Prezident administratsiyasida ishlab kelgan Kamol Muxtorov O‘zbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakili etib tayinlandi. Avvalgi vakil Umid Shadiyev Turizm qo‘mitasi raisi etib tayinlangandi.
O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning 78 foizi begonalar, 14 foizi ota-onalari, qolgani qarindosh va tanishlari tomonidan sodir etilmoqda. Prokuror Laylo Fayzimurodovaning ta’kidlashicha, nafaqat zo‘ravonlik qurboni, balki voqeaga guvoh bo‘lgan va ruhiy jabrlangan bolalar bilan ham ishlash kerak.
Toshkent shimoliy vokzali 16-oktabrdan o‘z faoliyatini tiklaydi. U yerdan “Afyrosiyob”, “Sharq”, “Nasaf”, “O‘zbekiston” poyezdlari va “Toshkent-Volgograd” poyezdi harakatlanadi. 16-oktabrdan Janubiy vokzaldan Xo‘jakent, Guliston, Angren, Xovos va Bekobodga poyezdlar jo‘naydi.
Zangiota tumanida ayol sobiq eri uni 5 soat kaltaklab, shifoxonaga keltirgani, holatga mas’ullar e’tibor qaratmaganini aytib, murojaat qildi. Video tarmoqlarda tarqalgach, hokimliklar, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va IIB vakillari ayol bilan uchrashib, holatni nazoratga oldi. Ayol poytaxtda davolanmoqda.
Prezident qarori bilan O‘zbekistonda avtomobillarning markaziy vokzallarga kirishiga ruxsat berilish mumkin. Stansiyalar hududida savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari ham tashkil etiladi.
Yevroparlament O‘zbekiston Rossiyaning Ukrainaga nisbatan harbiy harakatini qoralamaganidan afsusda ekanini bildirdi va rasmiylarni shunga chaqirdi. Yevropa Ittifoqi organi, shuningdek, “Rossiya davlat kompaniyalari va O‘zbekiston gaz sektoridan foyda ko‘ruvchi insayderlarga berilgan imtiyozlardan” afsusda.
Rulda ketayotganini videoga olib, svetoforda Nexia-3 bilan to‘qnashgan Equinox haydovchisi haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi va yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun atigi 1 mln 650 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Sud Nexia-3 haydovchisiga ham guvohnomasi yo‘qligi uchun xuddi shu miqdorda jarima soldi.
Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasining Chexiyaga rasmiy tashrifi yakunida 800 mln yevrodan ziyod investitsiya va savdo shartnomalari, shuningdek, readmissiya va tranzit, diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod etish kabi bitimlar imzolandi.
Yashnobod tumanida fuqaro qalbaki 40 mln so‘mni 18 mln so‘mga sotishda gumonlanmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Brend mamlakatning barcha aholisi uchun tanlov e’lon qildi, unda har bir kishi o‘z omadini sinab ko‘rishi va nafaqat O‘zbekiston fuqarolari orasida shuhrat qozonishi, balki texnologik gadjetlarni ham qo‘lga kiritishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi Toshkent metropolitenidan foydalanishning yangi qoidalarini tasdiqladi. Metroda elektron sigaretalar, nosvoy chekish, akrobatika hamda sport mashqlarini bajarish, poyabzalsiz va kiyimsiz yurish taqiqlanadi. Metroga velosiped va samokatda kirish ham taqiqlandi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” va Škoda Group o‘rtasida 320 mln yevrolik 30 ta elektropoyezd yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Bosh vazir Abdulla Aripov buni O‘zbekiston temir yo‘llari sohasi uchun inqilobiy deb atadi. Kelgusi yildan past polli harakat tarkiblarini ishlab chiqarish boshlanadi. Foto.
“O‘zbekiston is gaziga qarshi kurash jamiyati” uch yildan ortiq vaqtdan beri NNT sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha rad javobini olib kelmoqda. “Gazeta.uz” kolumnisti Dilmurod Yusupov 12 ta javob xatini o‘rganib chiqib, NNTlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq muammolar hali ham tizimli ekanini ta’kidladi.
2025-yildan Shvetsiya poytaxti Stokgolm markaziga benzin va dizel yonilg‘isida yuradigan avtomobillarning kirishi taqiqlanadi. Shahar rasmiylari bu qarorni havo sifatini yaxshilash va transport shovqinini kamaytirish maqsadida qabul qildi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkentdan Tel-Avivga parvozlarni davom ettirmoqda, deb xabar qildi O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi.
O‘zbekistonda 25-oktabrdan 1-dekabrgacha kuzgi daraxt ekish mavsumi doirasida 85 mln tup ko‘chat ekish rejalashtirilmoqda. Prezident bu borada avval yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslik shart ekanini ta’kidladi. U obodonlashtirish bo‘limlarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha tajriba o‘tkazishni ma’qulladi.
Prezident O‘zbekistonga sayyohlarni ko‘paytirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishda bu borada yaqin xorij va Xitoy katta salohiyatga egaligini ta’kidladi. Madaniy tadbirlarni ko‘paytirish, filmlar suratga olish, turizm obyektlarida tozalik, xushmuomalalikni targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
OTBdan elektromobillarni ommalashtirish uchun $170 mln, Toshkentda tuproq bosib qolib vafot etgan 2 quruvchi, metropolitendagi uzilishlar sababi, $75 mingga sotilgan eng qimmat avtoraqam, Andijon davlat universitetidagi 39,3 mlrd so‘mlik talon-toroj va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
O‘zbekiston Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasidan 6 ta tezyurar poyezd, Chexiyaning Skoda kompaniyasidan 30 ta elektropoyezd sotib olishni rejalashtirmoqda. Buning uchun davlat kafolati ostida 535 mln yevro miqdorida kreditlar jalb etiladi.
01 777 RRR avtomobil raqami kimoshdi savdosida 894 mln so‘mga sotilib, O‘zbekistonda yuridik shaxslar uchun eng qimmat “chiroyli” raqam bo‘ldi. Bir yarim soatlik savdoda narx 3 barobarga oshdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting