Arxiv

Prezident Tashkent City hududidagi opera teatri qurilishini ko‘zdan kechirdi
15 oktabr 2023, 21:39

Prezident Tashkent City hududidagi opera teatri qurilishini ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston prezidenti Tashkent City hududida qurilishi 15 kun ichida yakunlanishi rejalashtirilgan opera teatri loyihasi bilan tanishdi. Dastlab opera teatri biznes markazi loyihalariga kiritilmagan, obyekt Milliy bog‘dagi quritilgan ko‘l o‘rnida qurilishi rejalashtirilgan edi.

Isroildagi OTMda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar vatanga qaytarildi
15 oktabr 2023, 20:33

Isroildagi OTMda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar vatanga qaytarildi

Isroilning Xolon texnologiya institutida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar vatanga qaytarildi. Ular o‘qishni onlayn davom ettirishadi.

O‘zbekistonda Sumo federatsiyasi ro‘yxatdan o‘tdi
15 oktabr 2023, 17:22

O‘zbekistonda Sumo federatsiyasi ro‘yxatdan o‘tdi

Adliya vazirligi O‘zbekiston Sumo federatsiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Kamol Usmonov uning raisi etib saylandi.

Prezident Toshkentda qishda issiqlikni kafolatlash bo‘yicha topshiriq berib, energiyani tejash haqida eslatdi
15 oktabr 2023, 10:50

Prezident Toshkentda qishda issiqlikni kafolatlash bo‘yicha topshiriq berib, energiyani tejash haqida eslatdi

O‘zbekiston prezidenti o‘tgan qishdan buyon “qanday xulosalar chiqarilganini ko‘rish” maqsadida Toshkentdagi qator yangi va yangilangan issiqlik ta’minoti obyektlarida bo‘ldi. Uylar va boshqa obyektlar issiq bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi. “Energiyani tejash madaniyatini oshirishimiz ham kerak”, — dedi u.

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi
14 oktabr 2023, 21:10

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston prezidenti Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning borishi bilan tanishdi. Xususan, Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanida noyabr oyida foydalanishga topshirilishi kerak bo‘lgan yangi podstansiyani ko‘zdan kechirdi.

O‘zbekistonda dori vositalarini kafolatli xarid qilish muddati 10 yilgacha uzaytiriladi
14 oktabr 2023, 16:32

O‘zbekistonda dori vositalarini kafolatli xarid qilish muddati 10 yilgacha uzaytiriladi

Prezident mahalliylashtirishga mo‘ljallangan farmatsevtika mahsulotlarini davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kafolatli xarid qilish muddatini 3 yildan 10 yilgacha oshirdi. Ushbu mexanizm mahalliy dori vositalarining chiqarilishini rag‘batlantirishga qaratilgan.

Qashqadaryoda 60 tonna chigiti to‘xtatib qolingan jizzaxlik tadbirkor muammosi hal etildi
14 oktabr 2023, 14:20

Qashqadaryoda 60 tonna chigiti to‘xtatib qolingan jizzaxlik tadbirkor muammosi hal etildi

“Gazeta.uz” e’tibor qaratgan Qashqadaryodan 60 tonna chigit olib chiqishda taqiqqa uchragan jizzaxlik tadbirkor muammosi hal etildi. Bu haqda Biznes ombudsman ma’lum qildi. Avvalroq deputatlar shu masala yuzasidan viloyat hokimligi va IIVga so‘rov yuborgandi.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana 1,65 mlrd dollarga, yil boshidan esa 4,73 mlrd dollarga kamaydi
14 oktabr 2023, 13:23

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana 1,65 mlrd dollarga, yil boshidan esa 4,73 mlrd dollarga kamaydi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket oltinchi oyda kamayib, 2020-yil aprelidan beri eng past ko‘rsatkichga — 31,04 milliard dollarga yetdi. sentabr oyida zaxiralar 1,65 milliard dollarga kamaydi, yil boshidan esa mamlakatning “moliyaviy xavfsizlik yostig‘i” 4,7 milliard dollarga kamaydi.

Bloger Olimjon Haydarovning ishi sudga oshirilib, unga yangi ayblovlar qo‘yildi
14 oktabr 2023, 12:39

Bloger Olimjon Haydarovning ishi sudga oshirilib, unga yangi ayblovlar qo‘yildi

Huquq-tartibot idoralari iyul oyi oxirida tovlamachilikda ayblanib hibsga olingan bloger Olimjon Haydarov ustidan tergovni yakunlab, ishni sudga yuborgan. Unga tuhmat va haqorat kabi yangi ayblovlari qo‘yilgan.

Spark haydovchisi Toshkentda Hindistonning uch nafar fuqarosini urib yubordi
14 oktabr 2023, 11:26

Spark haydovchisi Toshkentda Hindistonning uch nafar fuqarosini urib yubordi

Toshkentdagi piyodalar o‘tish joyida 18 yoshli Spark haydovchisi Hindistonning uch nafar fuqarosini urib yubordi. Piyodalar turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi.

Captiva 5 narxlari e’lon qilindi
14 oktabr 2023, 10:19

Captiva 5 narxlari e’lon qilindi

UzAuto Motors Chevrolet Captiva 5 avtomobili narxlarini e’lon qildi. Avtomobil LT1 , LT 2, va Premier komplektatsiyalarida taqdim etiladi.

Nima tayyorlaymiz: Pitsa
14 oktabr 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Pitsa

Sosiska va pishloqli yoki pomidor va mol go‘shtidan qilingan vetchinali pitsa, yopiq “Salzone”, “Sezar”, “Margarita” hamda “Pepperoni” va boshqalar — ZIra.uz mazali pitsa tayyorlash retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Deputatlar “chigit ishi” yuzasidan Qashqadaryo viloyati hokimligi va IIVga so‘rov yubordi
14 oktabr 2023, 09:42

Deputatlar “chigit ishi” yuzasidan Qashqadaryo viloyati hokimligi va IIVga so‘rov yubordi

Jizzaxlik tadbirkor Qashqadaryodan 60 tonna chigitini olib chiqishda taqiqqa uchragani haqida yozgandik. Holat yuzasidan O‘zLiDeP deputatlari To‘lqinjon Karimov va Batirbek To‘razoda Qashqadaryo viloyati hokimligi va Ichki ishlar vazirligiga deputatlik so‘rovi yubordi.

Toshkentda Spark haydovchisi piyodalar o‘tish joyida keksa ayolni urib yubordi
13 oktabr 2023, 23:59

Toshkentda Spark haydovchisi piyodalar o‘tish joyida keksa ayolni urib yubordi

Toshkentning Yunusobod tumanida Spark haydovchisi piyodalar o‘tish joyida 70 yoshli ayolni urib yubordi. Jabrlanuvchi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan, tergovga qadar tergov harakatlari olib borilmoqda.

Antarktida so‘nggi 25 yil ichida 7,5 trln tonna muzni yo‘qotdi
13 oktabr 2023, 23:54

Antarktida so‘nggi 25 yil ichida 7,5 trln tonna muzni yo‘qotdi

Antarktidagi shelf muzliklari so‘nggi 25 yil ichida 40 foiz hajmini yo‘qotdi va ularning qariyb yarmida “qayta tiklanish alomatlari yo‘q”. Tadqiqotchilar buni iqlim inqirozining natijasi deb hisoblamoqda.

Ikki yil davomida AQShga noqonuniy kirishga uringan 13 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi
13 oktabr 2023, 23:24

Ikki yil davomida AQShga noqonuniy kirishga uringan 13 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

2021-yildan 2023-yilgacha AQSh hukumati tomonidan “alohida qiziqish uyg‘otuvchi shaxslar” sifatida tasniflangan o‘n minglab muhojirlar Meksika orqali AQShga noqonuniy kirishga harakat qilishgan. Qo‘lga olinganlarning 13 mingdan ortig‘i O‘zbekiston fuqarolaridir.

Qashqadaryo viloyatida bir erkak baliq ovi vaqtida cho‘kib ketdi
13 oktabr 2023, 22:32

Qashqadaryo viloyatida bir erkak baliq ovi vaqtida cho‘kib ketdi

Qashqadaryoning Mirishkor tumanida bir erkak baliq ovlash vaqtida cho‘kib ketdi. Uning jasadi Sechanko‘l sun’iy suv omboridan topilgan. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Foto: Toshkentga kuz keldi
13 oktabr 2023, 22:22

Foto: Toshkentga kuz keldi

Poytaxtda havo harorati keskin pasayib, +10 darajagacha tushdi. 13-oktabrga o‘tar kechasi yomg‘ir yog‘ib, kunduzi tomchilab turdi. Salqin tushishi bilan haqiqiy kuz kirib kelganini his qilish mumkin. Toshkentning kuzgi ko‘chalari — “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin obyektivida.

13-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
13 oktabr 2023, 22:18

13-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Bishkekdagi MDH sammitida qatnashgan Shavkat Mirziyoyev, tog‘larda yog‘gan qor, metroda o‘zini relsga tashlagan talaba qiz, yana avtobus bilan to‘qnashuv, O‘zbekiston konlarida quduqlarni burg‘ilashda ko‘maklashuvchi Rossiya kompaniyasi, bolalarni himoyalovchi qonun loyihasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?
13 oktabr 2023, 21:00

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?

Sakkizta kinopremera, Welcome to Dreamsland ko‘rgazmasi, Mirshakar Fayzulloyev shousi, “Bravo” konserti, teatrlardagi spektakllar, ijodiy mahorat darslari, do‘konlardagi chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting