Olmazor tumanida Ford tez yordam mashinasi va Nexia to‘qnashdi. Oqibatda Nexia haydovchisi va Ford`ning bir yo‘lovchisi jarohat oldi.
Dang‘ara tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida uch nafar shaxs o‘zaro janjallashgan. Janjal vaqti faol qarshilik ko‘rsatilgani sabab ularni ajratmoqchi bo‘lgan yigit hushini yo‘qotgan. U shifoxonaga olib borilayotgan vaqtida vafot etgan.
O‘zbekistonning Belarusdagi yangi tayinlangan elchisi Rahmatulla Nazarov Minskda o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. U 2021-yildan buyon elchixona maslahatchisi, muvaqqat ishlar vakili sifatida ishlab kelayotgandi.
Poytaxtdagi Botanika bog‘ida qushlarni sovuqdan asrash va bioxilma-xillikni saqlab qolishga qaratilgan “Qishda qushlarga ko‘mak” aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda 200 ga yaqin ekofaol va volontyorlar qatnashib, daraxtlarga qush inlarini o‘rnatdi va ozuqalarni qo‘yib chiqdi. Jarayondan suratlar.
Futbolchi, O‘zbekiston MTJ a’zosi Jaloliddin Masharipov Eronning “Istiqlol” klubiga o‘tdi. Sportchi bilan 1,5 yillik shartnomaga kelishib olingan. U bir necha kun oldin Gretsiyaning “Panserraikos” jamoasini tark etgandi.
Magic City bog‘iga egalik qilgan Toshkent shahri sobiq hokimi va tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev ushbu loyiha qanday paydo bo‘lgani va nima uchun uni sotishga qaror qilgani haqida gapirdi. “U yerda muammo ko‘p. Ammo menda boshqa g‘oyalar ham bor, bu bilan chegaralanib qolgan joyim yo‘q-ku?” — deya ta’kidladi u.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanetsning fikricha, Qatar bilan o‘yindagi mag‘lubiyatdan xafa bo‘lmaslik kerak, chunki jamoa turnirda yaxshi qatnashdi. Murabbiy uning iste’fosi haqidagi savolga shunday javob berdi: “Hazillashyapsizmi?”
O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov Qatardan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng futbolchilar penaltilar seriyasi uchun mashq qilmaganini bildirdi. Jaloliddin Masharipov muxlislardan kechirim so‘rab, jamoa jahon chempionatiga chiqa olishiga ishontirdi.
Toshkent shahri sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishdan olinishi sabablarini izohlarkan, faoliyatida ko‘p xatolar qilgani, prezidentning qarorlarini esa muhokama qilmasligi haqida gapirdi. U, shuningdek, Turkiyaga qochib ketayotganida ushlangani aytilgan xabarlarga ham oydinlik kiritib o‘tdi.
O‘zbekistonning O‘monga yangi tayinlangan elchisi Abdusalom Xatamov Maskat shahriga yetib bordi. U 2018-yildan buyon Yekaterinburg (Rossiya) shahridagi bosh konsullikni boshqarib kelayotgandi.
O‘zbekistonda yerda qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishda tuproqning unumdor qatlamini sidirib olish va saqlash shartligi belgilandi. Bunga amal qilinmasa, yetkazilgan zararning o‘rni mahalliy budjetga tushadi. Undan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda foydalaniladi.
Shanba kuni tunda Qashqadaryo viloyatidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lidagi Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bunga qalin qor yoqqani sabab bo‘lgan.
O‘zbekiston futbol terma jamoasi Osiyo kubogining chorak finalida penaltilar seriyasida mezbon jamoa — Qatarga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi. Endi qatarliklar finalga yo‘llanma uchun Eronga qarshi o‘ynaydi. Xavfli vaziyatlarga boy kechgan bahsdan video, foto va statistika.
Soliq qo‘mitasi O‘zbekistonda 1-apreldan bekor bo‘ladigan QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar haqida eslatdi. Unga ko‘ra, tibbiy xizmatlar, dori vositalari, suv ta’minoti, kanalizatsiya issiqlik ta’minoti va yana bir qator sohalarda QQS qayta joriy etiladi.
Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra O‘zbekiston Bishkek issiqlik elektr stansiyasida yuz bergan avariya munosabati bilan Qirg‘izistonga yordam beradi. O‘shga Andijondan suyultirilgan gaz ballonlari yordam sifatida jo‘natildi.
Toshkent shahrida tovlamachilik va firibgarlikda gumonlangan shaxs ushlandi. U fuqarolarga foiz evaziga pul berib, qarzdorning nomida bo‘lgan uy va avtomobilni garov evaziga o‘zining nomiga rasmiylashtirib olgan. Garovga qo‘yilgan mulk miqdori foiz evaziga berilgan pul mablag‘idan 3−4 barobar ko‘p bo‘lgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaga Farxod Boqiyev hamda Sardor Radjabov o‘rinbosar etib tayinlandi. Boqiyev Senat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Radjabov esa mazkur vazirlik departamenti direktori sifatida ishlab kelayotgandi.
Toshkent va Buxoroda hujjatlarni rasmiylashtirib berish uchun pora talab qilgan bosh mutaxassis va arxitektor qo‘lga olindi. Ularga nisbatan firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Visit Dubai`dan har qanday budjetga mos keladigan, hamda har bir gurme uchun tashrif buyurishiga arziydigan shaharning qiziqarli joylari sharhi.
O‘zbekistonliklar uchun Janubiy Koreyadagi ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va qurilish sohasida 37,4 mingta ish o‘rni uchun tanlov o‘tkaziladi. Taklif etilayotgan sohalarda oylik maosh o‘rtacha 2000−2500 ming AQSh dollarini tashkil etishi ma’lum qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting