Prezident Shavkat Mirziyoyev iyun oyida Italiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda, deya ma’lum qildi Italiya mudofaa vaziri Krozetto Gvido.
Toshkent shahri va viloyatida jami 2,6 kg “gashish”, 800 gramm “opiy” va boshqa psixotrop dorilarning savdosiga chek qo‘yildi. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Toshkent shahrida Reproduktiv tibbiyot va genetika instituti ochildi. 2023−2024 o‘quv yilidan ushbu institutda klinik ordinatura tashkil qilinib, reproduktolog va akusher-ginekolog kabi mutaxassislar tayyorlash boshlanadi.
O‘zbekiston va Vengriya 2023-yilning ikkinchi yarmidan boshlab o‘z poytaxtlari o‘rtasida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Toshkentdagi investitsiya forumida rasmiy Budapesht O‘zbekiston bilan dronlarni ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba almashishga tayyorligini bildirdi.
Buxoroda erkak soxta pasport va shartnomani ko‘rsatib, birovning do‘konini ikki ayolga 50,8 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi.
Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo ochiq va quyoshli bo‘lishi kutilmoqda. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Yakshanba kuni harorat kunduzi 28−33 daraja atrofida bo‘ladi.
Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida har birining quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha Xitoy kopmaniyasi bilan bitimlar imzolandi.
Open budget axborot portalidagi “Mening yo‘lim” loyihasi doirasida 10 mingtadan ortiq tashabbusli taklifga ovoz berish jarayoni boshlandi, u 7-maygacha davom etadi.
Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 16 yoshli bola PUBG profilini sotishini aytib 14 yoshli boladan 4,5 ming dollar olgan. Biroq profilni unga bermay, pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.
Ikki haftadan buyon Sudanda davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar sababli xorijlik fuqarolar Saudiya Arabistoniga evakuatsiya qilinmoqda. Ko‘chirilayotganlar orasida o‘zbekistonliklar ham bor. Saudiya “ularning o‘z mamlakatlariga jo‘nab ketishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha zaruriy ehtiyojlarni ta’minlab beradi”.
Tijorat banklari 28-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 335 — 11 380 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 395 — 11 445 so‘m.
Prezidentning ma’muriy islohotlar to‘g‘risidagi farmoni bilan bekor qilingan Vazirlar Mahkamasi tuzilmasidagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti 4 oy o‘tib qayta tashkil etildi.
YeIning sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan O‘zbekiston va Yevroittifoq mamlakat hududidan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tish, xususan, ikki maqsadli tovarlarni qayta eksport qilish uchun foydalanilmasligini ta’minlash borasida qanday ishlar olib borayotgani haqida ma’lumot berdi.
Yunusobod tumanida 4 ta yuk mashinasi va 8 ta yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda bir yo‘lovchi jarohat olib, shifoxonaga yetkazildi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov O‘zbekistonda gaz qazib olish keskin pasayganini izohlab, shu yil ikkinchi yarmidan “dinamikaning o‘zgarishi”ni aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gaz qazib olishning kamayishi asosan “O‘zbekneftgaz” hisobiga bo‘lgan, chunki “kompaniya konlarining 75−80 foizi o‘zlashtirilgan”.
Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak Markaziy Osiyo davlatlari haqida maqola yozdi. Uning ta’kidlashicha, mintaqa davlatlari tarixan ko‘p vektorliligi bilan ajralib turadi. Rossiya yakuniy tanlov qilishga majburlamaguncha Ukraina ham ko‘p vektorli bo‘lishga intilgan, deb yozadi u.
Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida hojatxonaga tushib ketgan telefonni olishga uringan bir oilaning uch nafar a’zosi halok bo‘ldi.
Oltin qazib olishni 1,5 barobarga oshirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston, Rossiyadan yana 56 ta metro vagoni olinishi, ITB bilan imzolangan 400 mln dollarlik bitimlar, Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvi xususiy sektorga topshirilishi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
2021-yildan buyon 14 102 ta yuqori natijali xorijiy til sertifikatlarini qo‘lga kiritgan yoshlarga imtihon uchun qilgan to‘lovi qaytarib berildi. Ularning 10 356 tasi IELTS uchun to‘langan kompensatsiyadir. Bunda talabgor 7 balldan yuqori natija ko‘rsatishi talab etiladi.
Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Islom taraqqiyot banki bilan qishloq va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan 400 mln dollarlik bitimlar imzolandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting