlikda yanvar oyi oxirigacha avtobuslarda yo‘lkira to‘lash uchun bir martalik QR-chiptalar sotuvchi infokiosklar sonini 675 taga yetkazishni rejalashtirmoqda. Ularning aksariyati avtobus bekatlariga joylashtiriladi.
Amudaryo ustidan o‘tuvchi yangi ko‘prikda Urganch — Qo‘ng‘irot yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Qatnovlar 20-yanvardan boshlanishi kutilmoqda.
Buxoro viloyati FVB rahbari lavozimida ishlab kelgan Abdurazzoq Abduxoliqov FVV Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Farg‘ona viloyati hokimligi kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati direktori vazifasida ishlagan Hakim Dolimov hokimning qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Turkiyada qalbaki spirtli ichimlik iste’mol qilish oqibatida yana 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Vafot etganlarning umumiy soni 17 taga yetdi, 5 kishi bo‘lsa Istanbulda jonlantirish bo‘limida qolmoqda.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo‘yicha “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda. O‘tgan yili Toshkentda 238,8 kg bunday moddalar musodara qilingan. Jinoyatga qarshi kurashish uchun nimalar rejalashtirilmoqda?
Toshkentning Yangihayot tumanida chaqaloq sumkaga solingan holda ko‘chaga tashlab ketildi. Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib borilgan. Holat yuzasidan tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda. Video.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli kinorejissyor va ssenariynavis Zulfiqor Musoqov 19-yanvar kuni 67 yoshga to‘ladi. Shu munosabat bilan “Gazeta.uz” u suratga olgan filmlar asosida test tayyorladi. Uni ishlab ko‘ring — balki sizning ham ketmoningiz uchar?
Isroil hukumati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish to‘g‘risidagi bitimni ma’qulladi. Bunda 24 nafar vazir yoqlab, 8 nafari esa qarshi ovoz berdi. Ertadan garovga olinganlarni ozod qilish boshlanishi kutilyapti.
Toshkent — Buxoro yo‘nalishidagi Afrosiyob tezyurar poyezdi mashinistlari yo‘lda qoldirilgan beton shpalni ko‘rib, favqulodda tormozlash choralarini ko‘rdi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” ma’lumotiga ko‘ra, poyezd “ma’lum darajada shikastlangan”, jabrlanganlar yo‘q. Voqea sabablari tekshirilmoqda.
Mikroto‘lqinli pechda pishadigan chizkeyk, pechene, omlet, bananli keks va boshqa retseptlar — Zira.uz jamlanmasida.
O‘zbekistonda qonuniylashtirilgan Binance, 100 grammlik oltin quymalari sotuvi, Toshkent jamoat transportini kutayotgan o‘zgarishlar, kambag‘allikni qisqartirishda hal qiluvchi bo‘ladigan 2025-yil va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Milliy gvardiya gender tengligini ta’minlashda respublika miqyosida eng faol davlat organi deb topildi. Eng faol hududiy davlat organi Qoraqalpog‘iston IIV bo‘ldi. Gender tengligi va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi har yili o‘tkaziladigan tanlov natijalarini sarhisob qildi.
Prezident huzuridagi Statistika agentligi direktori Bahodir Begalov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. U 2017-yilning may oyidan buyon statistika organini boshqarib kelayotgan edi.
Prezident Farrux Rustamovni Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi (“O‘zkomnazorat”) rahbari etib tayinladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting