Arxiv

Hafta oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunlar isiy boshlaydi
30 may 2022, 11:31

Hafta oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunlar isiy boshlaydi

O‘zbekistonda hafta davomida harorat asta-sekin ko‘tarilib, +35…+37 darajagacha isiydi. Faqat tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zon ko‘tarilishi kutilmoqda.

Samarqandda sayyohlik avtobusi «Kamaz» bilan to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi
30 may 2022, 11:22

Samarqandda sayyohlik avtobusi «Kamaz» bilan to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi

Ishtixon tumanida Buxorodan kelayotgan sayyohlik avtobusi «Kamaz» bilan to‘qnashib ketdi. Buning oqibatida haydovchining sherigi voqea joyida vafot etdi, bir nafar ruminiyalik sayyoh esa yengil tan jarohati oldi.

IT faqat yigitlar uchun emas, qizlar ham eplay oladi — Fazilatbonu Mengliyeva
30 may 2022, 10:32

IT faqat yigitlar uchun emas, qizlar ham eplay oladi — Fazilatbonu Mengliyeva

«Gazeta.uz» O‘zbekistonning turli hududlaridagi IT sohasini o‘rganayotgan o‘smir qizlar bilan suhbatlarni davom ettiradi. Navbatdagi suhbatdoshimiz — xorazmlik maktab o‘quvchisi Fazilatbonu Mengliyeva. U robototexnika sohasiga qiziqishi, IT`ni YouTube`da o‘rganishni boshlagani, ota-onalar qizlariga IT sohasi bilan shug‘ullanishga ruxsat bermasligining sabablari haqida gapirib, tengdoshlariga o‘z maslahatlari bilan bo‘lishdi.

Olis hududlarga un mahsulotlarini yetkazishda transport xarajatining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi
30 may 2022, 10:24

Olis hududlarga un mahsulotlarini yetkazishda transport xarajatining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi

Prezident qaroriga muvofiq Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi 2022 yil hosilidan 2 550 ming tonna bug‘doy sotib oladi. Olis va tog‘li hududlarga un va un mahsulotlarini yetkazishda transport xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi. Donni qabul qilish va omborlardan chiqarish jarayoni tezkor va shaffof amalga oshirilishi uchun d-xarid.uz axborot tizimi ishga tushiriladi.

Nodirbek Abdusattorov xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi
30 may 2022, 09:23

Nodirbek Abdusattorov xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi

Nodirbek Abdusattorov 5th Sharjah Masters 2022 shaxmat turniri g‘olibiga aylandi. Abdusattorov BAA vakili Salem Saleh bilan bir xil ochko jamg‘argan bo‘lsada, o‘zaro bahsdagi g‘alaba evaziga birinchi o‘rinni egallagan.

O‘zbekiston qahramoni Lola Murotova vafot etdi
30 may 2022, 08:48

O‘zbekiston qahramoni Lola Murotova vafot etdi

O‘zbekiston qahramoni, «Nurli obod» fermer xo‘jaligi rahbari Lola Murotova vafot etdi. Avvalroq, u og‘ir xastalik bilan viloyat shoshilinch tibbiy yordam markazida davolanayotgandi.

Uchta viloyatda fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
29 may 2022, 18:36

Uchta viloyatda fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Andijon va Toshkent viloyatida fuqarolarni qo‘shni davlatlardagi OTMlarga, Jizzax viloyatida esa fuqaroni mahalliy texnikumga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi.

Madaniy meros agentligi rahbari lavozimidan ozod etildi
29 may 2022, 15:03

Madaniy meros agentligi rahbari lavozimidan ozod etildi

Madaniy meros agentligi direktori Shaxriyor Nurulloyev o‘z lavozimidan ozod etildi. U ushbu lavozimda 5 oygina faoliyat olib bordi.

Bukmekerlikni bloklash hech qachon yechim bo‘lmaydi — O‘zPFL direktori Diyor Imomxo‘jayev
29 may 2022, 12:41

Bukmekerlikni bloklash hech qachon yechim bo‘lmaydi — O‘zPFL direktori Diyor Imomxo‘jayev

«Menimcha» ko‘rsatuvida O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatiga nega ruxsat berilmaganiga izoh berildi. O‘zPFL direktori Diyor Imomxo‘jayev bukmekerlikni jamoatchilik yaxshi qarshi olmaganligini qayd etdi. Biroq u bukmekerlikni taqiqlash ham muammoga yechim bo‘lmasligini ta’kidlab, sohani nazoratga olish bo‘yicha takliflar kerakligini aytdi. IIV Kiberxavfsizlik markazi boshlig‘i Behzod Mamajonov ham bloklash chora bo‘lmasligiga to‘xtalib, bukmekerlikni reklama qilayotgan aksariyat takshilotlar chet el serverlarida o‘tirishiga e’tibor qaratdi.

Jizzaxda Pedagogika instituti bo‘lim boshlig‘i $2500 pora olgan vaqtida qo‘lga olindi
29 may 2022, 12:10

Jizzaxda Pedagogika instituti bo‘lim boshlig‘i $2500 pora olgan vaqtida qo‘lga olindi

Jizzax davlat pedagogika instituti bo‘lim boshlig‘i fuqaroning o‘qishini ko‘chirib berishni va’da qilib, buning evaziga $2500 olgan vaqtida qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda ommaviy janjal uyushtirmoqchi bo‘lgan 16 nafar shaxs ushlandi
29 may 2022, 12:04

Samarqandda ommaviy janjal uyushtirmoqchi bo‘lgan 16 nafar shaxs ushlandi

Samarqand viloyati IIB xodimlari Paxtachi tumanida 2 guruh o‘rtasidagi ommaviy janjalning oldi olinganini ma’lum qildi. Tezkor tadbirda 16 nafar shaxs qo‘lga olinib, ularga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

30-maydan ehtiyojmand xotin-qizlar OTMga kirish uchun tavsiyanomaga ariza topshirishi mumkin
29 may 2022, 11:55 12

30-maydan ehtiyojmand xotin-qizlar OTMga kirish uchun tavsiyanomaga ariza topshirishi mumkin

Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga davlat granti uchun tavsiyanomaga talabgorlar hujjatini 30-maydan 8-iyunga qadar xotin-qizlar.uz platformasi orqali qabul qiladi.

29 may kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalar marafon tufayli vaqtincha yopiladi
28 may 2022, 22:48

29 may kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalar marafon tufayli vaqtincha yopiladi

29 may kuni IIO xodimlari o‘rtasida marafon o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkentdagi bir qator ko‘chalar 07:00 dan 11:00 gacha avtotransportlar harakati uchun yopiladi.

Moliya vazirligi: Pensiya oluvchilarning 96 foiziga kartalariga bir martalik yordam puli yuklab berilgan
28 may 2022, 22:43

Moliya vazirligi: Pensiya oluvchilarning 96 foiziga kartalariga bir martalik yordam puli yuklab berilgan

Moliya vazirligi pensiya va nafaqa oluvchilarning 96 foizi allaqachon kartalariga bir martalik moddiy yordam olganini ma’lum qildi. Pensiyani naqd pulda oladiganlar uchun yordam puli 8 iyunga qadar sayyor kassalar orqali beriladi.

Oliy sudga 10 yillik muddatga ikki nafar sudya saylandi
28 may 2022, 16:48

Oliy sudga 10 yillik muddatga ikki nafar sudya saylandi

Senatning 26-yalpi majlisida Turg‘unali Mirzayev va Nurali Raxmonovni Oliy sud sudyasi lavozimiga 10 yillik muddatga saylash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Har ikkisi ham sudya sifatida kamida 10 yillik tajribaga ega.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning yer uchastkalarini sotib olish xarajatlarini davlat qoplab beradi
28 may 2022, 16:19

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning yer uchastkalarini sotib olish xarajatlarini davlat qoplab beradi

Senatorlar ma’qullagan qonunga muvofiq, nogironligi bo‘lgan shaxslarning yer uchastkalarini sotib olish xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi. Adliya vaziri imkoniyati cheklanganlar 2−3 mln nafardan ko‘proqligi, shu bois xarajatlarni qoplab berish tartibi bo‘yicha alohida nizom ishlab chiqilishini ma’lum qildi. «Har bir nogironligi bo‘lgan shaxsga kompensatsiya berishning imkoni bo‘lmaydi», — dedi Ruslanbek Davletov.

Senat yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun kompensatsiya evaziga olib qo‘yish bo‘yicha qonunni ma’qulladi
28 may 2022, 14:05

Senat yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun kompensatsiya evaziga olib qo‘yish bo‘yicha qonunni ma’qulladi

Senatorlar yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun kompensatsiya evaziga olib qo‘yilishi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. «Snos»ga tushgan hududda joylashgan yerga 15 yil davomida halol, oshkora va uzluksiz egalik qilib kelgan shaxslar soliqlar to‘lab kelgani tasdiqlansa, mulk qiymatining o‘rni qoplanadi.

Mamarizo Nurmuratov MB raisligiga qayta tayinlandi
28 may 2022, 13:04

Mamarizo Nurmuratov MB raisligiga qayta tayinlandi

Senatorlar Mamarizo Nurmuratov nomzodini ikkinchi muddatga Markaziy bank boshqaruvi raisi lavozimiga tasdiqladi. U 2017 yildan beri mazkur lavozimda faoliyat yuritib kelmoqda.

Senat davlat xizmati to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
28 may 2022, 12:19

Senat davlat xizmati to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senatorlar «Davlat xizmati to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi. Unda xalqqa xizmat ko‘rsatish davlat xizmatining tamoyillaridan biri sifatida belgilab qo‘yilgan, daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalash, faoliyatni KPI asosida baholash, korrupsiyaviy jinoyatlarini sodir etgan shaxslarni davlat xizmatiga qabul qilishni taqiqlash talablari o‘rnatilmoqda.

Rossiya kungaboqar yog‘i va shrot eksporti uchun kvotalarni oshirishi mumkin
28 may 2022, 11:17

Rossiya kungaboqar yog‘i va shrot eksporti uchun kvotalarni oshirishi mumkin

Rossiya YeOIIga a’zo bo‘lmagan mamlakatlarga kungaboqar yog‘ini eksport qilish kvotalarini deyarli uchdan bir qismiga oshirishi mumkin. Mart oyida RF kungaboqar yog‘ining maksimal eksport hajmini 1,5 mln tonna, shrotni esa 700 ming tonna etib belgilagandi. O‘zbekistonda aprel oyida o‘simlik yog‘ining birjadagi narxi yil boshidan beri 28 foizga ko‘tarilgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting