Arxiv

Toshkentning 4 ta tumanidagi ayrim ko‘chalar elektrdan vaqtincha uzildi
23 iyun 2023, 10:39

Toshkentning 4 ta tumanidagi ayrim ko‘chalar elektrdan vaqtincha uzildi

Bektemir, Chilonzor, Yakkasaroy va Sergeli tumanlarining ayrim ko‘chalarida soat 17:00 gacha elektr ta’minoti to‘xtatildi.

Navoiyda mablag‘larni talon-toroj qilgan mansabdor yangi tayinlovdan bir kun o‘tib ishdan bo‘shatildi
23 iyun 2023, 10:11

Navoiyda mablag‘larni talon-toroj qilgan mansabdor yangi tayinlovdan bir kun o‘tib ishdan bo‘shatildi

21-iyun kuni Navoiy shahri hokimi 2021-yilda 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni talon-toroj qilgani uchun ishdan bo‘shatilgan Yusuf Tursunovni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlagandi. OAV bunga e’tibor qaratganidan so‘ng 22-iyun kuni Tursunov “o‘z xohishiga ko‘ra” ishdan bo‘shatildi.

Tijorat banklarida dollarning sotish va sotib olish kursi bir necha kunlik ko‘tarilishdan so‘ng tushdi
23 iyun 2023, 09:57

Tijorat banklarida dollarning sotish va sotib olish kursi bir necha kunlik ko‘tarilishdan so‘ng tushdi

Tijorat banklari 23-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 425−11 480 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 520−11 540 so‘m.

Rekord darajada qatl va ommaviy hibsga olishlar: Eronda inson huquqlari bo‘yicha hisobot
23 iyun 2023, 00:20

Rekord darajada qatl va ommaviy hibsga olishlar: Eronda inson huquqlari bo‘yicha hisobot

Eronda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat o‘tgan yilgi ommaviy namoyishlar to‘lqinidan keyin ancha yomonlashgan. BMT hisobotida aytilishicha, o‘n minglab odamlar, jumladan, bolalar hibsga olingan, yuzlab odamlar qatl etilgan, shuningdek, onlayn senzura kuchaygan.

Qibrayda mast haydovchi uch bolani urib yubordi, 14 yoshli bola vafot etdi
23 iyun 2023, 00:09

Qibrayda mast haydovchi uch bolani urib yubordi, 14 yoshli bola vafot etdi

Toshkent viloyati Qibray tumanida mast haydovchi “VAZ-2106” avtomashinasi bilan uch nafar bolani urib yubordi. 14 yoshli bola vafot etdi.

Jurnalistika universiteti kafedrasiga Qudrat Irnazarov nomi beriladi
22 iyun 2023, 23:47

Jurnalistika universiteti kafedrasiga Qudrat Irnazarov nomi beriladi

Marhum professor Qudrat Irnazarov ishlagan O‘zbekiston jurnalistika universitetining “Jamoatchilik bilan aloqalar” kafedrasi va auditoriyalardan biriga uning nomi beriladi, deya ma’lum qildi universitet rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja.

Toshkent viloyatida 11 yoshli bola onasining tazyiqlari sababli Bolalar ombudsmanidan yordam so‘radi
22 iyun 2023, 19:31

Toshkent viloyatida 11 yoshli bola onasining tazyiqlari sababli Bolalar ombudsmanidan yordam so‘radi

Toshkent viloyatida 11 yoshli bola onasidan shikoyat qilib Bolalar ombudsmaniga murojaat qildi. Uning maktabga bormasligi, o‘qish-yozishni bilmasligi ma’lum bo‘ldi. Hozirda ayol alkogolizmdan davolanishga, bolalari esa ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan.

“Kaxovka GESi portlatilishi suv omborlarimizga ko‘proq e’tibor berish kerakligini ko‘rsatdi” — suv vaziri
22 iyun 2023, 19:18

“Kaxovka GESi portlatilishi suv omborlarimizga ko‘proq e’tibor berish kerakligini ko‘rsatdi” — suv vaziri

Ukrainadagi “Kaxovka” GESi portlatilishi O‘zbekistondagi suv omborlariga ham ko‘proq e’tibor qaratish kerakligini ko‘rsatdi, dedi suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, shartli ravishda “Chorvoq” GESi portlatilgan va zudlik bilan choralar ko‘rish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilgan. Video.

Toshkentda iyul va avgust oylarida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi. Ro‘yxat
22 iyun 2023, 18:36

Toshkentda iyul va avgust oylarida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi. Ro‘yxat

Toshkentdagi issiqlik markazlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi sababli ayrim tumanlarda iyul-avgust oylarida issiq suv bo‘lmaydi. Ro‘yxat.

UzAuto Motors yanvar-may oylarida eng ko‘p sotuvda yo‘q avtomobillarni ishlab chiqardi
22 iyun 2023, 17:49

UzAuto Motors yanvar-may oylarida eng ko‘p sotuvda yo‘q avtomobillarni ishlab chiqardi

UzAuto Motors yilning dastlabki 5 oyida eng ko‘p Cobalt, Gentra va Damas ishlab chiqardi. Bu modellarning hech biri sotuvda mavjud emas. Dekabr oyida kompaniya avval buyurtma qilingan avtomobillarni yetkazib berish uchun Lacetti, Cobalt, Damas`ga buyurtma qabul qilishni to‘xtatgandi.

Chinozda 11 gektar somonpoya qoldiqlarini yoqib yuborgan fermer jarimaga tortildi
22 iyun 2023, 17:39

Chinozda 11 gektar somonpoya qoldiqlarini yoqib yuborgan fermer jarimaga tortildi

Toshkent viloyatida g‘alladan bo‘shagan 11,6 gektar maydondagi somonpoya qoldiqlari yoqilgani sabab dala chetidagi daraxtlar shikastlandi. Tuproq unumdorligiga 24,6 mln so‘m, o‘simlik dunyosiga 16,8 mln so‘m zarar yetdi. Fermer jarimaga tortildi. Ekologiya vazirligi somonpoya qoldiqlarini yoqmaslikka chaqirmoqda.

Toshkent yashash uchun qulay shaharlar reytingida 157-o‘rinni egalladi
22 iyun 2023, 17:16

Toshkent yashash uchun qulay shaharlar reytingida 157-o‘rinni egalladi

Economist Intelligence Unit`ga ko‘ra, Toshkent yashash uchun qulay shaharlar reytingida 13 pog‘ona pastlab, 173 ta shahar ichida 157-o‘rinni egalladi. Ro‘yxatda Avstriyaning Vena shahri yetakchilik qilmoqda.

O‘zbekistonda chiroyli avtoraqamlar ro‘yxati va narxi yangilandi
22 iyun 2023, 16:57

O‘zbekistonda chiroyli avtoraqamlar ro‘yxati va narxi yangilandi

Hukumat qarori bilan chiroyli avtoraqamlar ro‘yxati va narxi yangilandi. 1-iyuldan auksion savdolari orqali sotilishi belgilanmagan, harflari bir xil kombinatsiyada bo‘lgan 680 juft davlat raqami boshlang‘ich narxda auksion savdolariga qo‘yiladi.

Akvaparkdagi raqqosalardan OITS va OIV uchun tahlil olinmagan — IIV
22 iyun 2023, 16:47

Akvaparkdagi raqqosalardan OITS va OIV uchun tahlil olinmagan — IIV

Samarqandda akvaparkdagi raqqosalardan OITS va OIV uchun qon tahlillari olinib, ular bilan suhbat uyushtirilgani aytilgandi. IIV holatni rad etib, buni “shoshma-shosharlik bilan tayyorlangan ma’lumot” deb atadi va viloyat IIB xodimlarining harakatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlanganini bildirdi.

Nodirjon Xolbo‘tayev Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri bo‘ldi
22 iyun 2023, 16:19

Nodirjon Xolbo‘tayev Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri bo‘ldi

“Yoshlik” jurnali bosh muharriri, Prezident maslahatchisi o‘rinbosari, Yozuvchilar uyushmasi raisi birinchi o‘rinbosari kabi lavozimlarda ishlagan Nodirjon Xolbo‘tayev Davlat tilini rivojlantirish departamentiga mudir etib tayinlandi.

Koronavirusga chalinganlar bilan ishlayotgan shifokorlarga beriladigan ustama miqdori kamaydi
22 iyun 2023, 15:57

Koronavirusga chalinganlar bilan ishlayotgan shifokorlarga beriladigan ustama miqdori kamaydi

Prezident farmoniga ko‘ra, koronavirusga chalingan bemorlar bilan ishlayotgan shifokor va boshqa xodimlarga ishlagan davri uchun beriladigan maxsus ustama to‘lovi 200 foizdan 50 foizga tushirildi.

Narkologik kasallikka chalingan shaxsni majburiy davolash zaruriyati narkologiya dispanserida aniqlanadi
22 iyun 2023, 15:55

Narkologik kasallikka chalingan shaxsni majburiy davolash zaruriyati narkologiya dispanserida aniqlanadi

Qonunchilikka narkologik kasallikka chalingan shaxsni majburiy davolash zaruriyatini aniqlash bilan bog‘liq barcha klinik tekshiruvlar narkologiya dispanserining o‘zida, zarur hollarda esa tegishli mutaxassislar mavjud bo‘lgan boshqa tibbiyot muassasalarida ham o‘tkazilishi haqidagi norma kiritilmoqda.

Toshkent metrosida 5 oyda 70 millionga yaqin yo‘lovchi tashildi
22 iyun 2023, 15:31

Toshkent metrosida 5 oyda 70 millionga yaqin yo‘lovchi tashildi

2023-yilning besh oyi davomida Toshkent metropoliteni 68,5 million yo‘lovchi tashdi. Eng ko‘p yo‘lovchi oqimi — 15,8 mln nafar yo‘lovchi may oyida qayd etildi.

MIB tomonidan qo‘llaniladigan jarima miqdori undirilishi belgilangan summadan oshmasligi belgilanmoqda
22 iyun 2023, 14:56

MIB tomonidan qo‘llaniladigan jarima miqdori undirilishi belgilangan summadan oshmasligi belgilanmoqda

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘llaniladigan jarimaning miqdori ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan yuqori bo‘lishi mumkin emasligi haqida norma kiritilmoqda. “150 ming so‘m qarzni to‘lamaganlik uchun 300 ming so‘m jarima solish — bu adolatdan emas”, — dedi Senat raisi.

O‘zbekiston BAAning sun’iy yomg‘ir hosil qilish tajribasini o‘rganadi
22 iyun 2023, 14:46

O‘zbekiston BAAning sun’iy yomg‘ir hosil qilish tajribasini o‘rganadi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BAAga tashrifi chog‘ida yomg‘ir hosil qilish texnologiyasi bilan tanishdi va Jahon meteorologiya tashkiloti prezidenti Abdulloh Al Mandus bilan ushbu tajribani O‘zbekistonda, ayniqsa, Orolbo‘yi mintaqasida joriy etish istiqbollarini muhokama qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting