Arxiv

8-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
8 avgust 2023, 22:00

8-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Misrdan ekstraditsiya qilingan qidiruvdagi o‘zbekistonlik, Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi, Carrefour supermarketlarini sotib olayotgan Magnum, yosh qizga tegingan erkak 10 yilga qamalgani, Farg‘onada o‘zini osgan 16 yoshli qiz, 2-bosqichi boshlangan “OpenBudget” va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

Bishkekda jamoat transporti to‘liq naqd pulsiz hisob-kitoblarga o‘tkaziladi
8 avgust 2023, 21:47

Bishkekda jamoat transporti to‘liq naqd pulsiz hisob-kitoblarga o‘tkaziladi

Avgust oyi oxiridan boshlab Bishkekda jamoat transporti (avtobus va trolleybuslar) faqat naqd pulsiz hisob-kitoblarga o‘tadi. Shahar hokimiyati bu to‘lov tizimini shaffoflashtirishi va budjet daromadlarini oshirishiga yordam beradi, deb umid qilmoqda.

O‘zbekistonda Nike krossovkalarini ishlab chiqarish boshlandi
8 avgust 2023, 21:38

O‘zbekistonda Nike krossovkalarini ishlab chiqarish boshlandi

Andijondagi Sino International kompaniyasi Nike krossovkalarini ishlab chiqarishni boshladi. Nike strategiyasiga muvofiq, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan krossovkalar dastlab Markaziy Osiyo mamlakatlari bozorlariga, 2024-yildan Pokistonga, kelajakda esa Yevropa davlatlariga yetkazib beriladi.

Toshkentda KIA K5 mashinasidan 48 o‘ramdagi giyohvand moddalar va apteka narkotiklari topildi
8 avgust 2023, 21:23

Toshkentda KIA K5 mashinasidan 48 o‘ramdagi giyohvand moddalar va apteka narkotiklari topildi

Toshkentda 48 o‘ramdagi giyohvandlik moddalari va dorixona narkotiklarini tarqatmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Ish e’lonini Telegram orqali topganini aytgan erkak 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

UzAuto Motors avtomobil olish uchun “shubhali shartnomalar”ni xarid qilmaslikka chaqirdi
8 avgust 2023, 19:23

UzAuto Motors avtomobil olish uchun “shubhali shartnomalar”ni xarid qilmaslikka chaqirdi

Cobalt, Lacetti va Damas uchun shartnomalar berish bir kunda to‘xtatilganidan so‘ng internetda ushbu avtomobillar bo‘yicha shartnomalarni sotish to‘g‘risidagi e’lonlar paydo bo‘ldi. UzAuto Motors bunday shartnomalarni xarid qilmaslikka chaqirdi. Olib-sotarlar uchun mashina berish vaqti 270 kungacha uzayishi mumkin.

“O‘zmetkombinat” Citi bilan 100 mln dollarlik kredit shartnomasini imzoladi
8 avgust 2023, 19:08

“O‘zmetkombinat” Citi bilan 100 mln dollarlik kredit shartnomasini imzoladi

Citibank`ning London filiali “O‘zmetkombinat”ga kafolatsiz va garovsiz 100 mln dollar miqdorida tezkor kredit liniyasi taqdim etdi. Ushbu pullar aylanma mablag‘larni moliyalashtirish va kredit portfelini qayta moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket to‘rtinchi oy kamaydi
8 avgust 2023, 18:33

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket to‘rtinchi oy kamaydi

O‘zbekistonning xalqaro valyuta zaxiralari ketma-ket to‘rtinchi oydirki kamayib bormoqda. Iyul oyida ular 71,8 million dollarga kamaydi va 33,6 milliard dollarni tashkil etmoqda. Yil boshidan buyon mamlakatda “moliyaviy xavfsizlik yostig‘i” 2,1 milliard dollarga kamaydi.

Toshkentda 17 yoshli qizga hujum qilgan erkak 10 yilga qamaldi
8 avgust 2023, 17:16

Toshkentda 17 yoshli qizga hujum qilgan erkak 10 yilga qamaldi

Aprel oyida poytaxt ko‘chalarining birida 17 yoshli qizning ortidan kelib, uning nomusiga tegishga uringan erkakka nisbatan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi kutilmoqda
8 avgust 2023, 16:36

Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi kutilmoqda

Avgust oyida Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrif buyurishi kutilmoqda

Iyulda 40 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
8 avgust 2023, 16:23

Iyulda 40 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

O‘zbekistonda iyul oyida 28,2 mlrd so‘mlik tabiiy gaz va 11,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi. Bunday holatlarning eng ko‘pi Andijon, Samarqand, Navoiy va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keldi.

Farg‘ona viloyatida 16 yoshli qiz o‘zini osib, vafot etdi
8 avgust 2023, 16:08

Farg‘ona viloyatida 16 yoshli qiz o‘zini osib, vafot etdi

Farg‘ona viloyatida 16 yoshli qiz o‘z uyidan osilgan holda topildi. Uning yaqinlari so‘nggi vaqtlarda qizda ruhiy buzilish bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Yana bir vazir o‘rinbosari Toshkent viloyatida hokim v.b. bo‘ldi
8 avgust 2023, 15:50

Yana bir vazir o‘rinbosari Toshkent viloyatida hokim v.b. bo‘ldi

O‘zbekiston prezidenti tavsiyasiga binoan iqtisodiyot va moliya vazirining yana bir o‘rinbosari — Erkin Rustamov Toshkent viloyati Zangiota tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

O‘zbekistonda ID-karta va xorijga chiqish pasportini pochta orqali olish mumkin bo‘ladi
8 avgust 2023, 15:45

O‘zbekistonda ID-karta va xorijga chiqish pasportini pochta orqali olish mumkin bo‘ladi

Oktabr oyidan boshlab O‘zbekistonda pochta orqali ID-karta va xorijga chiqish pasportini uyga yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Jamshid Xudoyev Jondor tumani hokimi etib tayinlandi
8 avgust 2023, 14:43

Jamshid Xudoyev Jondor tumani hokimi etib tayinlandi

Navoiy viloyati hokimiga o‘rinborsar etib tayinlanganidan so‘ng ishdan ketgan San’atilla Hikmatov o‘rnini Jamshid Xudoyev egallab, Jondor tumani hokimi bo‘ldi. U tumandagi “Chinor” fermer xo‘jaligini boshqarib kelayotgandi.

Magnum tarmog‘i O‘zbekistondagi Carrefour supermarketlarini sotib olmoqda
8 avgust 2023, 13:20

Magnum tarmog‘i O‘zbekistondagi Carrefour supermarketlarini sotib olmoqda

Qozog‘istonning Magnum Cash & Carry kompaniyasi O‘zbekistondagi barcha Carrefour do‘konlarini Majid Al Futtaim Uzbekistan`dan sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Qisqa muddatli yopilishdan so‘ng supermarketlar Magnum brendi ostida faoliyatini boshlaydi.

Davlat xizmatchilarining deyarli 60 foizi ish vaqtidan tashqari ishlashga jalb qilinadi — so‘rovnoma
8 avgust 2023, 11:58

Davlat xizmatchilarining deyarli 60 foizi ish vaqtidan tashqari ishlashga jalb qilinadi — so‘rovnoma

O‘zbekistonning 560 nafar davlat xizmatchisi (shu jumladan rahbarlari) o‘rtasida o‘tkazilgan anonim so‘rovnoma shuni ko‘rsatdiki, ularning 57,3 foizi ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etilgan. 81,7 foizi buning uchun qo‘shimcha haq to‘lanmaganini aytgan.

O‘zbekiston Pokiston bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi
8 avgust 2023, 11:55

O‘zbekiston Pokiston bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

O‘zbekiston prezidenti Pokiston bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Avvalroq senatorlar ikki davlat o‘rtasidagi ushbu hamkorlik mintaqaviy xavfsizlik asoslarini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidlagandi.

Halimjon Safarov Buxoro tumani hokimi v.b. etib tayinlandi
8 avgust 2023, 11:42

Halimjon Safarov Buxoro tumani hokimi v.b. etib tayinlandi

Halimjon Safarov prezident tanqididan so‘ng ishdan olingan Xayrillo Jo‘rayevning o‘rniga Buxoro tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Botir Ahmedov esa Buxoro viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

“Tashabbusli budjet”ga taklif kiritish tugadi. Endi loyihalar saralanadi
8 avgust 2023, 11:20

“Tashabbusli budjet"ga taklif kiritish tugadi. Endi loyihalar saralanadi

“Tashabbusli budjet"ning 2-mavsumiga loyihalar kiritish tugatildi. 20 kun ichida portalga respublika bo‘ylab jami 49,4 mingta taklif kelib tushdi. Eng ko‘p taklif ichki yo‘l ta’miri bilan bog‘liq. Endi loyihalar ko‘rib chiqiladi. 27-avgustdan ularga ovoz berish boshlanadi.

Misrdan O‘zbekistonga ilk marta Interpol qidiruvidagi shaxs ekstraditsiya qilindi
8 avgust 2023, 11:05

Misrdan O‘zbekistonga ilk marta Interpol qidiruvidagi shaxs ekstraditsiya qilindi

Interpol tomonidan diniy ekstremistik tashkilotlarda ishtirok etishda gumonlangan erkak Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu tashkilot qidiruvidagi shaxslarni ushbu mamlakatdan O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha birinchisi bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting