Buvayda tumanidan o‘tuvchi Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lida Cobalt, Nexia-2, Tico va Hyundai Porter avtomobillari to‘qnashdi. Voqeaga haydovchilarning qalin tuman tushgan vaqtda oraliq masofani saqlay olmagani sabab bo‘ldi, ulardan biri shifoxonaga murojaat qildi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Shaxrux Sharaxmetov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, Toshkent shahridagi 99-maktabda o‘qigan 8-sinf o‘quvchisining o‘limiga elektr toki urishi sabab bo‘lgan. Avvalroq Maktab boshqarmasi o‘quvchi elektr tokidan jarohat olmaganini ma’lum qilgandi, bir muddat o‘tib, xabarning bu qismi o‘chirib tashlandi.
Poytaxtdagi 10 ta maktabning o‘quvchilari shaharni ko‘kalamzorlashtirish loyihasida ishtirok etib, urug‘dan daraxt yetishtirishni o‘rganmoqda. Loyiha yakunida mamlakatdagi barcha maktablar uchun qo‘llanma ishlab chiqiladi. “Gazeta.uz” loyiha va uning shaharlarni barqaror rivojlantirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritadi.
Deputatlar qoidabuzarlik sodir etganlik uchun jarima ballari joriy etish belgilangan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilishdi. Ushbu norma bilan jarima ballari 1 yilda 12 balldan oshsa haydovchi haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinadi. Tizim aslida 2022-yil 1-dekabrda ishga tushishi kerak edi.
Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun loyihasiga ko‘ra, atrof tabiiy muhitni normativdan ortiq darajada ifloslantiruvchi korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyati o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklanadi hamda to‘xtatib turiladi.
Tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-maktab o‘quvchisi tok urishi oqibatida vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Maktab boshqarmasi buni rad etib, o‘quvchi maktabda hushini yo‘qotgani va ko‘rsatilgan yordamga qaramay, kardiologiya markazida vafot etganini bildirdi.
Toshkentdagi “Kosmonavtlar” metro bekatiga yaqin hududni quyuq tutun qopladi. Videolarda tutun yer ostidan chiqayotganini ko‘rish mumkin. Metropoliten va “HET” bunga elektr kabellaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda OTM talabalari, professional ta’lim muassasalari va akademik litsey o‘quvchilariga qishki ta’til 25-dekabrda boshlanib, 2024-yil 7-yanvarigacha davom etadi. Vazirlik bu tartib faqat davlat ta’lim muassasalariga tegishliligi, nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun esa tavsiyaviy ekanini bildirdi.
Prezident farmoni bilan falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy kengash tomonidan o‘tkaziladigan dissertatsiya himoyasini, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarini internet orqali jonli efirga uzatish belgilandi.
Sherzod Bo‘riyev Shahrisabz shahriga hokim etib tayinlandi. U bunga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Prezident farmoni bilan Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati kengaytirildi. 1-dekabrdan “Haj”ga borish uchun navbatda turganlar, bolalarni “bog‘cha”ga qabul qilish bo‘yicha arizalar navbati va yana 3 turdagi ma’lumotlar ham ochiq e’lon qilinadi.
“Antistrumin” preparati bilan bog‘liq jinoiy ish doirasida 3 nafar shifokor ayolning hibsga olingani haqidagi ma’lumotlarning tarqatilishi tergovning xolis va obyektiv o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilmoqda, deya xabar berdi Bosh prokuratura.
Yangi Zelandiyada 2008-yildan keyin tug‘ilganlarga sigaret sotishni taqiqlash bo‘yicha qonun bekor qilindi. Hukumat buni soliqlarni kamaytirish maqsadida qilingani bilan izohladi.
Yaponiya hukumati Qoraqalpog‘istonning Nukus tumani tibbiyot birlashmasiga qariyb 100 ming dollarlik ultratovush tekshiruvi apparati sovg‘a qildi.
Bundan 106 yil muqaddam — 1917-yilning 27-noyabr oqshomida O‘rta Osiyo mintaqasidagi ilk demokratik, ham dunyoviy davlat — Turkiston muxtoriyati e’lon qilingan edi. “Gazeta.uz” sana munosabati bilan O‘zbekiston tarixining ushbu muhim bosqichi haqida test tayyorladi.
Toshkent hayvonot bog‘iga Janubiy Afrikadan 3 ta zebra, 3 ta jirafa bolasi, oq Bengal yo‘lbarsi va oq sher olib kelindi. 2022-yilning avgust oyida u yerdagi Alatau laqabli jirafa nobud bo‘lgandi.
Namanganda uch nafar tibbiyot xodimi bolalarning yoddan zaharlanishi bilan bog‘liq ish bo‘yicha ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi. Vrachlar assotsiatsiyasi ehtiyot chorasini yengilrog‘iga o‘zgartirishni so‘rab, prezidentga xat yo‘lladi.
Nukuslik fotosuratchi Azamat Matkarimov ish bilan tez-tez Urganchga boradi. Bu safarlarida u qishloq manzaralari yil davomida qanday o‘zgarishini kuzatadi. Fasllar almashinuvi sholizorlarda ayniqsa yorqin aks etadi. Uning suratlari, masalan, bir lagan palov ortida qancha mehnat yotgani haqida hikoya qiladi.
ITicket.uz Toshkentdagi Humo Arena`da bo‘lib o‘tgan san’atkor Jah Khalib`ning konsertiga ko‘pchilik uchinchi shaxs yoki saytlardan qalbaki chiptalar sotib olgani uchun kira olmaganini ma’lum qildi. Chiptalarni rasmiy manbalar orqali sotib olganlarga pul qaytariladi, dedi kompaniya.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting