Xitoyning Yutong Bus kompaniyasi Toshkentga 800 ta avtobus, shu jumladan 300 ta elektrobus yetkazib berish boshlanganini ma’lum qildi. Yetkazib berish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Yandex Go taksi xizmatining O‘zbekistondagi faoliyati tufayli monopoliyaga qarshi organ va Soliq qo‘mitasi tanqidga uchradi. Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi «Yandeks.Taksi» va boshqa xorijiy xizmatlarning ro‘yxatdan o‘tmagani monopoliyaga qarshi tartibga solishda qiyinchiliklar tug‘dirayotganini tan oldi.
Mirobod tumanida 93-sonli va 617-sonli avtobus haydovchilari ham yo‘lovchi talashib janjallashdi. Avvalroq mushtlashgan ikki haydovchi 7 sutkaga qamalgandi.
«Aeroflot» aviakompaniyasining Dehlidan Moskvaga uchayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Bunga appenditsit xurujiga uchragan Hindiston fuqarosi sabab bo‘lgan. U tibbiy muassasaga yotqizilgan.
«Xalq banki»ning Xovos filialida 3,8 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aytilmoqda. DXX holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bankning bir nafar mas’uli qamoqqa olinganini ma’lum qildi.
Tijorat banklari 3 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 345 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 370 — 11 420 so‘m.
O‘zgidromet 5−10 mart kunlari 9 ta viloyatda hamda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli haqida ogohlantirdi. Shuningdek, ayrim hududlarda shamol tezligi 25 metr sekundgacha kuchayishi mumkin.
Fevral oyida 23,2 mlrd so‘mlik yoki 258 mingta xonadonning bir oylik iste’moliga teng miqdordagi elektrdan noqonuniy foydalanildi. Yanvarda ko‘rsatkich 5,6 mlrd so‘m yoki 33 mingdan ortiq xonadon iste’molini tashkil etgandi.
Avgust oyidan Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi Dehli va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi. Muntazam reyslar haftasiga 4 marta amalga oshiriladi.
Fransiyaning Montagne et Neige Développement kompaniyasi Chimyonda gondol va mayatnik tipidagi osma yo‘llar, 11 ta tog‘-chang‘i yo‘laklari, yozgi va qishki attraksionlar, shuningdek, 6 ming sayyohga mo‘ljallangan mehmonxona va kottejlardan iborat umummavsumiy dam olish maskani qurish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi.
Madaniyat vaziri o‘rinbosaridan «tarbiyaviy soat», Rossiya-Ukraina urushi haqida gapirgan AQSh davlat kotibi, iliq va yomg‘irli o‘tadigan mart oyi, tibbiyot xodimlariga qonunga zid qarshilik uchun jarima, pedagoglar faoliyatiga noqonuniy aralashganlik uchun javobgarlik va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Diniy qo‘shiq — nashida uchun 5 yilga qamalgan 22 yoshli talaba Sardor Rahmonqulov ozodlikka chiqdi. Toshkent sudi hukmni shartli jazoga almashtirdi.
Toshkentdagi 181-maktab o‘quvchilari «Za dengi da» qo‘shig‘iga video olgani ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng poytaxt XTBB ularning ota-onalari jarimaga tortilishini aytdi. Aslida-chi, video rostdan odob-axloqqa to‘g‘ri kelmaydimi? Yoki boshqacha talqin qilindimi — «Gazeta.uz» surishtiruvi.
Prezident 2023−2025 yillarda isloh qilish va operatsion samaradorligini oshirish rejalashtirilgan 31 ta davlat ulushi bo‘lgan korxona ro‘yxatini tasdiqladi. Ular orasida NKMK, OKMK, «O‘zbekko‘mir» va «O‘zbekneftgaz» bor. Davlat ulushlari Strategik islohotlar agentligiga, boshqaruv esa UzAssets`ga topshiriladi.
Rossiya «FSB» Bryansk viloyatining Klimovskiy tumanida «davlat chegarasini buzgan qurolli ukraina millatchilarini yo‘q qilish choralari ko‘rilayotganini» ma’lum qildi. Shuningdek, Rossiya ko‘ngillilar korpusi videosi paydo bo‘ldi. Videoda o‘z vatanlarini ozod qilish uchun kelganliklari e’lon qilingan.
Senat import qilinadigan tovarlarga iste’mol kreditlari taqdim etishga ruxsat beruvchi qonunni ma’qulladi (hozir ushbu turdagi kredit faqat mahalliy avtomobillar va maishiy texnika uchun beriladi). Hujjat prezident tomonidan imzolanishi kerak.
O‘zbekistonda pedagoglarning ishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Ularni takror ma’muriy mehnatga jalb qilganlar BHMning 150−200 baravarigacha jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Durable Beton kompaniyasi UzBuild 2023 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Bu safar kompaniya o‘zining yangi mahsuloti — Constant kimyoviy qo‘shimchasining taqdimotini o‘tkazdi.
Fransiyaning Tuluza shahridagi Fuqarolik milliy aviatsiyasi institutida buyuk astronom va olim Mirzo Ulug‘bek haykali ochildi. Qolaversa, botanika bog‘i hududida «O‘zbek bog‘i»ning ochilish marosimi ham o‘tkazildi.
Daniyaning Maersk Air Cargo yuk aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Kompaniya boshida haftasiga 6 marta reyslarni amalga oshiradi. Ilk parvoz 20 martga belgilangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting