Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudi bloger Olimjon Haydarovga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. U tuhmat, haqorat qilish va tovlamachilik jinoyatlarini sodir etganlikda aybdor deb topildi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
Yangihayot tumanida 17 yoshli qiz o‘zini ko‘p qavatli uyning 6-qavatidan tashladi. U olgan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etdi. Holat sababi aniq emas, tekshirish olib borilmoqda.
Markaziy bank o‘g‘irlik va firibgarlikning oldini olish uchun shubhali operatsiyalar vaqtida bank kartalari va hisobvaraqlarni bloklash to‘g‘risida majburiy ko‘rsatma berishi mumkin bo‘ladi. Banklar va to‘lov tashkilotlari firibgarlikka qarshi tizimlarni joriy etadi va yirik o‘tkazmalarni nazorat qiladi.
O‘zbekitsonda Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha II global forumi o‘tkazildi. Unda Toshkent kommyunikesi qabul qilindi va BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi loyihasini BMTda ilgari surish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.
Asialuxe Travel milliy turoperatori Maldiv orollaridagi ta’til haqida tez-tez so‘raladigan savollarga javob berdi va sayohatlar narxlari bilan o‘rtoqlashdi.
2024-yil 1-iyuldan boshlab to‘lov tizimi operatorlari va tashkilotlari faqat aksiyadorlik jamiyati shaklida tuziladi va faoliyat yuritadi. Ular uchun ustav kapitalining eng kam miqdori ham oshiriladi.
Jinoyat ishiga aloqador yangi shaxslar ayblanayotgani va boshqa asoslarga ko‘ra “Dok-1 Maks” ishini ko‘rish 1-dekabrdan 1 oylik muddatga to‘xtatildi.
Humo to‘lov tizimidagi davlat ulushi to‘liq Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladi. Uzcard`ga raqobatchi sifatida tashkil etilgan milliy protsessing markazining bunday o‘zgarishi tushuntirilmagan.
O‘zbekistonda 2−3-dekabr kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asta-sekin ko‘tarilib, kunduzi +18 darajagacha, kechasi +7 darajagacha iliq bo‘ladi.
DXX Qo‘qon, Samarqand shaharlari va Pastdarg‘om tumanida AQShga noqonuniy yuborish bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘ydi. Xususan, bir holatda 25 ming dollar evaziga Meksika orqali Amerikaga yuborishni va’da qilgan shaxs puldan 15 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushdi.
Olti kun davom etgan sulhdan so‘ng Isroil G‘azo sektoriga zarba berdi, oqibatda bir necha kishi halok bo‘ldi. Jangovar harakatlarni qayta boshlashga HAMAS birinchi bo‘lib raketa hujumi uyushtirgani, bu esa sulhga zid ekani sabab sifatida ko‘rsatildi.
Dubayda (BAA) BMT xalqaro iqlim sammiti — COP28 ochildi. 2023-yilda unda 190 dan ortiq davlatdan 70 mingdan ortiq kishi ishtirok etishi rejalashtirilgan. Konferensiyaning asosiy maqsadi insoniyatning Parij kelishuvi maqsadlariga erishish yo‘lidagi progressini tahlil qilishdan iborat.
Perfectum mobil operatori yangi abonentlar uchun Max Voice yangi cheksiz ovozli tarifi, shuningdek, yarim yillik Qulay New tariflari raqamlari uchun 90% chegirma va “2024 Yangi yil paketlari” haqida e’lon qildi.
Buxoro shahriga Xitoyning 20 ta yangi Zhang Tong avtobusi keltirildi, ular 5-dekabrdan yo‘nalishlarga chiqariladi. 2024-yil iyuligacha yana 80 ta shunday avtobus yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-maktabning 8-sinf o‘quvchisi elektr toki urishi oqibatida vafot etgani yuzasidan Jinoyat kodeksining ikki moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkentdagi kafe menejeri va uning xodimi soat 22:30 dan keyin ayollarni muassasaga kiritmagani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari (har biri 6,6 million so‘mdan) miqdorida jarimaga tortildi. Ular jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilish moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilgan.
Turkmanistonda kurash bo‘yicha o‘tgan XIV jahon chempionatida o‘zbekistonliklar 9 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
Davlat soliq qo‘mitasi 1-dekabrdan boshlab Yandex Go xizmati O‘zbekiston hududida soliq rezidenti — “YandexGo UB” MCHJ tomonidan taqdim etilishini ma’lum qildi. Avvalroq qo‘mita Yandex Go`dan soliq rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tib, soliqlarni to‘lash va mijozlarga fiskal chek taqdim etishni talab qilgandi.
Jahon banki Ijrochi direktorlari kengashi “O‘zbekistonda raqamli inklyuzivlik” loyihasini amalga oshirish uchun 50 mln dollar imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi. Loyiha orqali 9000 ga yaqin yoshlar, shu jumladan, 360 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarni ITES kompaniyalarida ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
O‘zbekistonda hozirda beshta turizm qishlog‘i bor: Konigil va Bog‘i Baland, Ovjazsoy va Ertoshsoy, Sentob. 2023-yil oktabrida Sentob jahondagi eng yaxshi turizm qishloqlaridan biri deb e’lon qilindi. “Gazeta.uz” jurnalistlari Nurotada bo‘lib, bu qishloq nimalari bilan hayratga solishini o‘rganib qaytdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting