Avtoelon.uz 22-apreldan 26-maygacha avtomobil va boshqa qimmatbaho sovrinlar o‘ynaladigan aksiyani e’lon qildi. Bosh sovrin — BYD Song Plus DM-i Champion.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqotda Qozog‘istonning qator viloyatlarida sodir bo‘lgan suv toshqinlari munosabati bilan ko‘rsatilayotgan yordam va birodarlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi 5-maktabda ingliz tili o‘qituvchisi dars tayyorlamay kelgan 13 nafar o‘quvchiga stul ko‘tartirib, videoni ota-onalar guruhiga yubordi. Bolalar ombudsmani bu tarzdagi jazo taqiqlanganini bildirdi. IIB holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga modernizm davriga oid yangi 10 ta bino kiritilishi, 10 tasining maqomi o‘zgartirilishi kutilmoqda. Ular orasida “O‘zbekiston” mehmonxonasi, “Kosmonavtlar” metro bekati va Aviasozlar saroyi bor.
Ichki ishlar organlari faoliyatida dronlardan foydalanish joriy etiladi. Qayd etilishicha, bu IIOga favqulodda vaziyat haqida tezkor ma’lumot olish, vaqt va resursni tejash, shuningdek, YTHlar, yo‘llardagi qoidabuzarliklarni aniqlash, olib qochilgan yoki o‘g‘irlangan avtomobillarni topish imkonini beradi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 22-apreldagi apellyatsiya sudida advokat Ahmadov butun sudlov hay’ati va sud kotibi ustidan raddiya berdi. Sudyaning shoshilinch ishi chiqib qolib, yana tergovga o‘tilmadi. Jabrlanuvchilar yuqori tashkilotlardan sud jarayonini nazoratga olishni so‘radi. Tafsilotlar — “Gazeta.uz” reportajida.
O‘zbekistonning 9 ta viloyatidagi tog‘li joylarda 25−28-aprel kunlari sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.
DXX Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalarini olib o‘tgan shaxslarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Sello kompaniyasining mutaxassisi Mirzonajot Shodiyev moliyaviy savodxonlikni oshirishga yordam beradigan oltita maslahat bilan o‘rtoqlashdi.
Bekobod shahrida “O‘zmetkombinat”ning 53 yoshli ishchisi omborxonada o‘zini osib, joniga qasd qildi. Holat yuzasidan Davlat mehnat nazorat inspeksiyasiga mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi holatini o‘rganish talabnomasi yuborildi. Marhum psixiatr va narkolog ro‘yxatida turmasligi bildirildi.
Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Allayaron tog‘ida tunda adashib qolgan fuqarolar qutqarildi. Ular dengiz sathidan 1800 metr balandlikdan topilgan.
Bo‘ka tumanida bir oyda 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan “zapravka” aniqlandi. AGTKSHda elektron hisobga olish uskunalariga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali uning xotira ma’lumotlari o‘chirilgan.
Chevrolet hamda “Biznesni rivojlantirish banki” Chevrolet avtomobillarini 15 foizlik boshlang‘ich to‘lov bilan besh yilga kreditga sotib olishni taklif qilmoqda.
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri va sobiq bosh vaziri lord Devid Kemeron O‘zbekistonga tashrifi oldidan o‘z maqolasida hamkorlikni yangi darajaga ko‘taradigan uchta ustuvor yo‘nalishlar haqida yozadi.
O‘zbekistonga 23-aprel kuni Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron keladi. Shu munosabat bilan “Gazeta.uz” ikki mamlakat munosabatlari tarixini yodga oldi: shu kungacha Britaniyaning qaysi vazirlari O‘zbekistonga kelgan? Qirollik oilasidan-chi — qaysi malikayu shahzodalar O‘zbekiston mehmoni bo‘lgan?
Rossiya harbiylari Ukrainaning Xarkov shahridagi teleminoraga raketa hujumi uyushtirdi. Videotasvirlardan teleminoraning yuqori qismi qanday qulab tushganini ko‘rish mumkin.
Mart oyida O‘zbekistonda 2023-yilning martiga nisbatan gaz (-6,5 foiz) va neft (-11,1 foiz), shuningdek, benzin (-1,6 foiz) qazib olish kamaydi. Ko‘mir qazib olish esa biroz oshdi (+0,9 foiz).
37 millionga yetgan O‘zbekiston aholisi, Toshkentga keladigan Devid Kemeron, ta’tilga chiqqan prezident, Damas uchun ochilgan kontraktatsiya va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Qozog‘iston prezidenti chekilmaydigan tamaki mahsulotlari va elektron sigaretalar, ularning suyuqliklarini olib kirish, ishlab chiqarish va sotishni, shuningdek, reklama qilishni taqiqlovchi qonunni imzoladi.
Haftaning prezident ishtirokidagi asosiy voqealariga bag‘ishlangan “Maxsus rakurs” loyihasini nafaqat o‘zbek va rus, balki qoraqalpoq tilida ham namoyish etish boshlandi. Uni tayyorlash uchun Nukusda alohida guruh tuzildi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting