Arxiv

Nurilla Abduraxmanov Bektemir tumaniga hokim etib tayinlandi
11 mart 2024, 20:20

Nurilla Abduraxmanov Bektemir tumaniga hokim etib tayinlandi

Toshkent shahri Bektemir tumaniga avval Chilonzor tumani hokimining “Gavhar” mahallasidagi yordamchisi bo‘lib ishlagan Nurilla Abduraxmanov hokim etib tayinlandi.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yil boshidan buyon yana 2,37 mlrd dollarga kamaydi, mablag‘ning bir qismi yevrobondlarni to‘lashga yo‘naltirildi
11 mart 2024, 20:05

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yil boshidan buyon yana 2,37 mlrd dollarga kamaydi, mablag‘ning bir qismi yevrobondlarni to‘lashga yo‘naltirildi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 2,37 mlrd dollarga qisqarib, 32,2 mlrd dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yil sentabridan beri eng kam ko‘rsatkich. Oltinning fizik hajmi o‘zgarmagan, ammo oltin va valyuta zaxiralarining qiymati pasaygan. Mablag‘lar hisobidan 500 mln dollarlik yevrobondlar so‘ndirilgan.

Britaniya O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi
11 mart 2024, 18:01

Britaniya O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi

O‘zbekistonlik diplomatlari va Buyuk Britaniya biznes va savdo vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Luis Kolvell o‘rtasidagi muzokaralarda Britaniya tomoni O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi qadamlarini olqishlab, bu yo‘nalishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va muzokaralar olib borishga tayyorligini bildirdi.

Respublika maktablarida davomat 97,7 foizga yetdi — Milliy gvardiya
11 mart 2024, 17:22

Respublika maktablarida davomat 97,7 foizga yetdi — Milliy gvardiya

Milliy gvardiya axborot xizmati 6−8-fevral kunlari darslarga 188 ming o‘quvchi sababsiz kelmaganini aniqladi. Shuningdek, inspektor-psixolog va mahalla yettiligi ko‘rayotgan chora-tadbirlar sabab o‘quvchilar davomati ijobiy tomonga o‘zgarayotganini, hozir davomat 97,7 foizga yetganini ma’lum qildi.

“Vazirlik bog‘cha opa emas”. Ozodbek Nazarbekov — san’atkorlarga chora ko‘rish haqida
11 mart 2024, 16:20

“Vazirlik bog‘cha opa emas”. Ozodbek Nazarbekov — san’atkorlarga chora ko‘rish haqida

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tarmoqlarda nomaqbul harakatlar qilayotgan san’at vakillariga chora ko‘rish haqidagi savolga munosabat bildirdi. U “vazirlik bog‘cha opa emasligi, nazorat qilish demokratik normaga tushmasligi”ni aytdi. “Ularga chora ko‘rsak, liberal taraf mutlaq norozi bo‘ladi”, — dedi u.

O‘zbekistonda taqiqlangan ozdiruvchi mahsulotlar ro‘yxati e’lon qilindi
11 mart 2024, 15:55

O‘zbekistonda taqiqlangan ozdiruvchi mahsulotlar ro‘yxati e’lon qilindi

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi O‘zbekistonda taqiqlangan ozdiruvchi mahsulotlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ularda kuchli ta’sir qiluvchi sibutramin moddasi mavjudligi aniqlangan.

“Kommersant’”: O‘zbekiston Rossiya gazini Turkiya va Xitoydan ko‘ra arzonroqqa sotib olmoqda
11 mart 2024, 15:25

“Kommersant’”: O‘zbekiston Rossiya gazini Turkiya va Xitoydan ko‘ra arzonroqqa sotib olmoqda

2023-yili O‘zbekiston Rossiya tabiiy gazini 1000 kub metri uchun 160 dollardan sotib oldi, deya xabar bermoqda “Kommersant’”. Bu narx Turkiya va Xitoyga sotilayotgan Rossiya gazi o‘rtacha narxidan past.

Bokuda o‘zbek to‘ni, so‘zanasi va zargarlik buyumlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
11 mart 2024, 14:37

Bokuda o‘zbek to‘ni, so‘zanasi va zargarlik buyumlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

17-mart kuni Bokudagi Haydar Aliyev markazida “Choklardagi meros: O‘zbekiston kashtachilik va tikuvchilik an’analari bo‘ylab sayohat” ko‘rgazmasi ochiladi. Unda XIX asr oxiri — XX asr boshlariga oid 150 ga yaqin amaliy san’at namunalari namoyish etiladi.

O‘zbekistonda 8-martdan elektr energiyasi yetkazib berishdagi cheklovlar bekor qilindi — Energetika vazirligi
11 mart 2024, 14:21

O‘zbekistonda 8-martdan elektr energiyasi yetkazib berishdagi cheklovlar bekor qilindi — Energetika vazirligi

Energetika vazirligi gaz bosimining normallashishi tufayli 8-martdan boshlab elektr energiyasi yetkazib berishdagi cheklovlar bekor qilinganini ma’lum qildi. Issiqlik elektr stansiyalari elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun ko‘proq gaz va kamroq ko‘mir hamda mazutdan foydalandi.

Yangi ochilgan “Qipchoq” metro bekatidan qayerga borsa bo‘ladi?
11 mart 2024, 13:13

Yangi ochilgan “Qipchoq” metro bekatidan qayerga borsa bo‘ladi?

Endi Yangihayot tumanidan Qo‘yliqqa metro orqali borish mumkin, bunga 20 daqiqa vaqt ketadi. Yangi ochilgan “Qipchoq”, “Turon” metro bekatlarida zina, eskalator va lift ishlab turibdi. Sergeli liniyasidan boshqa metro yo‘nalishiga almashish uchun yo‘lovchilar alohida yo‘lkira to‘laydi. (Yangi bekatlardan fotoreportaj)

“Men ko‘ngil ekologiyasi bilan shug‘ullanaman” — xalq rassomi Akmal Nur
11 mart 2024, 13:03

“Men ko‘ngil ekologiyasi bilan shug‘ullanaman” — xalq rassomi Akmal Nur

Fevral oxirida O‘zbekiston xalq rassomi, Badiiy akademiya raisi Akmal Nurning “Ichimdagi ichimdadir” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi. Unda ijodkor so‘nggi besh yil davomida chizgan 70 ga yaqin rasm namoyishga qo‘yilgan. “Gazeta.uz” muxbiri Mirolim Isajonov rassom bilan ko‘rgazma haqida suhbatlashdi.

Buxoroda bolasini beshikka bog‘lagancha kaltaklab kelgan ayolga nisbatan qo‘shimcha ayblov qo‘yildi
11 mart 2024, 12:11

Buxoroda bolasini beshikka bog‘lagancha kaltaklab kelgan ayolga nisbatan qo‘shimcha ayblov qo‘yildi

Shofirkon tumanida salkam ikki yil davomida bolasini qiynoqqa solib kelgan ayolga qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish bo‘yicha qo‘shimcha ayblov e’lon qilindi. U farzandini beshikka bog‘lagan holda tayoq va boshqa jismlar bilan kaltaklagan.

Hafta davomida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘adi
11 mart 2024, 11:36

Hafta davomida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘adi

Hafta davomida beqaror ob-havo saqlanib turadi, aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Chorshanbadan respublika hududiga sovuq havo massalari kirib keladi va harorat kechasi 0…+5, kunduzi +3…+8 darajagacha pasayadi. Joylarda shamol kuchayishi, yomg‘ir qorga aylanishi ham mumkin.

Baxtiyor Fazilov Gazli Gas Storage`ning asosiy benefitsiari bo‘lib qolmoqda — kompaniya
11 mart 2024, 11:02

Baxtiyor Fazilov Gazli Gas Storage`ning asosiy benefitsiari bo‘lib qolmoqda — kompaniya

Gazli Gas Storage kompaniyasi O‘zbekistondagi eng yirik gaz ombori bo‘lgan “Gazli”ning operatori ta’sischilari o‘zgarganiga izoh berdi. “Baxtiyor Fazilov restrukturizatsiyadan keyin ham asosiy benefitsiar bo‘lib qolmoqda. Kompaniya hech qachon sanksiya ostidagi shaxslarga tegishli bo‘lmagan”, — deyiladi bayonotda.

Artel O‘zbekiston Professional futbol ligasining titul homiyiga aylandi
11 mart 2024, 11:00

Artel O‘zbekiston Professional futbol ligasining titul homiyiga aylandi

Artel O‘zbekiston Professional futbol ligasining titul homiyligini e’lon qilib, va shu bilan mamlakatda futbol rivojiga o‘z hissani qo‘shish istagini bildiradi.

Komiljon Mullajanov Sayxunobod tumani hokimi bo‘ldi
11 mart 2024, 10:49

Komiljon Mullajanov Sayxunobod tumani hokimi bo‘ldi

Komiljon Mullajanov Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga hokim bo‘ldi. Shuningdek, Abduraxim Umarov viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

“Oskar” mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi
11 mart 2024, 10:40

“Oskar” mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

AQShda 96-Oskar taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Eng yaxshi film nominatsiyasida kutilganidek “Oppenhaymer” g‘olib bo‘ldi. Eng yaxshi aktyor Killian Myorfi bo‘lgan bo‘lsa, eng yaxshi aktrisa deb Emma Stoun topildi. G‘oliblar ro‘yxatini taqdim etamiz.

Foto: O‘zbekistonda taroveh namozlari boshlandi
11 mart 2024, 09:51

Foto: O‘zbekistonda taroveh namozlari boshlandi

10-martdan O‘zbekiston bo‘ylab taroveh namozlarini ado etish boshlandi. “Gazeta.uz” poytaxtning qadimiy masjidlardan biri — “Oxun Guzar"dan fotoreportaj tayyorladi.

Ramazon oyida sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha JSST tavsiyalari
10 mart 2024, 22:39

Ramazon oyida sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha JSST tavsiyalari

Ramazon paytida haddan tashqari ko‘p ovqat yeyish yoki noto‘g‘ri ovqatlanish inson salomatligiga zarar yetkazishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ro‘za paytida sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha maslahatlar bilan bo‘lishdi. “Gazeta.uz” ularni taqdim etadi.

AQShda o‘zbekistonlik erkak xotinini pichoqladi, politsiya uni otib o‘ldirdi
10 mart 2024, 13:53

AQShda o‘zbekistonlik erkak xotinini pichoqladi, politsiya uni otib o‘ldirdi

Nyu-York shahrida o‘zbekistonlik erkak xotinini pichoqladi. U politsiyaning pichoqni tashlash to‘g‘risidagi talabiga bo‘ysunmagach, otib o‘ldirildi. Ayol hozirda shifoxonada va u erining vafotidan xabardor emas.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting