Arxiv

«O‘zavtosanoat»: Yangi yig‘im narxlarga ta’sir ko‘rsatmaydi
11 iyun 2020, 18:25

«O‘zavtosanoat»: Yangi yig‘im narxlarga ta’sir ko‘rsatmaydi

Transport vositalari uchun utilizatsiya yig‘imining joriy etilishi «O‘zavtosanoat» avtomobillari narxiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

O‘zbekistonning anklav va eksklav hududlari
11 iyun 2020, 18:00

O‘zbekistonning anklav va eksklav hududlari

Anklav va eksklav hududlar nima? O‘zbekistonning qanday anklav va eksklav hududlari mavjud?

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 19 iyun kuniga belgilandi
11 iyun 2020, 17:52

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 19 iyun kuniga belgilandi

Senatning videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladigan navbatdagi yalpi majlisida “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to‘g‘risida"gi va boshqa qonunlar ko‘rib chiqiladi. Yalpi majlisda adliya vazirining huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasidagi ishlar yuzasidan axboroti ham eshitiladi.

Sulton Tex Group klasteri ishi bo‘yicha sud nima bilan yakun topdi?
11 iyun 2020, 17:37

Sulton Tex Group klasteri ishi bo‘yicha sud nima bilan yakun topdi?

Sud Sulton Tex Group klasterining Qarshi tuman hokimi va boshqa mansabdorlarga qarshi da’vosini qisman qanoatlantirdi. Hokimning harakatlari, shuningdek, kooperatsiyani ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi guvohnoma noqonuniy deb topildi. Hozircha kompaniyaning klaster sifatidagi taqdiri va kooperatsiyaga berilgan 13 ming gektar yerning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.

Tesla avtomobil ishlab chiqaruvchi eng qimmat kompaniyaga aylandi
11 iyun 2020, 17:08

Tesla avtomobil ishlab chiqaruvchi eng qimmat kompaniyaga aylandi

AQSHning Tesla kompaniyasi aksiyalarining narxi ilk bor $1000 dollaridan oshishi oqibatida Tesla Yaponiyaning Toyota kompaniyasini ortda qoldirib avtomobil ishlab chiqaruvchi eng qimmat kompaniyaga aylandi, Ilon Maskning boyligi esa $42,9 mlrd gacha ko‘paydi.

Koronavirus bemorlari soni 4717 nafarga yetdi
11 iyun 2020, 16:47

Koronavirus bemorlari soni 4717 nafarga yetdi

Koronavirus holatlari 22 taga ko‘payib, jami 4717 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 10 nafari Karantin markazidagilarda, 4 nafari Toshkent shahrida, 3 nafardan Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida hamda 2 nafari Qoraqalpog‘istonda aniqlangan. Shu bilan birga, COVID-19 dan sog‘ayganlar soni 3600 nafardan oshdi.

Yevropa Ittifoqi koronavirus sababli O‘zbekistonga moliyaviy yordam ko‘rsatadi
11 iyun 2020, 16:28

Yevropa Ittifoqi koronavirus sababli O‘zbekistonga moliyaviy yordam ko‘rsatadi

Yevropa Ittifoqi COVID-19 pandemiyasining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirini yumshatish va kambag‘allik darajasini kamaytirish maqsadida 2021−2027 yillarga mo‘ljallangan moliyaviy yordam ko‘rsatadi.

MB asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi
11 iyun 2020, 15:08

MB asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz saqlab qolishga qaror qildi. Bank boshqaruvi bu qarorni makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash maqsadlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash bilan izohladi.

S&P kredit reytingi nimani anglatadi?
11 iyun 2020, 15:00

S&P kredit reytingi nimani anglatadi?

S&P Global Ratings reyting agentligi O‘zbekiston bo‘yicha kutilmani «barqaror»dan «salbiy»ga o‘zgartirdi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi ilmiy xodimi Nozimjon Ortiqov O‘zbekistonga berilgan reyting nimani anglatishi, reytingning o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir etishi, kutilmaning «barqaror»dan «salbiy»ga o‘zgarishining asosiy sabablariga to‘xtalib o‘tadi.

Qaysi hududlarda COVID-19 aholi orasida qayd etilayotganiga aniqlik kiritildi
11 iyun 2020, 14:38

Qaysi hududlarda COVID-19 aholi orasida qayd etilayotganiga aniqlik kiritildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi oxirgi kunlarda qaysi hududlarda koronavirus aholi orasida qayd etilayotganini ma’lum qildi. Jumladan, Toshkentda ikki nafar soliq inspektori, xususiy klinika kichik tibbiyot xodimi. «Mediapark» sotuvchisi, Yunusobod bozorida ziravor sotuvchisi va boshqalarda aniqlangan.

Foizsiz bo‘lib to‘lashga avtomashina olib beruvchi yana bir kompaniya faoliyatiga chek qo‘yildi
11 iyun 2020, 13:17

Foizsiz bo‘lib to‘lashga avtomashina olib beruvchi yana bir kompaniya faoliyatiga chek qo‘yildi

Foizsiz bo‘lib to‘lashga avtomashina olib beruvchi yana bir kompaniya faoliyatiga chek qo‘yildi. Tergov uning faoliyatida moliyaviy piramida alomatlari mavjudligini aniqladi. Fuqarolardan olingan pullarning yarmidan ko‘prog‘ini kirim qilib, qolgan 1,5 mlrd so‘mni o‘zlashtirib yuborgan.

Qozog‘iston va Qirg‘iziston barcha chegara o‘tish joylarini ochishga kelishdi
11 iyun 2020, 12:53

Qozog‘iston va Qirg‘iziston barcha chegara o‘tish joylarini ochishga kelishdi

Qozog‘iston va Qirg‘iziston bosh vazirlari umumiy chegaradagi barcha nazorat-o‘tkazish punktlarini ochishga va to‘siqsiz yuk tashishni ta’minlashga kelishib oldilar.

AQSH davlat kotibi O‘zbekistonda diniy erkinlik bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanganini ta’kidladi
11 iyun 2020, 12:52

AQSH davlat kotibi O‘zbekistonda diniy erkinlik bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanganini ta’kidladi

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo matbuot anjumanida O‘zbekiston hukumatini mamlakatda diniy erkinlik bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanganini aytib o‘tdi. 2019 yilda mamlakatda diniy guruhlarga qarshi qaratilgan birorta ham operatsiya o‘tkazilmagani qayd etilgan.

Telegram messenjerida maxfiylik va xavfsizlikni sozlash
11 iyun 2020, 12:00

Telegram messenjerida maxfiylik va xavfsizlikni sozlash

Telegram messenjerida yozishmalar maxfiyligi va profil xavfsizligi sozlamalarini o‘rnatish bo‘yicha “Gazeta.uz” qo‘llanmasi.

ATKR vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
11 iyun 2020, 11:56

ATKR vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident qarori bilan Oleg Pekos axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari, Jamol Maxsudov vazirning telekommunikatsiya infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlanishdi. Yana uch nafar amaldagi vazir o‘rinbosarining vakolat doiralariga aniqlik kiritildi.

Xalq ta’limi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
11 iyun 2020, 11:00

Xalq ta’limi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan Rustam Karimjonov xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Oldinroq u vazirlik qoshidagi innovatsion markaz direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Koronavirus bemorlari soni 4700 nafarga yaqinlashdi
11 iyun 2020, 10:09

Koronavirus bemorlari soni 4700 nafarga yaqinlashdi

Koronavirus bemorlari soni 72 nafarga ortib, jami 4695 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 20 nafari Karantin markazidagilarda va 24 holatda esa aholi orasida aniqlandi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida 28 nafar ishchida COVID-19 qayd etildi.

Turk kengashi koronavirus bo‘yicha vaziyatni monitoring qilish tizimini ishlab chiqadi
11 iyun 2020, 06:09

Turk kengashi koronavirus bo‘yicha vaziyatni monitoring qilish tizimini ishlab chiqadi

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo davlatlar koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatni monitoring qilish tizimini ishlab chiqadi.

«O‘zbekkonsert» rahbari o‘zgardi
11 iyun 2020, 05:22

«O‘zbekkonsert» rahbari o‘zgardi

«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi rahbari Odiljon Abduqahhorov o‘z lavozimini tark etdi. Uning o‘rniga Alisher Jamaldinov vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Kun davomida 103 ta yangi COVID-19 holati aniqlandi
11 iyun 2020, 05:14

Kun davomida 103 ta yangi COVID-19 holati aniqlandi

Chorshanba kuni O‘zbekistonda 103 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami holatlar 4600 tadan oshdi. Shuningdek, 73 kishi sog‘aydi, bir bemor vafot etdi. Ayni paytda davolanayotgan 1072 nafar bemordan 8 nafarining ahvoli og‘ir, biri esa o‘ta og‘ir ahvolda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting