TBC Bank vakillari o‘z misolida bankning ishonchliligini tekshirish usullari va bank tanlashda nimalarga e’tibor berish kerakligi xaqida gapirib berdi.
Toshkentda 24-iyun kuni Mo‘g‘uliston elchixonasi rasman ochiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning muzokaralar yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun bergan bayonotida ma’lum qilindi.
Saudiya Arabistoni rasmiylarining ma’lum qilishicha, bu yil Haj vaqtida 1301 kishi vafot etdi. Ularning aksariyati ro‘yxatdan o‘tmagan ziyoratchilar bo‘lib, jaziramada uzoq vaqt qolib ketgan.
Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Davlatlararo munosabatlar va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi. Davlat tashrifi davomida savdo, turizm, havo qatnovi, xavfsizlik, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarga oid jami 14 ta hujjatga imzo chekildi.
Moskvaning “Krokus siti holl”idagi teraktdan jabrlangan oilalarning 100 nafar farzandi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Anor” bolalar oromgohida ikki hafta dam oladi. Bundan tashqari, ular Samarqandga ham tashrif buyuradi.
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari imtiyozli savdo va bozorlarga kirish sharoitlarini o‘zaro yengillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlashga kelishib oldi. Mo‘g‘uliston O‘zbekistonga go‘sht yetkazib beradi va chorvachilik klasterlari yaratadi. Yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmini 5−10 barobarga oshirish reja qilinmoqda.
Xalqaro sertifikatlangan buxgalterlar uyushmasi “O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki”ga nufuzli ASSA tomonidan tasdiqlangan ish beruvchi maqomini berdi.
O‘zbekistonda seshanbadan to ish haftasining oxirigacha harorat ko‘tarilib, kunduzi +35…+40, janubda va cho‘l hududlarda +43 darajagacha isishi mumkin. Ushbu kunlarda faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli momaqaldiroq va yomg‘ir bo‘lishi, sel-suv toshqini yuzaga kelishi kutilmoqda.
Dushanba kuni Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxni Ko‘ksaroy qarorgohida kutib oldi. Foto.
Yangihayot tumanida fuqaro qonunga xilof ravishda mayning faoliyatini amalga oshirgani aniqlandi. U 751,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.
Meest China oshxona anjomlari uchun variantlarni yig‘di, shuningdek, ularni sotib olishda qanday qilib pulni tejab qolish mumkinligini aytib berdi. 12-iyundan boshlab u yangi havo tariflarini joriy qildi.
O‘zbekiston prezidenti Darband va Maxachqal’adagi teraktlar munosabati bilan Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi. Ikki cherkov, ikkita sinagoga va yo‘l-patrul postiga uyushtirilgan hujumlar oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi va yaralandi.
Londondagi Britaniya muzeyida 26-sentabrdan “Ipak yo‘llari” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlaydi. Unda O‘zbekistonning muzey kolleksiyalariga mansub 14 ta eksponat, jumladan, shatranj donalarining ko‘hna to‘plamlaridan biri va 6 metrlik “Elchilar xonasi” devoriy surati namoyish etiladi.
Perfectum e& Group bilan O‘zbekiston telekommunikatsiya ekotizimini raqamlashtirish va transformatsiya qilish uchun hamkorlik qiladi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha apellyatsiya sudi muzokaraga kirishdi. Bir necha advokat himoyasi ostidagi sudlanuvchilarga oqlov so‘radi. 20 nafar jabrlanuvchi tovon puli to‘lansa, da’vosidan voz kechish hamda Sardor Kariyev va boshqa sudlanuvchilarning ozod etilishiga qarshi emasligini bildirdi. “Gazeta.uz” stenogrammasi.
“Baxti Tashkentskiy” va 36 nafar ayblanuvchi bo‘yicha boshlangan sud majlisini yoritayotgan “Daryo” jurnalisti Otabek Qo‘ldoshev IIBga chaqirildi. Jurnalist shikoyat arizasi bilan tanishtirilmay, tushuntirish xati yozdirib olingan. Uning ustidan sudga raislik qilayotgan sudya shikoyat qilgani aytilmoqda.
Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqasi Luvsandorj Bolorsetseg hamrohligida Toshkentga yetib keldi. Ularni aeroportda bosh vazir Abdulla Aripov kutib oldi.
Futbol bo‘yicha Yevro-2024 o‘yinlarida guruh bosqichi ikkinchi turidan so‘ng pley-offning ilk ishtirokchilari nomi ma’lum — Germaniya, Ispaniya va Portugaliya. Shu bilan birga, turli kutilmagan natijalar, “syurpriz” bo‘layotgan terma jamoalar mavjud. “Taktika” jamoasi yakuniy tur oldidan guruhlarga nazar soldi.
Urganch xalqaro aeroporti 20-iyuldan 8-avgustgacha yopiladi. Bu paytda uchish-qo‘nish yo‘lagini kapital ta’mirlash ishlari olib boriladi. Rejalashtirilgan reyslar Nukus xalqaro aeroportiga yo‘naltiriladi, yo‘lovchilar transfer bilan ta’minlanadi.
Farg‘onada kriminal avtoritet bo‘lishga uringan Abdullo Egamberdiyev qo‘lga olindi. Viloyat IIBga ko‘ra, u “Baxti Tashkentskiy” va “Salimboyvachcha” bilan yaqin aloqada bo‘lib, jinoyat olamida yetakchilikka intilib kelgan. Egamberdiyev firibgarlik va pora berish kabi jinoyatlarda ayblanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting