Shavkat Mirziyoyev 22-apreldan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi. Oldingi safar u 2023-yilning dekabrida ta’tilga chiqqandi.
Mirobod tumanidagi Avliyo ota ko‘chasi hamda ushbu ko‘chaning Nukus va KHAY ko‘chalari bilan kesishmalari 22-apreldan boshlab 10 kun muddatga yopildi.
Istanbuldagi bosh konsulxona Turkiyadagi o‘zbekistonliklarni telefon orqali o‘zini advokat, politsiya yoki maxsus kuchlar xodimi sifatida tanishtirib, hisobraqamga pul o‘tkazishni so‘rayotganlardan ogohlantirdi. Konsullik ularga ma’lumot bermaslik va o‘rnatilgan tartibda chaqirilishni talab qilishni tavsiya etdi.
Ozarbayjonning Ganja shahrida O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi birinchi faxriy konsulxonasi ochildi. Unga konsul etib Kyanan Jalilov tayinlandi.
“Biznes RBP” — bu Fido-Biznes tomonidan yaratilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga masofadan xizmat ko‘rsatish uchun yechim.
22-aprel kuni O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 37 millionga yetdi. Oy boshida bu ko‘rsatkich 36 963 262 mln nafarni tashkil etgandi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sulton Ali Rahmatov “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida nega 13 yil davomida konsert qo‘ymagani, mualliflik huquqi, bugungi o‘zbek qo‘shiqchilari va boshqa mavzulardagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. “Dunyoni baribir zabt etaman”, — deydi sozanda va bastakor.
Shahrisabz shahrida piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan 1-sinf o‘quvchisini yuqori tezlikda kelayotgan Damas urib yubordi. Oqibatda bola shifoxonada vafot etdi, haydovchi qamoqqa olindi.
Shanba kuni Mudofaa vazirligi harbiy qismlari vakillari orkestr sadolari ostida Toshkentning markaziy ko‘chalari bo‘ylab yurish qildi. Maydonda harbiylar va orkestrning ko‘rgazmali chiqishlari bo‘lib o‘tdi. PressPhoto.uz suratlari va vazirlik videosi.
Energetika vazirligi 1-maygacha gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov amalga oshirilsa, eski tariflar to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab ikki oy davomida amal qilishini bildirdi. Biroq bu faqat ijtimoiy norma doirasida (100 kubometr va 200 kVt/soatgacha) amal qiladi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi guruh bosqichining 2-turida Kuvayt ustidan yirik g‘alabaga erishdi. O‘zbekiston terma jamoasi raqib darvozasiga javobsiz beshta to‘p kiritdi (statistika, video, foto).
Bosh vazir qarori bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hamda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi rahbarlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.
Farg‘onaning Marg‘ilon shahrida qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketgan Spark Volkswagen bilan to‘qnashdi. Oqibatda haydovchilardan biri halok bo‘ldi.
IMV va Jahon banki o‘rtasida “Raqamli inklyuzivlik” loyihasini amalga oshirish uchun 50 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratish to‘g‘risida bitim imzolandi. Jahon bankining krediti mamlakat qishloqlaridagi minglab yoshlarning IT ko‘nikmalariga ega bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirishi kutilmoqda.
20-aprel kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida VI BYD Toshkent xalqaro marafonining tayyorgarlik jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil qilindi.
Samarqandda fuqaroni Isroilga ishga jo‘natish uchun 18 ming dollar, Qashqadaryoda 4 kishini Nikaraguaga jo‘natish uchun 35 ming dollar so‘ragan shaxslar qo‘lga olindi.
Soliq qo‘mitasi 2024-yilning birinchi choragi bo‘yicha O‘zbekistonning eng yirik 20 ta soliq to‘lovchisi nomini ma’lum qildi. Davlat korxonalari orasida NKMK, OKMK va “Hududgazta’minot”, xususiy sektor orasida esa UZBAT, Enter Engineering va boshqalar yetakchilik qilmoqda.
DXXning Toshkent viloyati va shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarida 19,7 kg sintetik narkotik moddalar olib qo‘yildi. Aniqlanishicha, Rossiya va Qozog‘istondan olib o‘tilgan moddalarni internet orqali sotish rejalashtirilgan.
Qashqadaryoda fuqaro shifoxonadagi 2 yoshli farzandi vafot etganini aytgan jarrohni urdi. “Otasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuzimga musht bilan urdi. Hushimni yo‘qotdim, qolganini to‘liq eslolmayman”, — deydi shifokor. Bolaning onasi eri bu ishni asabiy holatda qilganini aytib, shifokordan “to‘g‘ri tushunish”ni so‘radi.
YI homiyligidagi “O‘zbekistonda boshqaruv tizimini takomillashtirish” tashabbusi doirasida “Inklyuziv ravishda korrupsiyaning oldini olish” va “Korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” loyihalari ishga tushirildi. Ular mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi, umumiy qiymati 7 mln yevrodan oshadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting