Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Germaniyada o‘zbekistonliklar uchun 50 ming bo‘sh ish o‘rni mavjudligi haqida e’lon berdi. Fuqarolar hamshiralik, haydovchilik kasblari, shuningdek, mehmonxona, restoran, turizm va boshqa sohalarda ishlashi mumkin.
O‘zbekistonda yanvar oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi 0,7 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,4 foizga, xizmatlar 0,9 foizga qimmatlashdi. Oziq-ovqat mahsulotlari inflyatsiyasida meva-sabzavotlarining narxi oshishi asosiy omilga aylandi. Shuningdek, chiqindi xizmati, benzin va propan narxlari oshdi.
Termizda 4 yoshli bolasini do‘kondan shirinlik va o‘yinchoqlar olib berishini so‘ragani uchun haqoratlab, kaltaklagan erkak 10 sutkaga qamaldi.
Tarmoqlarda mast holda xizmat kiyimida yurgan IIO xodimining videosi tarqaldi. Samarqand viloyati IIB videodagi xodim Qo‘shrabod tumani IIB profilaktika inspektori bo‘lgani va u ishdan olinganini bildirdi.
O‘zbekistonda 2025-yildan yangi qurilgan xususiy maktab binolarida 5 yil davomida kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplanadi. Maktab binolarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning foyda solig‘ini hisoblashda 2 yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlash huquqi beriladi.
Toshkent shahrining 5 ta tumanida Hotdogger nomli ko‘chma savdo shoxobchalari noqonuniy ulanish orqali 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan foydalangani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov Afg‘oniston mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Muhammad Yoqub bilan uchrashdi. Ular chegara va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
Hukumat 2017-yilda haydovchilik guvohnomasiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat maqomini bergandi. Uzbekistan Airports mahalliy aeroportlarda mazkur guvohnomalar qachondan tan olina boshlanishi haqida izoh berarkan, hozirda idoralararo tasdiqlash ishlari yakunlanayotganini bildirdi.
“Paxtakor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi Muhammadali O‘rinboyev Angliyaning “Brentford” klubiga ijara asosida o‘tdi. U Angliya Premer-ligasida o‘ynagan ilk o‘zbekistonlik futbolchi bo‘lishi mumkin.
Endi “Tashabbusli budjet”dagi loyihalarda “Bir fuqaro — bir ovoz” tizimi amal qiladi. Ya’ni bir fuqaroda bir necha telefon raqami bo‘lsa ham, u faqat bittasidan ovoz bera oladi. Moliya vazirligiga ko‘ra, “SIM kartani kim ishlatayotgani ahamiyatsiz, u kimning nomidaligi muhim”. Batafsil.
Asaka tumanida ko‘p yillik 6 tup chinor daraxti kesilishi oqibatida tabiatga 317 mln so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Tailandga qarshi o‘yindan mamnun ekanini aytdi. Shuningdek, terma jamoadagi jarohat olganlar, Osiyo Kubogi chorak finalida Qatar bilan bo‘lajak uchrashuvdan umidlari va taktika tanlash haqida gapirdi.
O‘zbekistonda zarur ish staji yo‘q keksalar, nogironligi bo‘lgan bolaga qarovchi vakillar, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchilarning nafaqasi miqdori 621 ming so‘m etib belgilandi. Avval bu miqdor 608 ming so‘m edi.
Qozog‘iston parlamenti ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytiruvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Hujjatda kaltaklashga ham jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining ish faoliyatiga oid tasvirlarni ularni “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda e’lon qilganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi norma jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lmoqda. “Gazeta.uz” ushbu tartib bo‘yicha aholi orasida so‘rovnoma o‘tkazdi.
Sho‘rchi tumanida bir yo‘nalishda harakatlangan mashinalarning biri chapga burilishi oqibatida YTH yuz berdi. Oqibatda avtomobillar 3 piyodani urib yubordi, 10 yoshli bola turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.
Sho‘rchi tumanida yo‘lovchi poyezdi temiryo‘l kesishmasidan o‘tayotgan Gentra`ni urib yubordi. Oqibatda mashinada bo‘lgan 5 kishi vafot etdi, 2 kishi shifoxonaga yotqizildi.
2023-yilda 3575 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan, bu avvalgi yilga nisbatan 14,7 foizga ko‘p degani. Katta farq bilan yetakchilik qilayotgan asosiy jinoyat turi mulkni o‘g‘irlashdir. Respublika darajasidagi amaldorlar 2022-yilga nisbatan 55 foizga kam hukm qilingan.
O‘zbekistonda tadbirkorlarning barqarorlik reytingini hisoblash uchun 23 ta mezon, jumladan, 9 ta jarima va 4 ta rag‘batlantirish qo‘llanadi. Bu kompaniyaning faoliyat davri, rentabellik darajasi, ko‘chmas mulk yoki yer uchastkasining mavjudligi, xodimlar ish haqi va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Qashqadaryodaning Kitob tumanida Damas haydovchisi avtomobilni to‘xtatmoqchi bo‘lgan yo‘l-patrul xizmati xodimini urib yubordi. Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa guvohlari inspektorni chiqarib olish uchun mashinani qo‘llari bilan ko‘tarayotgani aks etgan video tarqaldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting