BAA Isroil va AQSh bilan Isroil qo‘shinlari olib chiqib ketilgandan keyin G‘azo sektorining kelajagi bo‘yicha yopiq muzokaralar olib bormoqda, deb yozdi Reuters. Abu Dabi Falastin ma’muriyatini isloh qilish, huquq va vakolatlarini kengaytirish tarafdori.
2024-yilda 263,9 mlrd so‘mlik 234 ta davlat xaridi noqonuniy o‘tkazilgani aniqlanib, natijalari bekor qilindi, deb Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi monitoring xulosalarini e’lon qildi. Ularning aksariyati SSV, Transport vazirligi hissasiga to‘g‘ri keldi.
Qonunchilik palatasida qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. Hujjat bilan sug‘urtalash jarayonida ishtirok etuvchi subyektlarning huquq va majburiyatlari belgilanmoqda.
Oliy sud ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan va O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan kontentlar ro‘yxatini yangiladi. Ular orasida Telegram, YouTube, Instagram`dagi va audio, video va matn formatdagi materiallar bor.
Donald Tramp Grenlandiya va Panama kanali AQSh nazoratiga o‘tishi kerakligi, buning uchun harbiy kuch ishlatishni istisno qilmasligini aytdi. U, shuningdek, Kanadani Qo‘shma Shtatlarga qo‘shish uchun “iqtisodiy kuch” bilan tahdid qildi. AQShning saylangan prezidenti yana nimalar dedi — “Gazeta.uz” obzorida.
Hukumat qarori bilan attraksionlar xavfsizligi bo‘yicha texnik reglament va ularning davlat reyestrini yuritish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati asosan to‘rtta idora tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston iqtisodiyot va moliya vaziri etib Nurullan Erlepesov Umirzakovich tayinlandi.
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston hukumat rahbarlari uch davlat chegaralari tutashgan nuqtada umumiy chegara uchastkalari chizig‘i masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Ular ushbu yig‘ilish “xalqlar va mamlakatlar farovonligi yo‘lida mintaqa taqdirini o‘nlab yillar davomida belgilab berishiga” ishonch bildirdi.
23-dekabr kuni Bo‘stonliq tumanida 4 yoshli qiz onasining kaltaklashi oqibatida shifoxonaga yotqizilgandi. Bola 15 kun o‘tib tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi qarori bilan 2025-yil fevral oyidan aholi va yuridik shaxslar uchun issiqlik va issiq suv ta’minoti tariflari narxi oshirilmoqda. Ro‘yxat.
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari dekabr oyida 290 mln dollarga kamayib, 2024-yil yakuniga ko‘ra 41 mlrd 181,6 mln dollarni tashkil etdi. Yil davomida oltin narxining ko‘tarilishi fonida rezervlar qiymati 6,6 mlrd dollarga ko‘paydi.
Deputatlar elektron sigaretalar (tamakini isitish tizimlari emas, veyplar) muomalasini taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Sog‘liqni saqlash vaziri bunday sigaretalar yoshlar orasida keng tarqalganini aytib, ularning zarari haqida ma’lumot berdi.
Ilyas Nurimbetov Respublika tez tibbiy yordam markazi Qoraqalpog‘iston filiali direktori etib tayinlandi. U tayinlovga qadar SSV Tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
1-iyuldan shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning my.gov.uz dagi elektron shakli rasman tan olinadi. Ularning qog‘oz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroport, vokzal kabi tegishli hujjatlarni so‘raydigan tashkilotlarda talab etilmaydi.
Sochi — Toshkent yo‘nalishi bilan uchib kelayotgan samolyotda mast erkak bort kuzatuvchi qizning tanasini bir necha marta ushlab, shahvoniy shilqimlik qildi. Sud unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.
O‘zA Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini naqd pulda to‘laydigan yo‘lovchilar “chiptasiz sayohat” moddasi bo‘yicha jarimaga tortilishi haqida xabar berdi. Xabarni aksariyat OAV va “Toshshahartransxizmat” qayta chop etdi. Transport vazirligi esa ma’lumotni rad etdi.
O‘zbekistonning yadro xavfsizligi shartnomalariga qo‘shilish rejalari, vazirlik va hokimliklarga ofis xarajatlarini qisqartirish topshirig‘i, bir mijoz uchun beriladigan kartalar sonini cheklagan MB, prezidentning Xitoydagi zilzila yuzasidan ta’ziyasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkent sudi bar reklamasida yetti qizning keti va oyog‘iga urgan yigitni 5 sutkaga qamadi. U bar reklama uchun pul to‘lamaganini aytib, qilgan ishi qanday oqibatlarga olib kelishini tushunganini bildirdi va holat boshqa takrorlanmasligiga ishontirdi. Bar ma’muriyatiga nisbatan jazo belgilanmadi.
Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov issiqlik ta’minotiga subsidiya uchun 100 mlrd so‘m ajratish bo‘yicha qaror imzoladi va hujjatni cheklashni talab qiluvchi ma’lumotlar bo‘lmasa-da, uni yashirib qo‘ydi, yozdi Daryo. Yetim bolalarga uy-joy ajratish qarori esa ism-shariflar va manzillar ochiq holda e’lon qilindi.
TIV rahbari Baxtiyor Saidov hamda YIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha yangi tayinlangan oliy vakili Kaya Kallas o‘rtasida ilk telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Tomonlar bu yil Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo — YI sammitini intiqlik bilan kutayotganini alohida ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting