Arxiv

Metro faoliyatiga nima uchun ruxsat berilmayotgani tushuntirildi
15 iyun 2020, 14:54

Metro faoliyatiga nima uchun ruxsat berilmayotgani tushuntirildi

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov metrolardagi umumiy ventilyatsiya tizimi koronavirus infeksiyasi tarqalish xavfini oshirishi sababli metro harakatlanishiga ruxsat yo‘qligini ma’lum qildi.

Karimovaning O‘zbekistonga qaytarilgan 10 mln dollarlik aktivlari manbasi ma’lum qilindi
15 iyun 2020, 14:50

Karimovaning O‘zbekistonga qaytarilgan 10 mln dollarlik aktivlari manbasi ma’lum qilindi

Gulnora Karimovaning Fransiyadan qaytarilgan 10 mln dollarlik aktivlari Parij markazidagi uyini sotishdan kelib tushgani ma’lum qilindi. Ushbu mablag‘ning qaysi maqsadlarda sarflanishiga ham qisman aniqlik kiritildi.

Departament va DXX yer ajratish uchun fuqarolardan pul talab qilgan mutaxassisni ushladi
15 iyun 2020, 13:36

Departament va DXX yer ajratish uchun fuqarolardan pul talab qilgan mutaxassisni ushladi

Andijon viloyati kichik sanoat zonalarini boshqarish yagona direksiyasi xodimi uy qurish va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun yer ajratish evaziga fuqarolardan pul olayotganda ushlandi.

Versal restorani 35 mlrd so‘mga sotildi
15 iyun 2020, 13:29

Versal restorani 35 mlrd so‘mga sotildi

Toshkentdagi Versal restorani binosi 35,33 mlrd so‘mga sotildi. Onlayn auksion 14 daqiqa davom etdi.

Koreyaga o‘qishga yuborish uchun fuqarolardan 20 ming dollar olgan firibgarlar ushlandi
15 iyun 2020, 13:05

Koreyaga o‘qishga yuborish uchun fuqarolardan 20 ming dollar olgan firibgarlar ushlandi

Asakada Koreyaga o‘qishga yuborish hamda viza olib berish evaziga fuqarolardan 20,3 ming dollar va 8 mln so‘m olgan o‘quv markazi faoliyatiga chek qo‘yildi.

COVID-19 ga qarshi vaksina bo‘yicha olib borilayotgan ishlar
15 iyun 2020, 12:13

COVID-19 ga qarshi vaksina bo‘yicha olib borilayotgan ishlar

Dunyo bo‘ylab olimlar, shifokorlar, ishlab chiqaruvchilar va homiylar COVID-19 vaksinasini yaratish ustida ish olib borishmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ushbu jarayon ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirmoqda. Yangi koronavirusga qarshi ishlab chiqarilayotgan vaksinalar, ularni kim ishlab chiqarayotgani va kim birinchilardan bo‘lib emlanishi mumkinligi haqida «Gazeta.uz» maqolasida.

Barcha tuman va shaharlar kesimida karantin hududlari ro‘yxati yangilandi
15 iyun 2020, 11:16

Barcha tuman va shaharlar kesimida karantin hududlari ro‘yxati yangilandi

Respublika maxsus komissiyasi shahar va tumanlar bo‘yicha karantin darajalarini qayta ko‘rib chiqdi. 13 iyun holatiga ko‘ra Toshkent “sariq” hududda qoldi.

Dollarning rasmiy kursi uch haftada birinchi bor arzonladi
15 iyun 2020, 11:11

Dollarning rasmiy kursi uch haftada birinchi bor arzonladi

Dollarning rasmiy kursi qariyb 1,29 so‘mga arzonlashdi va 10 151 so‘m etib belgilandi. Bu dollar kursining uch hafta davomida birinchi bor tushishi.

Koronavirus bemorlari soni 5100 nafardan oshdi
15 iyun 2020, 10:02

Koronavirus bemorlari soni 5100 nafardan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 23 nafarga ortib, jami 5103 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 8 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 11 nafari Toshkent shahrida aholi orasida va qolgan 4 nafari esa Toshkent viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlandi.

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz Andijonda sodir bo‘lgan holatni qat’iy qoralaydi
15 iyun 2020, 09:42

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz Andijonda sodir bo‘lgan holatni qat’iy qoralaydi

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz ichki ishlar organlari xodimlarining Andijondagi qilmishlarini qat’iy qoralaydi va markaz tomonidan mazkur holat qat’iy nazoratga olingan.

«Sariq» va «yashil» hududlar o‘rtasida poyezd qatnoviga ruxsat beriladi
14 iyun 2020, 17:49

«Sariq» va «yashil» hududlar o‘rtasida poyezd qatnoviga ruxsat beriladi

Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra,"sariq" va «yashil» hududlar o‘rtasidagi poyezdlar qatnovi tiklanadi.

Davlat MTTlari 1 avgustga qadar ochilmaydi
14 iyun 2020, 17:41

Davlat MTTlari 1 avgustga qadar ochilmaydi

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati 1 avgustga qadar tiklanmaydi. Oldinroq, ular 1 iyul kuni ochilishi kutilayotgan edi. Shu bilan birga, xususiy MTTlarda mashg‘ulotlarni 15 kishidan ortiq bo‘lmagan guruhlarda tashkil etish to‘g‘risidagi cheklov bekor qilindi.

Karantin darajalari 1 avgustga qadar saqlanib qolinadi
14 iyun 2020, 17:25

Karantin darajalari 1 avgustga qadar saqlanib qolinadi

“Qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratish tartibi, shuningdek, kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati joriy yilning 1 avgustiga qadar saqlab qolinadi.

Koronavirus bemorlari soni 5000 nafardan oshdi
14 iyun 2020, 17:15

Koronavirus bemorlari soni 5000 nafardan oshdi

Tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 57 nafarga ortib, jami 5051 kishiga yetdi. Yangi holatlarning 14 nafari aholi orasida, 42 nafari karantindagilar orasida va 1 holat xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlangan.

O‘zbekiston xalqaro aviaqatnovlarni tiklaydi
14 iyun 2020, 17:08

O‘zbekiston xalqaro aviaqatnovlarni tiklaydi

15 iyundan boshlab O‘zbekiston xalqaro aviaqatnovlarni tiklaydi (reyslar “yashil”, “sariq” va “qizil” ga bo‘linadi). Chet elga ish, o‘qish, davolanish va boshqa maqsadlarda chiqish mumkin.

Kun davomida 128 kishida koronavirus aniqlandi
12 iyun 2020, 23:51

Kun davomida 128 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 128 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 4869 taga yetdi. Yangi holatlar karantin muassasalari, Toshkent shahri, Buxoro, Toshkent va Samarqand viloyatlarida qayd etildi.

Olmazorga yaqin hududda 150 ming aholiga mo‘ljallangan yo‘ldosh shaharcha barpo etiladi
12 iyun 2020, 23:44

Olmazorga yaqin hududda 150 ming aholiga mo‘ljallangan yo‘ldosh shaharcha barpo etiladi

Toshkentning Olmazor tumaniga yaqin hududda 150 ming aholiga mo‘ljallangan yo‘ldosh shaharcha va sanoat zonasi quriladi. “Chorsu bozori”, Zarqaynar, Sag‘bon, Sebzor, Qorasaroy, Go‘zalbog‘ va boshqa ko‘cha-mahallalarda, jami 482 gektar maydonda zamonaviy turistik, savdo va dam olish maskani — “ochiq osmon ostidagi muzey” barpo etiladi.

Prezident: Innovatsiya vazirligi yil oxirigacha natijalarni ko‘rsatishi kerak
12 iyun 2020, 23:18

Prezident: Innovatsiya vazirligi yil oxirigacha natijalarni ko‘rsatishi kerak

Prezident Talabalar shaharchasida barpo etilgan Innovatsion rivojlanish vazirligiga tashrif buyurdi. «Mamlakatimiz yuqori texnologik sohalar bo‘yicha dunyodan ortda qolib ketgan», — dedi va vazirlik yil yakuniga qadar aniq amaliy natijalar ko‘rsatishi kerakligini ta’kidladi.

Prezident — matematikani o‘qitishning yangi tizimi to‘g‘risida
12 iyun 2020, 22:55

Prezident — matematikani o‘qitishning yangi tizimi to‘g‘risida

Toshkentdagi Talabalar shaharchasidagi Matematika institutining yangi binosiga tashrifida ushbu fanni eski uslubini tanqid qilib, matematikada raqobat muhitini yaratish maqsadini qo‘ydi. Endilikda Matematika instituti bolalar bog‘chalari, maktablar va OTMlarda matematikani o‘qitishni muvofiqlashtiradi.

Pandemiya sharoitida futbol uchun yangi qoidalar. O‘zbekiston chempionati qaytmoqda
12 iyun 2020, 19:50

Pandemiya sharoitida futbol uchun yangi qoidalar. O‘zbekiston chempionati qaytmoqda

O‘zbekistonda pandemiya sharoitida futbol uchrashuvlarini o‘tkazish uchun bir qator vaqtinchalik talablar qo‘yildi. Jumladan, maydonga tupurish, qo‘l berib ko‘rishish, jamoa bo‘lib golni nishonlash kabilar taqiqlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting